28-31 betlar.
3. Obщaya ekonomicheskaya teoriya. M. «Promo-Media», 1995.
4. Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik pod.red. I.P. Nikolayevoy. - M.: «Prospekt», 1998. Gl.
7,8,9.
5. I.P. Nikolayev. Ekonomicheskaya teoriya. Uchebnik. - M.: «InoRus», 1998. Gl. 9,10,11.
IX. ISH HAQI VA MEHNAT MUNOSABATLARI
Ma'ruza rejasi
1. Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsishanit tamoyillari.
2. Ish haqining iqtisodiy mazmuni.
3. Ish haqini tashkil etshi shakllari va tieimlari.
4. Mehnat munosabatshrining itstisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli.
1-§. Yaratilgan mahsulot va daromadlarniig
taqsimlanish tamoyillari
Ish haqining mazmunini to'g'ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy
mahsulotning taqsimlanish prinsiplari to'g'risida tasavvurga ega bo'lish lozim. Mamlakatda ishlab
chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlash prinsiplari bo'yicha
turlicha
nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko'pchiligida «uch omil» deb
atalmish nazariya keng tarqalgan.
Bu nazariyaning asoschililaridan biri fransuz olimi J. B. Sey «ishlab chiqarishning uch
omili» degan g'oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab
barobar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omshshar
o'rtasida taqsimlanadi deb ko'rsatadi.
Uning bu g'oyasi amerikalik iqtisodchi olim J. B. Klark-ning qo'shilgan omil (keyingi
qo'shilgan kapital yoki ishchi) unumdorligi degan g'oyasiga asos bo'lib xizmat qiladi. J. B.
Klark
o'zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchchala omil o'rtasida
ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya'ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi deb
ko'rsatdi.
Sey va Klarklarning g'oyasidagi ijobiy tomoni quyidagylardan iborat:
a) kapital, yer va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchchalasi tovar yoki xizmatning
nafliligini yaratishda qatnashishi ko'rsatiladi;
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchchala omshshing miqdori va unumdorligi o'rtasida
boshiktshk mavjudliga, agar bu uchchala omil bir-birita mos ravishda miqdor va sifat jixatidan
oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko'payshpi asoslanadi.
Ammo bu g'oyalarning kamchiligi ham mavjud bo'lib, ular
dozirgi bozor iqtisodiyoti
sharoitiga to'gri kelmaydi.
1. Sey va Klark tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqdama xarakterini va
undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli kapital va yer tovar
nafliligini yaratishda qatnashsada qiymat yaratmasliklarini ular faqat eskirishiga teng, ya'ni
zdortizatsiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga donli mehnat ta'sirida o'tkazishini, yangi
qiymat esa faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini ko'rsatib berolmagan.
2. Klark tomonidan yaratilgan qo'shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni
turli omillarning bir-biriga mosligi ta'minlanmagan, ko'r-ko'rona xarajatlar shirib borilgan hamda
ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to'xtab qolgan davrga (holatga)
mos kelib, hozirgi zamon
rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to'g'ri kelmaydi.
3. Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan (boylik, to'g'rirog'i milliy
mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki
uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondgar tashkil qilingandan
qolgan qismi shu
omillarga qarab uning egalari o'rtasida taqsimlanadi.
Sey va Klarklardan tashqari ayrim oqishar, masalan Lassolchilar Mehnat hamma boylikning
va madaniyatniig manbayidir, shuning uchun hamma daromad jamiyat a'zolari o'rtasida teng
taqsimlanishi zarur deb ko'rsatadilar.
Lassolchiiar, birinchidan boylik faqatgina mehnatning natijasi bo'lmasdan, uni yaratishda
yer (tabiat) va kapital qatnashishini, ya'ni uning nafliligi har uchala omil natijasi ekanligini
unutdilar.
Ikkinchidan, ularning yaratilgan mahsulotni hamma jamiyat a'zolari o'rtasida teng
taqsimlash zarur degan g'oyasi mutlaqo noto'g'ri bo'lib, bunday holatda mahsulotni ko'paytirishga
ishlab chiqaruvchilar o'rtasida hyech qanaqa qiziqish bo'lmasligini o'z-o'zidan tushunarlidir.
Keyinchalik sobiq
sotsialistik mamlakatlarda, jumladan sobiq SSSRda mahsulot va daromadlar
davlat qo'lida bo'lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g'oya hukmron
bo'ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. Davlat, partiya xo'jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning
ko'pchilik qismini o'z xohishlaricha, davlat foydasiga taqsimlardilar va turli yo'llar bilan o'zlashtirib,
undan foydalandilar, shu vaqtning o'zida mehnatkash o'z mehnatining miqdori,
sifat va
unumdorligiga yarasha haq ola olmadilar.
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlarni va amalii tajribalarni hamda hozirgi davrda
bozor iqtisodiyotiga o'tishdagi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar
talablarini hisobga olib, yaratilgan mahsulotna taqsimlashning asosiy yo'nalishlarini ko'rsatshpga
harakat qilamiz.
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlarnm
taqsimlash ham doim bir xil
bo'lmay, balki shu davrda amad qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik
munosabatlariga bogliq bo'ladi. Ishlab chiqaripshing moddiy shart-sharoitlari, ya'ni kapitalga
mulkchilikning turli shakllari mavjud bo'lgan, yerga esa davlat mulki bo'lib turgan sharoitda
yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi
bo'lgan ishchi-xizmatchilar o'rtasida taqsimlanadi.
Bunda albatta umum mamlakat manfaatlarini ko'zlab ish olib boruvchi Davlat ixtiyoriga
daromadlarning bir
qismi kelib tushadi;
b) milliy mahsulotdan eng avvalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish
vositalarining qiymati, aniqrog'i, amortizatsiya summasi ajratib qo'yiladi, chunki bu summa asosiy
ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
v) undan keyin turli xil tabiiy ofat, ish tashlash va boshqa turli xil hodisalarning ta'sirini
bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni o'z maromida to'xtovsiz olib borish uchun
Do'stlaringiz bilan baham: