4 – ma`ruza
Mavzu: ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish tizimi
Reja:
Nazorat, sozlash, avtomatik adaptive tizimlar va RDB tizimi
Avtomat, avtomatik liniya moslanuvchan ishlab chiqarish tizimi (MICHT), MICHT samaradorligi va ko`rsatkichlari
Dastgohlarning robotlashtiriligan tizimlari
Ishlab chiqarish jarayonlarini loyihalashni avtomatlashtirish. Texnologik tizimlarni information ta`minoti.
RDB dastgohlarda avtomatik ravishda bir vaqtning o`zida 2ta masala bajariladi:
Dastur boshqaruvi orqali berilgan ishchi organ ko`chish trayektoriyasini ta`minlaydi.
Trayektoriyaning har bir uchastkasida ishchi organining talab qilingan tezligini ta`minlaydi.
Dastgohmimg ishchi organining dasturda ko`rsatilgan koordinataga chiqqanida pozitsiya xatoligi vujudga keladi, u o`z ichiga quyidagi xatoliklarni oladi:
RDB qurilmasi xatoligi: diskretlik tufayli; kinematic; dastgohni tayyorlash va sozlash xatoligi;
Pozitsiyalash aniqligi- RDB dastgohlarining eng muhim xarakteristikalaridan biri bo`lib, ishchi organni dasturlangan koordinataga chiqish aniqligi.
Nazorat operatsiyalari mashinasozlikda eng ko`p ish hajmini egallaydi.
Nazorat – bu mahsulot sifatini yaxshilashga qaratilgan kurash turlaridan biridir.
Tashkiliy – texnik nazorat quyidagicha klassifikatsiyalanadi:
Qo`llanishi bo`yicha – chiziqli o`lchamlarini shakllarni, yuza g`adir-budurliklarni, detalning kimyoviy, fizik va mexanik xossalarini, yig`ma birliklarda detallar birikmasining sifati va o`zaro joylashuvini (talab qilingan zazor, natyaglar)tekshirish;
O`lchanadigan mahsulotlar soniga qarab- butun va qisman;
Nazorat qilinadigan operatsiyalar soniga qarab-har bir operatsiyada va yakuniy;
Avtomatlashtirish darajasiga qarab dastaki, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirilgan;
Texnik jarayonga ta`sirining xarakteriga ko`ra: aktiv va passiv;
O`lchash usuliga ko`ra: to`g`ri, egri, kombinatsiyalashgan;
O`lchash vositalarini muvozanat va berilgan aniqlik bilan tekshirishni ta`minlashning ratsional nazorat sxemasi
Nazorat operatsiyalariga eng kam mehnat sarfi;
Bir nechta parametrlar nazoratini bir vaqtda bajarish;
Iqtisodiy jihatdan tejamli va arzon qurilma va uskunlarni ishlatish;
Ishonchli va uzoqbardosh qurilmalarini qo`llash.
Avtomatik nazorat qurilmasi deb, ishchi ishtirokisiz mahsulotni o`lchash uchun kerak bo`ladigan barcha harakatlarni amalga oshiruvchi qurilma.
Avtomatik nazorat qurilmalarida xotira bloke bo`ladi, unga qurikma mahsulotning chegaraviy o`lchamlaarini yozib, ularni berilgan o`lchamlar bilan solishtiradi. Ushbu solishtirish natijasida qurilma mahsulotni guruhlarga ajratsa, u passiv nazorat avtomati deb ataladi. (4.1 a – rasm).
Agar solishtiruvlarnatijasida u bo`layotgan jarayonni o`zgartirsa, unda u aktiv nazorat avomati deb ataladi.(4.1 b – rasm).
Aktiv va passiv nazorat avtomatlarining bir qator o`xshash detallari mavjud.
Qo`pol xatolik – bu ruxsat etilgandan oshib ketuvchi va o`lchashlar natijasini buzuvchi xatolik.
O`lchashning tizimli xatoliklari – barcha detallarda doimiy takrorlanib turadigan xatolar.
4.1 – rasm. Passiv (a) va aktiv (b) nazorat avtomatlari sxemasi.Рис. 4.1. Схемq автоматов пассивного {а) и активного {б) контроля:
1- измерительное приспособление;2-деталь;3- шток; 4-размернqй датчик; 5— счетчик;
6-сигнализация; 7- промежуточное звено;8-сортировочное устройство; 9- яo’ик для рассортирования деталей; 10- инструмент; 11- исполнительнqй механизм; 12-шлифовальная бабка.
Tasodifiyo`lchashxatoliklari – buturlidetallardaturlisababgako`ratasodifanpaydobo`ladigankattayokikichikxatoliklar.
MICHTniyaratishdabirlamchitashkiletuvchibirligibumoslanuvchanishlabchiqarishmoduliMICHMhisoblanadi.
Texnologik jihozlar, dastgohlar
2- Transport-omborli tizim TOT
3- Transportli yig’ish tizimi TYT
4- mahsulot nazorati tizimi MNT
5- Chiqindilarni tozalash tizimi
6- Yo’ldoshda detalni o’rnatish tizimi
7- Asboblar bilan ta’minlash tizimi
8- Boshqarish tizimi
Modular o’z navbatida asosiy – aniq bir mahsulot yoki ma’lumot ko’rinishini chiqaradigan va yordamchiga ajratiladi.
RTk – robot-texnologik kompleks - bu MICHM xususiy holati faqat yuqori darajali tizimga qo’yilgandagina.
MICHM ga dastgohdan tashqari zagotovka va tayyor detallarni to’plovchi, zagotovkalarni tashish uchun moslamalar, yo’ldoshlar, ishlab chiqarish vaqtida yuklash va tushirish ishlarini amalga oshirish uchun qurilma, ostnastkalarni almashtirish uchun qurilma, qirindilardan tozalash qurilmasi, o’z ichiga qayta sozlash va diagnostika tizimlarini oluvchi avtomatlashtirilgan nazorat qurilmasi. Asosiy va yordamchi modullardan moslanuvchan avtomatlashtirilgan liniya MAL, moslanuvchan avtomatlashtirilgan uchastka MAU, moslanuvchan avtomatlashtirilgan sex MAS, moslanuvchan avtomatlashtirilgan zavod MAZ tashkil etiladi.
Ishlashni ta’minlash tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
Avtomatlashtirilgan transport yoki transport omborli tizim ATOT
Asboblar bilan ta’minlash avtomatlashtirilgan tizimi ATAT
Avtomatlashtirilgan nazorat tizimi ANT
Chiqindilarni tozalashning avtomatlashtirilgan tizimi
Jihozlarni ta’mirlash va profilaktikani ta’minlash tizimi
Texnologik jarayonni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi TJBAT
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi ALT
Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash avtomatlashtirilgan tizimi ICHTTAT
Avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari ABT
Do'stlaringiz bilan baham: |