Jadval 2.1. “Honeymoon” freymi
Honeymoon
Arrangement
Departure
Entertainment
Marriage
By plane
Holiday
Money
By train
Romantic scenes
Packing
By car
Luxury hotel
Documents
Seeing off
Exotics
Ingliz
tilidagi
honeymoon
qo’shma so’zi o’zbek tilida ham qo’shma so’z
bo’lib,
asaloyi
deb tarjima qilinadi [qarang: jadv. 2.2]:
Jadval 2.2. “Asaloyi” freymi
Asaloyi
Reja
Jo’nab ketish
O’yin–kulgi
To’y
Poezdda
Ta’til
Pul
Avtobusda
Romantik joylar
Hujjatlar
Samolyotda
Ekzotika
Narsalarni joylash
Xayrlashish
Mehmonxona
Freym tahlilidagi
majburiy va nomajburiy xususiyatlarda ham freym
tarkibida ma’lum «katakchalar» (slotlar) hosil qilishadi va voqelikdagi ob’ektni
idrok etish jarayonida ushbu katakchalar mos keladigan misol va ma’lumotlar
bilan
to’ldirilishi lozim bo’ladi. Gorizontal yo’nalishda turgan so’zlar slot deb ataladi va
asosiy so’z (asal oyi, honeymoon ) eshitilgani bilan ongimizga birinchi bo’lib shu
so’zga yaqin keladigan (reja, jo’nab ketish…)yoki shu tushunchalarni
ifodalaydigan so’zlar keladi. Shu bilan birgalikda, vertikal chiziqdagi so’zlar
sabslotlar (kichkina katakchalar) deb nomlanib, ular slotning kichigi ya’ni slotdan
keyin miyyamizda paydo bo’ladigan so’zlar hisoblanadi.
Navbatdagi tahlil kognitiv metafora bo’lib uni ba’zan
konseptual metafora
ham deb uchratish mumkin, konseptual metafora uzoq yillardan buyon o’rganib
kelinayotgan nutqning eng muhim qismidir. Metafora
grekcha so’z bo’lib, “meta–
transfert – ko’chirish va phora–sens – ma’no”, ya’ni so’zning ma’nosini ko’chirish
demakdir. Metafora bir predmetni umumiy xususiyatlari asosida boshqa bir
predmet nomi orqali ifodalaydi.
Metaforani yashirin o’xshatish, deb ataydilar.
Chunki metaforada ham,
o’xshatishda ham asosan narsa yoki hodisa nimagadir o’xshatiladi. Bu ikkita bir–
biriga bog’liq bo’lmagan narsalarni qiyoslash orqali ma’no chiqarish sifatida
ishlatiladi, ammo ularning o’ziga xos ichki o’xshash xususiyatlari bo’ladi. Nutqqa
obrazlilik, ekspressiv bo’yoq berish niyatida narsa va hodisalar o’rtasida
o’xshashlikka asoslanib, so’z yoki iboralarni ko’chma ma’noda
ishlatish
metaforaning xususiyatlaridan biridir.
Yevropa olimlarining aytishicha, metafora yashirincha o’xshatish, bir
predmetning nomini boshqa predmetning nomi bilan atash natijasida hosil bo’ladi.
Boshqa bir tilshunoslar esa, metaforani individual dunyoqarashni
shakllantirish
harakati deydi. U kitobxon ongiga narsa va hodisalarning subyektiv ko’rinishi va
ular o’rtasidagi bog’liqlikni singdiradi. O’xshatishda ikki a’zo ishtirok etadi.
Metaforadan esa bir a’zo ishtirok etadi.
Metafora bir termning mujassamlashgan taqqoslashi bo’lib, o’xshashlik
munosabatiga asoslangandir. Metaforaning ikki turini farqlash lozim: 1) uslubiy
(adabiy) metafora va 2) lingvistik metafora. Tilshunoslikning leksikologiya bo’limi
lingvistik metaforani o’rganadi, chunki lingvistik metaforalar ishlatilishi jihatidan
lug’at tarkibining bir qismini tashkil etadi. Lingvistik metafora odatda ko’p
qo’llaniladi va tilda sezilmasdan ishlatilaveradi.
Lingvistik metaforalarni
ishlatganimizda, uning ongimizda tug’dirgan tasviri haqida hech qachon
o’ylamaymiz.
Shunday qilib, bugungi kunda metafora she’rdagi shoirona go’zallik va
kundalik hayotadgi oddiy so’zlardan ko’ra badiiy bo’yoqlarni oshirgan holda
ta’sirchanlikni oshirish uchun ishlatilmoqda.
Zamonaviy kognitiv tilshunoslikda konseptual
metafora analizi juda ham
foydali. Konseptual metafora atamasi ilk bora 1990–yil Jorj Lakof tomonidan
“Metaphors we live by” asarida aytiladi. Ushbu asarda aytilishicha konseptual
metafora bu shunchaki stilistikaning metodi bo’libgina
qolmasdan, tafakkur va
o’ylashning yo’lidir (Evans, Green, 2006, b. 177).
Kognitiv tilshunoslikdagi konseptual metafora atamasini yanada chuqurroq
tushunish uchun oddiy metaforadan farqlanishini bilishimiz kerak.
Oddiy
metaforada o’xshatilayotgan buyum yoki narsaning atigi bitta xususiyati ko’chadi.
Masalan:
Zaynab tulki
. Bu yerda ayol tulkiga o’xshatilyapti. Biroq, ular umuman
bir–biriga o’xshamagan aloqasi yo’q tushunchalardir, yashirin ya’ni ichki ma’nosi
“ayyorlik” bo’lib, tulkidagi bu xususiyatlar ayollardagi xarakter bilan qiyoslanadi.
Konseptual metaforada esa o’xshatilayotgan narsa yoki buyumning bir emas bir
qancha xususiyatlari ko’chishi kerak. Bir qancha xususiyatlar ko’chishi uchun ong,
tafakkur va o’ylashning roli juda ham kattadir.
Metaforaning ikki xil turi bo’lib, hozirigina tilga olingan oddiy metafora va
konseptual metafora turlari bor. Ularning bir–biridan farqlari talaygina bo’lib, biz
buni quyidagi ikkinchi jadvalda ko’rishimiz mumkin [qarang: jadv. 2.3].
Do'stlaringiz bilan baham: