Abulqosimov h. P., Muminov n. G


 O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi



Download 3,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/158
Sana07.03.2022
Hajmi3,96 Mb.
#486009
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158
Bog'liq
- P2

 
6.4. O‘zbekistonda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi 
chora-tadbirlar 
O‘zbekistonda soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lashdan bo‘yin 
tovlashlari natijasida soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasi 
yaxshi emas. U taraqqiy etgan mamlakatlardagi darajadan ancha past. 
Aslida, hisoblangan soliq summalari o‘z vaqtida budjetga to‘liq 
o‘tkazilishi kerak. Ammo amaliyotda bu vazifani to‘liq uddalashning 
iloji bo‘lmayapti. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlariga 
nisbatan moliyaviy jazo qo‘llaniladi. Moliyaviy jazo qo‘llanilmasa, 
o‘rnatilgan tartib-qoida buzilaveradi, unga qat’iy va to‘liq rioya 
qilmaslik davom etaveradi, natijada majburiyat va soliq to‘lash burchi 
bajarilavermaydi. 
Soliqlarning undiriluv (yig‘iluv)chanlik darajasi nisbatan past 
bo‘lsa, moliyaviy jazoning darajasi, aksincha nisbatan yuqori bo‘lishi 
kerak. Uning ana shunday darajasi soliqlarning undiriluv 
(yig‘iluv)chanlik darajasining ko‘zlangan darajasiga yetgunga qadar 
saqlanib turmog‘i lozim. Unga erishilganidan keyin moliyaviy 


jazoning darajasi, ma’lum bir muddatda saqlanib turilganidan so‘ng, 
pasaytirilishi mumkin. 
Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan haddan 
tashqari qattiq moliyaviy jazolarni qo‘llashdan manfaatdor emas. 
Davlat soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga nisbatan ta’sirchan 
moliyaviy jazolar tizimini qonuniy tarzda joriy etishi lozim bo‘ladi. 
Ashaddiy bo‘lmagan soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarga 
nisbatan sharoitga va ularning moliyaviy holatlaridan kelib chiqib, 
moliyaviy jazo summalarining undirilish muddatlarini ta’sirchan tarzda 
ortga surish, moliyaviy ahvolini yaxshilab olishga imkon berish, bir-
ikki marta “kechirish”, shu bilan birga ashaddiy soliq to‘lashdan bo‘yin 
tovlovchini aniqlab, unga nisbatan qattiq moliyaviy jazo qo‘llash orqali 
boshqalarga namuna qilib ko‘rsatish choralari amalga oshiriladi. 
Ammo soliq to‘lashdan bo‘yin tovlaganlar uchun juda ham kam 
miqdorda moliyaviy jazo qo‘llanishi hech qanday samara bermaydi va 
uning samaradorligini va ta’sirchanligini yo‘qqa chiqarishi mumkin
92

Jahon tajribasi ko‘rsatadiki, rivojlangan mamlakatlarda soliqni o‘z 
vaqtida to‘lamaslik va ularni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlari uchun 
qattiq moliyaviy jazo, hatto jinoiy ishlar qo‘zg‘atiladi. Masalan, taniqli 
sport ustalari, san’atkorlarning soliqni o‘z vaqtida to‘lamaganliklari 
yoki undan bo‘yin tovlaganliklari uchun butun dunyo ommaviy 
axborot vositalarida sharmanda qilinganliklari va jinoiy ishlar 
qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risida bot-bot xabarlar tarqatiladi. Masalan, o‘z 
vaqtida mashhur nemis tennischisi B.Bekker 1992-1996 yillar 
mobaynida olgan daromadlarining bir qismini soliq tashkilotlariga 
kamaytirgan holda ko‘rsatganligi uchun sud unga nisbatan shartli 
ravishda 2 yil qamoq jazosi belgilangan. Italiyalik mashhur tenor 
L.Pavarotti soliq qonunchiligiga qisman rioya etmaganligi uchun soliq 
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlikda ayblanib, ommaviy axborot vositalari 
orqali butun dunyoga sharmandai sharmisor qilingan. Mashhur 
kinoaktrisa S. Lorenga nisbatan ham shunday munosabat bildirilgan 
edi
93
. Yaqin yillar ichida mashhur futbolistlar Leonel Messi, Krishtian 
Ronaldular ham soliq to‘lashdagi xatoliklari uchun jazoga tortilish 
xavfi ostida soliq va jarimalarni to‘lab qutilib qolishgan edilar. 
92
Маликов Т.С., Жалилов П.Т. Бюджет-солиқ сиёсати.-Т.:Akademnashr, 
2011.-398-398-бетлар. 
93
O‘sha yerda, 399-400-betlar. 


O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi soliq to‘lovchining soliq 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yuzaga keladigan 
majburiyatini soliq majburiyati, deb e’tirof etib, uning tizimini 
belgilab beradi. Shunga mos ravishda soliq to‘lovchi tomonidan 
ushbu majburiyatlar tizimini buzish bilan bog‘liq huquqshunoslik 
sodir etilganda qo‘llaniladigan jazo tizimi umumiy shartlari ham 
Soliq kodeksida belgilangan. Soliqqa oid huquqbuzarlik uchun 
javobgarlik boshqa turdagi huquqshunosliklar uchun qo‘llaniladigan 
jazo bilan choralaridan farq qiladi. Ushbu toifaga kiruvchi 
huquqshunosliklar faqat ma’muriy yoki jinoiy jazo bilan 
chegaralanmaydi. Soliqqa oid huquqshunoslik uchun qo‘shimcha 
ravishda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi (6.4.1-jadval). 

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish