127
bunda
fomuladan foydalanamiz.
Bizning holatda q
1
=0.02; q
2
=0.01; q
3
=0.03; q
4
=0.015;q
5
=0.025.
Bundan kelib Chiqqan holda:
Avtomat yoki avtomatik liniyalarning ishonchliligi ularning vaqt davomida
o’zining ish ko’rsatkichlarini topshiriqda belgilangan darajada saqlagan holda o’z
vazifasini bajara olish hususiyati. Dastgohlarning ish ko’rsatkichlari ularni
ishlatish,o’z vaqtida texnik hizmat ko’rsatish,ta’mirlash ishlarini mtalab darajasida
bajarilishi bilan belgilanadi. Dastgohlarning ishonchliligini asosiy ko’rsatkichi bu
puxtalikdir.Puxtalik bir necha hususiyatlarni o’z ichiga
oladi va dastgoh yoki
avtomatik liniyalarning vazifasiga va uni ishlatish sharoitlariga qarab bo’zi lmay
ishlashlik,ko’pga chidamlilik, ta’mirlashga yaroqlilik va saqlanuvchanlik
hususiyatlaridan iborat bo’ladi.
Ishonchlilik mahsulot sifatini ko’rsatuvchi hususiyatlardan biri hisoblanadi.
Bu hususiyat avtomatlashtirilgan tizimdagi jihozlarning bajaradigin vazifasiga
qarab ulardan foydalanish jarayonida ko’rinadi va ko’pincha
jihozning vaqt
davomida o’z sifatini saqlash hususiyati deb xam tushuniladi.
Ishlab chiqarishda va texnik-xujjat me’yorlarda puxtalik deganda obektning
vaqt davomida o’z vazifasini bajara olishini tavsiflaydigan barcha ko’rsatkichlarini
belgilangan chegarada saqlay olish hususiyati tushuniladi.
Misol tariqasidajihoz ta’mirlashga muxtoj bo’lmasa bunday jihozlarning
ishonchliligiga ko’pga chidamlilik va ta’mirlashga yaroqlilik hususiyatlari
kirmaydi. Ular uchun engasosiy ko’rsatkichlardan biri qo’zg’almasdan ishlashlik
hisoblanadi.
Bo’zi lmay ishlashlikjihozning ma’lum vaqt ichida yoki ma’lum
xajmdagi,sondagi ishni bajargunga qadar o’zini
ish qobiliyatini uzluksiz
saqlashidan iborat.
128
Avtomat yoki avtomatik liniyalarni bo’zi lmay ishlashlik muddati ularning
bajargan ishlari xajmi bilan aniqlanadi. Agar yuqoridagi jihozlar tanaffuslar bilan
ishlasa,u holda umumiy ishlagan vaqt yoki bajarilgan ish xajmi hisobga olinadi.
Jihozlarni bo’zi lmasdan ishlash muddati ularda ishlab chiqilgan detallarning soni,
xajmi, vazni va o’lchov birliklarida o’lchanishi bilan aniqalanadi.
Avtomat yoki avtomat liniyalarni bo’zi lishi ularning o’z ish qobiliyatini
bajara olmasligi tushiniladi. Bo’zi lish me’zoni texnik xujjat – me’yorlarda
belgilangan bo’lib ular to’satdan, asta-sekinxillarga bo’linadi. Jihozlardagi bo’zi
lishlar asosan ishlatish qoidalari va me’yorlarining bajarilmasligi,
turli
shikastlanishlar, tabiiy eyilish va eskirish jarayonlari sabab bo’ladi.
Bo’zi lgunga qadar ishlash muddati – ta’mirlanadigan jixozning bir bo’zi
lishidan keyingi bo’zi lishigacha bajargan ishining o’rtacha qiymati bilan
ifodalanadi.
Avtomat yoki avtomatik liniyalarning buzuqligi deb ularni texnik xujjat
talablarining birortasini bajara olmaydigan holati tushiniladi.
Ishga qobiliyatlilik deb, jihozlarni o’z vazifasini texnik – me’yoriy
xujjatlarda belgilangan talablarga muvofiq bajara oladigan holatiga aytiladi.
Agar jihoz o’z vazifasini bajara olmaydigan holatga kelsa, bu jihozni ishga
qobiliyasiz holati deb atladi.
Ayrim holatlarda buzuq jihoz ishga qobiliyatli bo’lishi
xam mumkin
masalan,avtomobilni oladigan bo’lsak,uning bo’yog’i shikastlangan bo’lsa u buzuq
deyiladi, ammo u ishga qobiliyatli bo’ladi.
Ishlab chiqarishda shunday holat yuz beradiki, jihoz o’ziga biriktirilgan
vazifani bajarish qobiliyatiga ega emas,chunki jihoz chegara
holatiga etib kelgan
bo’ladi va hisobdan chiqariladi yoki kapital ta’mirlashga jo’natiladi. Jihozlarni ish
muddati ularni ishga tushirilgan vaqtdan boshlab uning chegara holatga
kelgunigacha bajargan ish miqdori hisobga olinadi.
Har qanday avtomatik liniyalarni loyihalash davrida ularni unumdorligini
oshirish omillari hisobga olinadi. Bu o’z navbatida avtomatlashtirilgan ishlab
chiqarishga nisbatan iqtisodiy jihatdan afzal hisoblanadi.
129
Avtomatik liniyalarni ishonchlilik darajasi qancha past bo’lsa,
shuncha
ko’p samaradorlikda yo’qotishlar sodir bo’ladi, ya’ni davriy va haqiqiy
samaradorlik o’rtasida farq ko’p bo’ladi. Demak, avtomatik liniya’ni ishonchliligi
bu samaradorlikni oshirish degani, ya’ni mashinalarni konstruksiyasida va
texnologik jarayonlarida oldindan hisobga olingan mumkin bo’lgan
omili
hisoblanadi. Avtomatik liniyalarni ishonchlilik darajasini past bo’lishi o’z
navbatida samaradorlikni pasayishiga hamda ishchilar va sozlovchilar sonini
ko’payishiga, ta’mirlash va hizmat qilish uchun sarf-harajatlarni oshishiga olib
keladi.
Avtomatik liniyalarni ishonchliligi ulardagi alohida mexanizmlarni
birikmalarnibo’zi lmay va uzoq ishlashiga bog’liq.
Liniyadagi qurilmalar va
mexanizmlar nosozliklari qancha kam sodir bo’lsa shuncha undagi asboblar
mustaxkamligi,birikma va alohida detallarning eyilishga chidamliligi yuqori,ya’ni
avtomatik liniya’ning ishonchliligi yuqori bo’lishini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: