Shunday qilib, qonunchilikdagi kamchiliklar, uni buzish jazosiz
qolishi va nazoratning sustligi soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga
imkoniyat yaratadi. Yuqori soliq stavkalari to‘g‘risidagi keng
tarqalgan bahonalar esa asossizdir. Ammo soliqqa tortishning yuqori
chegarasi mavjud bo‘lib, soliq stavkasi o‘sha darajadan oshib ketsa,
iqtisodiy faoliyat sustlashib boradi.
Soliq to‘lashdan bo‘yin tovdashning sabablarini tahlil etishda
ikki xil yondashuvdan foydalanish zarur: soliqlarni “yangi boylar”
tomonidan to‘lanmasligi va soliqlarni
sobiq ittifoq korxonalari
direktorlari tomonidan to‘lanmasligi. “Yangi boylar” islohotlardan
dastlabki davrdagi yarim jinoiy kooperativ harakatda faoliyat
yuritgan tadbirkorlar bo‘lib, psixologik sabablarga ko‘ra
soliq
to‘lashni xohlamaydilar. Ular hech qachon davlatga hech narsa
to‘lamaganlar, bunga ularning jinoiy falsafasi va tadbirkorlik fe’l-
atvori yo‘l qo‘ymaydi. Ular qonunchilikka rioya qiladigan
fuqarolarga ongli ravishda aylanishlari uchun ma’lum bir davr kerak,
hech bo‘lmaganda davlatdan o‘z mulki himoyalanishini
talab qilish
huquqiga ega bo‘lish uchun. Davlat, soliq nazoratini ham hisobga
olgan holda, qanchalik tez kuchaysa, ularning
psixologik yetilishi
shunchalik tez amalga oshadi.
Sobiq ittifoq korxonalari direktorlari va rahbarlari soliq
to‘lamaslik tajribasini tez o‘zlashtirib oldilar. Lekin ularda soliq
to‘lamaslikka boshqa asoslar bor edi. Masalan,
harbiy sanoat
kompleksi korxonalari davlat buyurtmalari keskin pasayganligi
sababli mablag‘lar yetishmasligidan jabr ko‘radilar, ko‘pchilik
hollarda esa ishlab chiqarishni raqobatbardosh, bozor va aholi uchun
zarur mahsulotlar ishlab chiqarishga o‘tkazish qobiliyati yo‘qligidan
jabrlanadilar. Ko‘pchilik boshqaruvchilar o‘z korxonalarining
aktivlarini talon taroj qilishadi. Shunday ekan ulardan ishlab chiqarish
hajmini kengaytirishni va soliqqa tortish bazasini ko‘paytirishni
kutish noto‘g‘ri bo‘ladi. Bu hol ularning o‘zlari korxonaning egasiga
aylanganlaridagina o‘zgarishi mumkin.
Tabiiy monopoliyalar
alohida xususiyatga egadirlar, ular
davlatga kelishgan holda soliq to‘laydilar yoki to‘lamaydilar. Buni
quyidagicha tushunish kerak – faqatgina ular davlatga to‘lashlari
kerak emas, balki davlat ham ularga to‘lashi kerak (davlat
muassasalariga issiqlik va elektr energiyasini yetkazish, hukumat
qarorlariga binoan ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari evaziga).
Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash natijasida soliqlarni yig‘ish
va natijada soliqlar tushumi kamayadi, davlat budjetiga mablag‘ kelib
tushishi kamayishi hisobiga ijtimoiy
soha yetarli darajada
moliyalashtirilmaydi; halol raqobat qoidalari buziladi; soliq
to‘lashdan bo‘yin tovlaganlarning daromadlari ko‘payib boradi;
korrupsiya o‘sadi; soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash evaziga to‘plangan
kapital shaxsiy maqsadlar, xufyonaviy faoliyatga yo‘naltiriladi yoki
xorijga olib chiqib ketiladi (qarang: 6.1.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: