Konstitusiya baxtimiz qomusi



Download 27,46 Kb.
Sana26.06.2022
Hajmi27,46 Kb.
#705629
Bog'liq
8-dekabr bayonnoma


Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti psixologiya yo’nalishi 302-guruh talabalari tomonidan o’tkazilgan “Konstitusiya baxtimiz qomusi” mavzusidagi yig’ilish




B A Y O N N O M A S I
Samarqand-2017
Samarqand davlat universiteti Pedagogika fakulteti psixologiya yo’nalishi
302-guruh talabalari bilan o’tkazilgan axborot soati


B A Y O N N O M A S I
6 dekabr 2017 yil Pedagogika fakulteti
117-xona
Qatnashdilar:
Guruh rahbari: M.Kushanova va guruhning 24 nafar talabalari


KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi to’g’risida
ESHITILDI: Guruh rahbari M.Kushanova talabalarga O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi yuzasidan quyidagi axborotni berib o’tdi: mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizga o‘zining cheksiz hurmat va ehtiromimni izhor etib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etdi. 1992-yil 8-dekabrda mustaqil O‘zbekistonimiz Konstitutsiyasining qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘lganligi, Konstitutsiyaning yaratilishi va hayotimizga tatbiq etilishida zamonamizning buyuk davlat arbobi, ulug‘ yo‘lboshchimiz, muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xizmati beqiyos ekanligini ta’kidlab o’tdi. Xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va butun hayotini tubdan o‘zgartirgan ushbu muhim siyosiy hujjatni ishlab chiqishda Islom Abdug‘aniyevichning konseptual ahamiyatga ega, teran fikrlari mustahkam zamin bo‘lganligini chuqur hurmat bilan ta’kidladi. Oliy Kengash deputati sifatida Shavkat Mirziyoyev ham Konstitutsiyaviy komissiya tarkibida Bosh qomusimizni yaratish va qabul qilish jarayonida bevosita ishtirok etganligini yodga oldi. Haqiqatan ham, 90-yillardagi o‘ta og‘ir davrda asosiy qonunimiz loyihasini ishlab chiqishda Islom Abdug‘aniyevichdek keng miqyosda, strategik fikrlaydigan, uzoqni ko‘ra oladigan buyuk siyosiy arbobning bu ishga rahbarlik qilgani hal qiluvchi ahamiyat kasb etganligini ta’kidladilar. Yosh davlatimiz endigina oyoqqa turib kelayotgan qaltis va nozik bir vaziyatda turli tor manfaatlar, mahalliychilik, separatizm va millatchilik kabi salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini, asosiy qonunimizda umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, xalqimizning bebaho qadriyatlari va boy davlatchilik tajribasini ifodalash muhim ekanligini, aynan Birinchi Prezidentimizning sa’y-harakatlari bilan Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr-qimmati” degan ulug‘ tushuncha markaziy o‘ringa qo‘yilganligi aytib o’tdilar. Muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Konstitutsiyamizning loyihasi bo‘yicha 1992-yil 8-dekabrda, Oliy Kengashning tarixiy sessiyasida so‘zlagan nutqida quyidagi fikrni alohida ta’kidlagan edilar: “Biz so‘nggi yetmish yil mobaynida davlatga qaramlik va sig‘inish holatida yashadik. Mamlakatning, undagi barcha boyliklarning, mulkning egasi davlat, deb hisoblab keldik. Ana shu masalada ham Konstitutsiyada tub burilish yasalgan. Ya’ni, Asosiy qonunimizga “davlat, uning idoralari va mansabdor shaxslari jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar”, degan modda kiritilganligini bildirib o’tdilar. 
Bundan tashqari prezidentimaz shu yil 25-sentabrda Bosh vazirning internet tarmog‘ida elektron qabulxonasi tashkil etilganligi haqida, o‘tgan davrda ushbu qabulxonaga fuqarolarimizdan 218 mingdan ortiq murojaat kelib tushganligini, murojaatlarning qariyb 59 foizi yechimini topganligi, 41 foizi ko‘rib chiqilayotganligini ta’kidlab o’tdilar. Qolaversa prezidentimiz jamiyatimizning barcha sohalarida mavjud axvol yuzasidan atroflicha to’xtalib o’tdilar. Ana shu fikr-mulohazalarning barchasini hisobga olib, kirib kelayotgan 2017-yilni yurtimizda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilishni taklif qildilar. Avvalo, “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”ning asosiy maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda, davlat organlarining fuqarolar bilan o‘zaro munosabatlari yuzasidan yondashuvni tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur ekanligini, bu borada aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizmlari va samarali usullarini joriy etishimiz darkorligini, aholi eng ko‘p murojaat qiladigan davlat idoralari faoliyatida odamlar bilan ishlash bo‘yicha sifat jihatidan mutlaqo yangi tizimga o‘tish kerakligini, xususan, 2017-yildan boshlab barcha darajadagi hokimlar, prokuratura va ichki ishlar organlari rahbarlarining aholi oldida hisobot berish tizimi joriy etilishini ta’kidlab o’tdilar. Shundan so’ng prezidentimiz kirib kelayotgan yangi yil siyosatimizning bosh maqsadini, ya’ni, inson manfaati har narsadan ulug‘, degan ezgu g‘oyani izchil davom ettirish, hayotimizni yanada obod va farovon etish yo‘lida yana bir ulkan qadam bo‘lishini aytib, butun xalqimizni Konstitutsiyamiz bayrami bilan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilab o’z ma’ruzalarini yakunladilar.


QAROR QILINDI:

  1. Guruh rahbari M.Kushanovaning “O‘zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi” haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  2. Ma’ruzada belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, chora-tadbirlar ishlab chiqish belgilab qo’yilsin.


Guruh rahbari M.Kushanova
Download 27,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish