241
moslashuvchanlik, ya’ni boshqa mahsulot ishlab chiqarishga sozlanish
hususiyatlariga ega emasdirlar. Ular ko’plab ishlab chiqarish sharoitiga mos edilar.
Ikkinchisi - yakka tartibdagi va mayda seriyalab ishlab chiqarishlar bo’lib
ular qo’l bilan boshqariladigan universal dastgohlardan tashkil topgan edilar. Bular
yuqori moslashuvchanlikka ega bo’lib turib kam mexanizasiyalashtirilgan edi.
Avtomatlashtirishning eng yuqori bosqichi to’liq
avtomatlashtirish
hisoblanadi. Uning dastlabki qadamlarida universal dastgohlari asosida yaratilgan
sonli dastur bilan boshqariladigan texnologik jihozlar yaratiladi. Bunday
dastgohlarni moslashuvchan texnologik jihozlar ham deyiladi.
Yuqoridagi ikkita ishlab chiqarishlar o’rniga uchinchi moslashuvchan
ishlab chiqarish tizimlar (MICHT) keldi. Ularda texnologik jihozlarni
boshqarishda EXM lardan keng foydalaniladi. Bunda ishlov berish jarayonigina
avtomatlashtirilib qolmay, balki yangi detallarga ishlov berish dasturini tayyorlash,
dastgohni qayta sozlash, loyixalash kabi ishlar ham avtomatlashtiriladi.
Bu esa
moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlar birinchi qadamlarga kiradi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarning ikkinchi qadami sifatida
asbob va moslamalarni qidirib topish va ularni dastgohda almashtirish,
zagotovkani dastgohka uzatish va tushirish hamda ularni tashish, tushirish kabi
operatsiyalarni bajarish kiradi. Bu maqsadda avtomatlashtirishning turli
vositalaridan: turli transport vositalari,
sanoat robotlari, ishlov berish markazlari
hamda hisoblash texnikasidan keng foydalaniladi. Endilikda avtomatlashtirish
ko’plab ishlab chiqarishni ham o’z ichiga oldi. Bundagi texnologik jihozlar EXM
lar yordamida boshqarilib turli mahsulotlar tayyorlashga osonlik bilan qayta
sozlanadilar, shuningdek yordamchi jarayonlarni ham avtomatlashtirishga imkon
yaratildi.
Avtomatlashtirishning bu bosqichida mahsulotning sifati qo’l bilan ishlov
berilganiga nisbatan yaxshilanadi, texnologik jihozni
ishlash unumdorligi oshadi
va inson mehnati qisqaradi.
MDT prosessor, xotira, kiritish va chiqarish qurilmalaridan iborat.
Tizimning ayrim qisimlari shinalar vositasida biriktiriladi. Ular orqali boshqarish
242
komandalari va elektr signallari uzatiladi. Ushbu tizimning hamma qurilmalari
elektron elementlar, integral mikrosxemalar tayyorlanadi.
Xotirada ishlash dasturi saqlanadi, dastur buyruq (komanda)lardan iborat.
MDT bajaradigan amal 0 va 1 raqamlardan to’zi lgan elektr signallar bilan
kodlanadi. Prosessor - tizimning asosiy qismi bo’lib, u EHM tarkibiy qisimlarini
ishini boshqaradi va ma’lumotlarni qayta ishlaydi. Prosessor boshqarish qurilmasi
va arifmetik mantiqiy qurilmasidan tashkil topgan.
Boshqarish qurilmasi (BQ) xotiradagi
dastur asosida MDT tarkibiy
qismlarini ishlashini boshqaradi hamda axboratni qayta ishlaydi.
Arifmetik - mantiqiy qurilma to’g’ridan to’g’ri boshqarish qurilmasi
ta’sirida ishlab, arifmetik va mantiqiy amallarini bajaradi.
Kiritish qurilmasi dasturlar va kiritilayotgan ma’lumotlarni, signallarni
kiritish uchun hizmat qiladi. Ular jumlasiga perfolentalardan yoki magnit
lentalardan, magnit disklardan axboratlarni o’quvchi qurilmalar; dastgoh ijrochi
organlaridan kelayotgan signallarni kiritish qurilmasi;
displey va qurilmalarining
harf - raqamli klaviaturalari kiradi. Kiritish qurilmasi tashqi tizimlardan kelayotgan
kodlangan analogli signallarni ikki kodli ichki kod ko’rinishiga aylantiradi.
Chiqarish qurilmalari komandalarni va hisoblash natijalarini ichki tizim
ikkili kodlardan tashqi kodlash tizimlarining analogli signallariga yoki o’nli tizim
kodlariga o’zgartirish va axboratni berish uchun hizmat qiladi. Ular jumlasiga
quydagilar kiradi:
Raqamli - analogli o’zgartirgichlar, elektron kalitlar, tasvirlovchi harf -
raqamli va grafik qurilmalari, disileylar va yozuv qurilmalaridir.
Jihozlarni EHM bilan boshqarish tizimlarida katta integral sxemalar
(KIS)dan foydalaniladi. Katta integral sxemalarlar yuzlab mantiqiy vazifalarni
bajaradi va arifmetik - mantiqiy qurilma va boshqarish
qurilmasilar bilan
ta’minlangan ko’plab prosessorlarni o’z ichiga oladi. Bunday ko’p funksiyali
integral sxemalar mikroprosessorlar deb ataladi. Mikroprosessorlar texnologik
jihozlarning o’ziga o’rnatiladi.
243
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarda texnologik jihozlar bilan birga
ularning avtomatik tartibda (rejimda) ishlashini ta’minlovchi turli vositalar
mavjuddir. Bu tizimda EXMdan keng foydalaniladi. Moslashuvchan ishlab
chiqarish tizimlari yordamida mayda seriali va donalab ishlab chiqarishlar
avtomatlashtiriladi va ularda ish unumdorligi oshadi.
Moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlarning beshta darajasi mavjud bo’lib:
Do'stlaringiz bilan baham: