qonuniyatlariga
bo‘ysunadi,
ya’ni
mehnat
taqsimoti
va
ixtisoslashuvini taqozo etadi. Bunda transaksion xarajatlar – jinoiy
biznes ko‘p sonli qatnashchilari o‘rtasida barqaror munosabatlarni
saqlash va ushlab turish xarajatlari muammosi vujudga keladi.
«Tashkilotni shakllantirgan va qandaydir shaxsga (“tadbirkorga”)
resurslarni to‘g‘ri yo‘naltirish huquqini bergan holda ayrim bozor
xarajatlarini qisqartirish mumkin bo‘ladi”, deb yozadi R. Kouz
180
.
Aynan shu sababli ham jinoyatchilarni yangi, unumli jinoiy sohalarga
o‘tkazishda kriminal obro‘ga ega bo‘lgan jinoiy guruhlar boshchilari
– mafiyachi firmalar shakllanib,
ularning har biri turli
“mutaxassislik”dagi jinoyatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni
yo‘lga qo‘yish xarajatlarini kamaytiradi. Iqtisodiy faoliyat bilan band
jinoyatchilar bundan tashqari, atrof ijtimoiy muhit bilan ham
munosabatlarni yo‘lga qo‘yishlari zarur. Jinoiy faoliyat qamrovi
qanchalik keng bo‘lsa, raqobatlashuvchi
jinoyatchilar va huquqni
muhofaza qilish organlari qarshi ta’sirlarini yengish shunchalik
qimmatga tushadi. Shu sababli keng ko‘lamli statsionar jinoiy
faoliyat, bir tomondan, jinoiy to‘dalar o‘rtasida va boshqa tomondan,
to‘dalarning huquq -tartibot idoralari o‘rtasida o‘zaro foydali yashirin
bitimlar tuzishlarini taqozo etadi.
Jinoiy tashkilotlar hamkorlik va raqobat qoidalari to‘g‘risida
kelishgan holda ta’sir sohalarini (hududlar, faoliyat turlari) bo‘lishib
oladilar. Tartibot vakillari mafiyadan muntazam ravishda pul
mablag‘lari olib turadilar (yoki boshqa foydali xizmatlar, masalan,
tashkil qilinmagan jinoyatchilikni to‘xtatib
turishda yordam
ko‘rsatish), buning evaziga esa “haddan tashqari” xizmat vazifasini
namoyish etmaslik majburiyatini oladilar. Jinoiy tashkilot tuzish bir
gangsterga to‘g‘ri keladigan kelishuv va poraga xarajatlarni
kamaytiradi, shu sababli bitim ishtirokchilari soni kamayadi (to‘da
boshchilari uning barcha a’zolari nomidan harakat qiladilar).
Oddiy fuqarolar mafiyaning huquq - tartibot idoralari bilan
yashirin bitimi to‘g‘risida korrupsiyani tugatishni talab qilgan holda
juda hal qiluvchi muhokama qilsalarda, bunday bitim tuzish mumkin
emas. Jamoatchilar noroziligini bartaraf qilish uchun uyushgan jinoiy
180
Qarang: Коуз Р. Фирма, рынок и право. М, 1993. С. 39.
guruh jamiyat bilan ham, tashkil qilinmagan jinoyatchilik bilan ham
yashirin bitimlar tuzishi zarur.
Odatda mafiyaning o‘zi kriminal harakatlarni (qotillik,
talonchilik) keltirib chiqaruvchilarni kamaytiradi
181
va ularning
tashkil qilinmagan jinoyatchilar tomonidan
namoyon qilinishini
to‘xtatib turadi. Oddiy fuqarolar taqiqlangan va taqchil tovarlar va
xizmatlarni xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘lib, ularning ko‘plari
mafiyachilar korxonalaridan ish topadilar.Tashkil qilinmagan
jinoyatchilar
ham
jinoiy
tashkilotlarning
o‘ziga
xos
“subpudratchilari” sifatida yashirin bitimlar tizimiga qo‘shiladilar.
Jinoiy tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan hududda amal qilish
huquqiga ega bo‘lgan holda tashkil qilinmagan jinoyatchilar buning
uchun “soliq” to‘laydilar. “Litsenziyasiz ishlash” juda xavfli – o‘z
mulkchilik huquqlarini buzuvchilarni mafiya byurokratik to‘siqlarsiz
va me’yoridan ortiq insonparvarliksiz muhokama qiladi. Tashkil
qilinmagan jinoyatchilar jinoyat xarajatlarini
kamaytirish imkonini
beradigan uyushgan gangsterlar “maslahatlari” dan foydalanishlari
mumkin.
Mafiya tomonidan yashirin tashqi aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi
natijasida o‘ziga xos “ijtimoiy kelishuv” muhiti yaratiladi. Yashirin
bitimlar mazkur tizimining barcha ishtirokchilari qandaydir foyda
(hech bo‘lmasa tasavvurda) ko‘radilar. “O‘yin qoidasi” ga rioya
qilinar ekan, uyushgan jinoyatchilik kam seziladi va ijtimoiy
muammo sifatida qabul qilinmaydi.
181
«O‘q otish va qotillik – biznes qilishning natijasiz vositasi, – shu nuqtai nazardan
bayon qildi Amerika mafiyasi bossi Meyer Lanski. – Ford sotuvchilari sotuvchilardagi
Shevrolni otmaydilar. Ular bir-birlariga narxlarni bo‘lishga urinadilar. Biz ancha ilgari
bu tamoyilni kuzatishga qaror qildik. O‘t ochish qurolidan va zo‘ravonlikdan foydalanish
kamdan-kam bo‘lishi, yaxshisi esa foydalanmaslik mumkin» (Иванов Р. Ф. Мафия в
США. М., 1996. С. 339). Albatta, gunohsiz gangster balandparvozligiga
tuzatishlar
kiritish zarur. Biroq zo‘ravonlikni qo‘llash xavfi gangsterlik zo‘ravonligining o‘zini
qo‘llashni ortiqcha qilib qo‘yishi shubhasiz.