Nashrga ruxsat etaman



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/142
Sana10.03.2022
Hajmi2,11 Mb.
#488087
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142
Bog'liq
2 5235669793587075505

beshinchi 
qadam

albatta, davlat 
mustaqilligini e‘lon qilinishidir. 
Davlatimiz rahbarining 1991 yil 31-avgustdagi XII chaqiriq О‗zbekiston 
Respublikasi Oliy Kengashining VI favqulodda sessiyasida sо‗zlagan nutqida, 
xususan, shunday deyilgan edi: «Bundan buyon 1-sentabrni milliy bayram deb 
e‘lon qilishni taklif qilaman». Bu sо‗zlar tarix sahifalariga oltin harflar bilan 
yozilgan. 
Shu kuni Oliy Kengash tomonidan ―О‗zbekiston Respublikasining davlat 
mustaqilligi tо‗g‗risidagi Bayonot‖ e‘lon qilindi. Mazkur Bayonotda: «Bundan 
buyon, shubhasiz, О‗zbekiston Respublikasi hududida respublika Konstitusiyasi va 
qonunlari ustunlik qiladi»,- deyilgan. 
Shu kuni «О‗zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari 
tо‗g‗risida»gi konstitusiyaviy qonun ham qabul qilindi. Unda kelajakdagi 
Konstitusiyaning asosiy qoidalarini aks ettiruvchi bir qator muhim moddalar 
mavjud. Xususan, ushbu Qonunga muvofiq: 
-―О‗zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tо‗la hajmiga ega, о‗z 
milliy-davlat va ma‘muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv 
tizimini mustaqil ravishda belgilaydi‖ (3-modda); 
- «О‗zbekiston Respublikasida О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 
va qonunlari ustunlik qiladi. О‗zbekiston Respublikasi davlat organlari tizimi 
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudga bо‗linishi tartibi asosida 
qurilgan (5-modda). 


Ushbu konstitusiyaviy qonun Asosiy qonunimiz qabul qilinishidan oldin, 
ya‘ni 1992 yil 8-dekabrgacha biz uchun Konstitusiya о‗rnida xizmat qilib turdi. 
Konstitusiya yaratish yо‗lidagi 
oltinchi huquqiy qadam
- bu Konstitusiya 
birinchi loyihasini ommaviy muhokamaga chiqarish uchun matbuotda e‘lon 
qilinishidir. 
Konstitusiyaviy komissiya bajarilgan ishlarni va 1992 yil 8- sentabrda 
ma‘qullangan Konstitusiya loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qо‗yishga qaror 
qildi. Yangi Konstitusiyaning birinchi loyihasi 1992 yil 26-sentabrda tayyorlangan 
va о‗sha kuni matbuotda e‘lon qilingan. 
Asosiy Qonunimiz ikki marta - 1992 yil sentabr va noyabr oylarida 
jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. 
Jamoatchilik muhokamasi natijasida Konstitusiya loyihasiga 100 ga yaqin 
tuzatishlar kiritildi. О‗zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 1992 yil 8-
dekabrda XII chaqiriq О‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida 
qabul qilindi. Butun dunyoga xalqimizning istagi va xohish-irodasi rasman e‘lon 
qilindi: о‗zbek davlatchiligini zamonaviy sivilizatsiya asosida qayta tiklash, tinch 
va osoyishta hayot kechirish, uning mustahkamlanishiga har tomonlama hissa 
qо‗shish, demokratiyasini chuqurlashtirish, inson huquqlari va davlat suvereniteti 
tamoyillariga sodiqlik, insonparvar qonun ustuvorligini shakllantirish, fuqarolikni 
ta‘minlash kabilar unda о‗z ifodasini topdi. 
Shunday qilib, agar О‗zbekiston mustaqilligi e‘lon qilingan kundan boshlab 
jahon sahnasida yangi suveren davlat tuzilgan bо‗lsa, birinchi Konstitusiyamiz 
qabul qilingan kuni davlatimiz qayta tiklandi, haqiqiy mustaqilligimizning 
mustahkam huquqiy asosi yaratildi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda barcha tub islohotlar va о‗zgarishlar 
Konstitusiyamiz 
asosida 
amalga 
oshirildi. 
Bu 
xalqimiz 
manfaatlariga, 
davlatimizning strategik maqsadlariga tо‗liq javob beradigan muhim siyosiy hujjat 
hisoblanadi. 
Shunday qilib, mustaqillik yillarida milliy davlatchiligimizning shakllanishi 
uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud 
hokimiyati tarmoqlari baropo etildi, ijtimoiy va fuqarolik jamiyati institutlari 

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish