dunyoning turli moliyaviy bozorlariga kiritilyapti. Offshor zonalarida
kapital bozori va moliya bozori sub’ektlarining barcha ko‘rinishlari
mavjuddir. Biroq avvalo ba’zi offshor firmalarning boshlang‘ich
imkoniyatlarini ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Offshor operatsiyalarining oddiy sxemasi soliq qonunchiligining
unversal prinsiplariga asoslanadi. Bunda majburiy soliqlarga ushbu
mamlakat hududida joylash daromad manbalari kiradi. Agar daromad
manbasi chet elda bo‘lsa yoki yetarlicha aniq lokallashtirilgan bo‘lgan
hollarda, u ushbu yurisdiksiyadagi soliq ma’suliyati muhitidan
chiqarib tashlanishi mumkin. Masalan, bunday vaziyat dallollik
(broker, makler, diller) xizmatlarida, tashqi savdo xizmatlarida,
konsultatsiyalar biznesi va shu sektorning boshqa tarmoqlarida
yuzaga keladi. Bunday yo‘llar bilan
olingan daromadlar offshor
firmalar hisob raqamlariga kelib tushishi mumkin. Offshor
biznesining ma’nosi shundaki, chet elda xo‘jalik operatsiyalarining
yangi “erkin” sub’ekti paydo bo‘ladi va u to‘liq offshor zona
joylashgan mamlakat tadbirkorining nazorati ostida bo‘ladi.
Offshor kompaniyasi tashqaridan qaraganda offshor zona
joylashgan mamlakat firmasining mustakil xorijiy hamkori bo‘lib
ko‘rinishi mumkin. Bunda offshor firmalar ishlatilishi bilan soliq
rejalashtirishning keng tarqalgan usullarga asoslangan. O‘zining
oddiy to‘yinishiga qaramay, bu kabi sxemalarning barcha detallari
yaxshilab qayta ishlashni talab etadi. Chunki soliq va valyuta nazorati
qonunlari doimo o‘zgarib turadi. Offshor
firmasi boshqaruvchisi
nomidan shartnomalar tuzish, mulk va bankdagi hisobdan
foydalanish, soliqlarni rejalashtirishning eguluvchan mexanizimini
yaratadi
va
boshqa
ishbilarmonlar
maqsadlariga
erishishi
ta’minlanadi. Offshor firmasiga egalik qilish xalqaro huquq normalari
va ushbu offshor firma qayd etilgan yurisdiksiya qonuniyati bilan
kafolatlangan maxfiy xarakterga ega.
Offshor firmasini ishlatishning keng tarqalgan usuli bu – uning
vakolatxonalarini hamda kichik kompaniyalarini offshor zona
joylashgan mamlakatlarda yaratishdir. Oqibatda offshor zona
joylashgan mamlakatda doimiy ofisga ega kompaniya boshqa chet el
banklaridagi hisoblaridan foydalanish,
turli xil xalqaro savdo
operatsiyalarida qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda offshor
kompaniyaning biznesi uning vakolatxonasi orqali olib boriladi,
hisob – kitoblar esa uning chet el banklardagi hisob raqamlari orqali
olib boriladi. “DC Ekspres” kompaniyasi an’anaviy ravishda chet el
kompaniyalari vakolatxonalarini yaratishga (faqat Rossiyada emas,
balki boshqa davlatlarda ham) juda katta ahamiyat bermoqda. Ko‘p
hollarda bu kabi yondashuv offshor firmaga taa’luqli sxemalar
doirasida, rezident (ya’ni mamlakat “ichkarisida” olib boriladigan)
operatsiyalar yuritishga yo‘l qo‘yadi. Natijada offshor loyihasining
ishbilarmon imkoniyatlari sezilarli ravishda kengayadi. Offshor
kompaniyasiga egalik qilish ko‘prok “lokal” hamda shunday zarur
ustunliklarni ta’minlaydi. Turli xil ishbilarmon hamda hayotiy
vaziyatlarda xorijdagi shaxsiy kompaniya
nomidan imzo chekish
huquqi va chet el bankidagi hisob raqamini operativ boshqarish
imkoniyati zarurdir. Ko‘plab munosabatlarda offshor firmasi bu –
“doimo siz bilan birga bo‘lgan kompaniyadir”. Bunda unga
buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotlarga xarajat qilish kerak
emas. Hattoki, offshor firmasidan operatsiyalar hajmi yetarlicha katta
bo‘lsa ham, murakkab bo‘lmagan kompyuter dasturi bilan shuni hal
qilsa bo‘ladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning turli tuman talablariga
xizmat qiluvchi, offshor operatsiyalarining keng turi mavjud. Bular
qatoriga offshor zona joylashgan mamlakat va xorijdagi hisob
kitoblarda qo‘llaniladigan offshor kompaniya nomiga ochilgan
korporativ debet va kredit kartochkalar kiradi.
Offshor firmalar orqali xorijiy banklarning
kredit resurslariga,
xalqaro depozitlar bozori hamda kapital va investitsiyalarni
boshqaruvi xizmatlariga yo‘l ochiladi. Offshor firmasi egasida
moliyaviy vositachilar (o‘rtakash, dallol) va ish faoliyati tuzilmasi
hakida keng tanlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Offshor firmasi –
bundan bir vaqtning o‘zida riskni boshqarish vositasidir. Offshor
firma orqali mablag‘larni xorijdagi birinchi darajali banklarga
joylashtiriladi. Bu firma o‘zini siyosiy va iqtisodiy silkinishlardan va
boshqa risklardan ham xavfsizlantirishi mumkin. Moliyaviy servis,
sarmoyalar, valyutali diling, xalqaro soliq kelishuvlari tarmog‘ining
o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda daromadlarning qulay
yo‘nalishini topish xorijiy mulkka
egalik qilish va foydalanish,
transfert operatsiyalari va aktivlarning firmaning ichki qayta
taqsimotini amalga oshirish, xolding turidagi tashkiliy huquqiy
kompaniyani yaratish kabi ko‘pgina operatsiyalar ro‘yxati, offshor va
boshqa “imtiyozli” xorijiy kompaniyalarni ishlatishni (foydalanish)
talab qilmoqda.
Mahalliy biznesda offshor kompaniyalardan xalqaro sarmoyalar
uchun foydalanishda ma’lum bir ijobiy tajribalar yig‘iladi. O‘zining
mahalliy yirik moliyaviy sanoat guruhlari va korporatsiyalari
tarkibida jahon darajasidagi firmalar va qizlik sho‘‘ba korxonalar
yaratiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kompaniyalarning offshor
maqomi ularga o‘z faoliyatlari davomida
soliqlarni maksimal
darajadan tushirishni, xatto yo‘q qilish, ya’ni butunlay soliqlardan
ozod bo‘lishni ta’minlaydi. Faqatgina bu maqom talabi, biznes
operatsiyalarini o‘z qonunchiligidan tashqarida olib borishni talab
qiladi. Ya’ni offshor kompaniyasi o‘z qonunchiligini rezidenti bo‘la
olmaydi. Offshor kompaniya egalarining kim ekanligi esa sir
saqlanadi. Hozirgi davrda murakkab tizimligiga qaramay offshor
biznesi rivojlanib bormokda.
Do'stlaringiz bilan baham: