Microsoft Word musaffo osmon ziyouz com doc



Download 187,45 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/45
Sana09.03.2022
Hajmi187,45 Kb.
#486741
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45
Bog'liq
musaffo osmon

www.ziyouz.com kutubxonasi 
11
bug‘doyzorlar mamlakati, Avraam Linkoln konstitutsiyasi mamlakati, shoir Uolt Uitmen vatani! O, bizni 
qurol-yaroqlar bilan ta’minlovchi, yurtimizda harbiy bazalar quruvchi, bizga texnikaviy yordam 
ko‘rsatuvchi, mana, endi esa, biz uchun yalang‘och ayollarni ham olib kelishga bosh-qosh bo‘layotgan 
mamlakat! Sening bu “marhamatlaring”ni qadrlamaganlar, filhaqiqat, noshukur bandalardir!.. 
Dastlabki daqiqalarda Ishoq bu behisob okeanorti “tuhfa”laridan nafasi qaytib bo‘g‘ilayotganday his 
qildi o‘zini, lekin keyin, hind jamoatchiligining Amerika yordamiga bo‘lgan munosabatini (“yordam”ni 
qabul qilishini, ammo minnatdorlik izhor etmasligini) ma’qulladi-da, divanga borib o‘tirdi. Shakuntala 
bilan Sanjana ro‘paradagi keng divandan joy olishdi. Jamila oromkursiga o‘tirdi. Xona sahniga 
kattakon gilam to‘shalgan edi. Devor yonida radiola turardi. 
Jamila oromkursiga suyandi va kerishmoqchi bo‘lganday, qo‘llarini ko‘tarib boshi ortiga uzatdi, 
so‘ng ikkala qo‘lini tizzasiga “tap” etib tashlab, go‘yo hozirgina qandaydir mash’um halokatdan jon 
saqlab qolganday, yengil tortib chuqur tin oldi. 
Ishoq qizlar bilan xayrlashib ketishga chog‘langandi, shu payt birdan Sanjana qo‘lini divan orqasiga 
uzatib bir shisha viski oldi va shishani uch burchak stolchaga tantanavor sur’atda qo‘yib, sho‘x 
ohangda dedi: 
— Mana endi rostakamiga vaqtixushlik qilamiz! 
Qadahlar to‘ldirildi. 
Jamila o‘z qadahini bir ko‘tarishda katta-katta ho‘plab ichib yubordi, keyin kutilmaganda 
oromkursidan shartta turib, radiola oldiga bordi-da, plastinka qo‘ydi. Rok-n-rol sadosi yangradi. 
Jamila raqs tusha boshladi. Ishoq uning raqsini huzur qilib kuzatarkan, Jamilaning mo‘‘jizavash, 
go‘zal, navniholdek egiluvchan qomatidagi har bitta imo-ishora naqadar ayolona maftunkor va ayni 
chog‘da g‘oyat xatarli ekanini faqat endigina fahmladi. Jamila raqs tusharkan, soddagina jilmayar, 
uning xiyol solingan qovoqlari va nafis dudoqlari kishini o‘ziga rom qilardi. 
Har xil mazmunda raqs tushish mumkin. Shunday raqslar bo‘ladiki, unda osmon bag‘rini ochadi, 
ko‘m-ko‘k dalalar chamanday yashnaydi, raqqosaning tabassumidan ochilgan tishlari eng sara guruch 
donalaridek yaraqlaydi va uning peshonasida reza-reza marvarid — ter tomchilari paydo bo‘ladi. 
Boshqa bir xil raqslarda qushlarning xonishi, hovuzga oqib tushayotgan suvning shildirashi eshitiladi... 
ana shunda muhabbat abrlariga burkangan ikkita qutbiy ibtido osmon-falakka parvoz qilishga 
shaylanganday, hayotning ham, olamning ham eng maxfiy sarhadlariga yetmoqchi bo‘lganday 
ko‘rinadilar. Shunday raqslar bo‘ladiki, ularda xalq iqboli tarannum etiladi va uning butun tarixi yaqqol 
ko‘zga tashlanib turadi. Ba’zi chog‘da xalq madaniyatining yam-yashil hosildor novdalari inson qalbini 
o‘z soyasi panasiga olganday bo‘ladi, shunda odamzot xuddi uning buyukligiga shahodat beruvchi 
muqaddas xilqatga sig‘inganday bu raqs qarshisida tiz cho‘kadi. 
Yana shunday raqslar ham borki, undagi har bir harakat: “Ol, meni, o, olaqol meni!” deb zorlanadi. 
Raqqosa vujudida ro‘y bergan har bir imo-ishora: “O, menga qara, qanday latofatliman!” — deb 
da’vat etayotganday bo‘ladi. Raqqosaning chirpirak bo‘lib aylanishi esa: “Meni quchog‘ingga ol, 
bag‘ringga bos! Qani, kelaqol, men og‘ushingga kirib seni yutaman, sen mening quchog‘imda 
hirsingni qondirasan!” — deydi. 
Ishoq Jamila raqsining ma’nosini tushunardi, shunday bo‘lsa ham, u ko‘zini raqqosa qizdan hech 
uza olmadi. U go‘yo Jamila bilan gir-gir aylanib raqs tushayotganday va bu raqs girdobida uzoq-
uzoqlarga uchib ketayotganday his qildi o‘zini. Uning miyasi qobig‘i ostida nimadir biqirlab qaynab 
tug‘yon ko‘tara boshladi, ana shunda, nihoyat, Ishoq o‘z vujudida vulqon lavasi singari hech 
tushovlab bo‘lmaydigan g‘ayritarixiy yovvoyi maxluq uyg‘onganini his qildi. U o‘zining nima 
qilayotganini bilmay, divandan turib ketdi... Jamila raqs tusha-tusha shartta ayvonga chiqdi, Ishoq 
uning orqasidan ergashdi, Jamila unga tutqich bermay, mehmonxona bo‘sag‘asidan hatlab o‘tdi... 
Ishoq bu qizga go‘yo ko‘rinmas zanjir bilan bog‘langanday, orqasidan ergashib boraverdi... Mana, 
tungi chiroqning g‘ira-shira yorug‘ida xobxonadagi ikkita karavot, Jamilaning yarim ochiq lablari, qiya 
ochilib qolgan shkafdagi bir muncha bejirim sari, yubka va siynabandlar ko‘rindi. Jamila nazokat ila 
dik-dik sakragancha, yana mehmonxonaga kirib bordi va raqs tushishda davom etarkan, Ishoqni 


Musaffo osmon (qissa). Krishan Chandar 

Download 187,45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish