Yugurish tempida bolalar qo‘llarini yelka balandligida ko‘tarib,
samolyotni
taqlid qilgan holda bir-birlarining ketidan yuguradilar.
Marsh ohangi ostida (marsh tempi) bolalar mel bilan chizib qo‘yilgan chiziq
bo‘ylab yuguradilar. Musiqada yugurish tempiga o‘tilganda bolalar zal markazida
yotgan oburuch tomon yuguradilar. Yetib kelgach (tarbiyachining ko‘rsatmasiga
binoan) obruchlarni o‘ng yoki chap qo‘llari bilan olib, aylana bo‘ylab yuguradilar.
Bunday yugurish musiqa tempida o‘zgarish (marsh) bo‘lmagunicha davom etadi.
Marsh tempi berilganida obruchlarni yana polga qo‘yadilar va chiziq bo‘ylab birin-
ketin yuradilar.
Bolalar juft-juft bo‘lib, marsh tempi ostida yuradilar. Tez tempga o‘tilganida
bolalar yurishdan to‘xtab, birlashtiruvchi qo‘llarni yuqoriga ko‘targancha darvoza
shaklini hosil qiladir. Hosil qilingan darvozalardan birinchi juftlik yugurib o‘tib,
qator oxirigacha boradi va oxirgi juftlik bo‘lib turadi.
Marsh oxangi takroran
chalinganida bolalar yana yurishni davom ettiradilar.
Yuqori maktab yoshigacha bo‘lgan va maktab yoshidaga bolalar esa zanjir
bo‘lib, ilon bo‘lib, kichik va katta aylana bo‘lib, bir nechta aylanalar bo‘ylab
harakatlanish mashg‘uloti templarini mashq qiladilar. Bunda sakraydigan arqonlar,
bubnalar, obruchlar, koptoklar va uchburchaklardan foydalaniladi. Tasavvur qilingan
buyumlar bilan mashqlarni bajarish mumkin.
– Bolalar qo‘llarida obruch ushlab qator bo‘ylab turadilar. Musiqaning sekin
tempida bolalar obruchlarni yuqoriga ko‘taradilar va tushiradilar va yana ko‘taradilar.
Tez temp berilganda obruchlar polda yumalatiladi va bolalar ularning ortidan
yuguradilr.
– Sekin temp ostida bolalar aylana bo‘ylab turgan
holatda koptokni yerga
uradilar va qaytadan ikki qo‘llab ushlab oladilar. Musiqada tez tempga o‘tishda
koptokni o‘ng qo‘llariga olib, yuqoriga ko‘targan xolda aylana bo‘ylab yuguradilar.
Sekin tempning takrorlanishi bilan bolalar yugurishdan to‘xtaydilar va koptoklarni
yana polga uradilar.
– Bolalar doirada turib, marsh tempini (♪), xar bir qadam qo‘yishda og‘izda
«Top-top» deb aytgan holda mashq qiladilar. Musiqaning (♪♪) tempiga o‘tishda esa
bolalar qarsak chalgan holda, «Ta-ta» deb aytadilar.
O‘spirin va kattalarga marsh va yugurish tempidan tashqari sakrash
mashqlari, sekin-asta tezlashish yoki sekinlashish templari va murakkabroq tarkiblar,
masalan ikki xil tezlikni, birini
oyoq qadam tashlashiga berib, ikkinchi tezlikda
qo‘llar bilan ikki barobar tezroq qarsak chalish orqali (ya’ni xar qadamda ikkitadan
qarsak chalib), mujassamlashtirish mashqlari ham taklif qilinadi. Yoki
shug‘ullanuvchilar baravar harakatlanayotgan (biri marsh tempi bilan, ikkinchisi
yugurish tempi bilan) ikkita aylana bo‘lib turadilar. Mashqlarni o‘zgartirish mumkin,
masalan, boshlovchi temp berib boradi qolganlar esa berilgan
temp qoidasiga rioya
qilgan holda asta-sekin qo‘shilib boradilar. Yoki hamma marsh muiqasi ostida
yuradi. Musiqa to‘xtatiladi, ammo hech kim to‘xtamaydi. Tarbiyachi signal
berguniga qadar hamma berilgan temp bo‘yicha qadam tashlaydi.
– Yugurish (♫♫)tempida bolalar aylana bo‘ylab yuguradilar,
musiqada
marsh tempiga o‘tilishi bilan hamma buriladi va shu yo‘nalishda aylana bo‘ylab
yugurishni davom ettiradilar, ya’ni orqalab yuguradilar.
– Aylana bo‘ylab turgan xolatda barcha bolalar har bir chorakdagi (♪) turgan
joylarida qadam tashlaydilar, keyin tarbiyachining ko‘rsatmasi bo‘yicha har bir
sakkizinchi (♫) da qarsak chaladilar, ya’ni bir qadamga ikki qarsak chalinadi. Bu
mashqni turgan joyda bajarib bo‘lib, bolalar marsh sadosi
ostida qarsak chalgan
holda, aylana bo‘ylab yuradilar, bunda qarsak chalish ikki baravar tezroq bajariladi.
Signal berilganda (bayroqcha ko‘tarilgnida) har sakkizinchi tempda oyoqlar bilan,
to‘rtinchi tempda esa qo‘llar bilan bajariladi.
– Sekin qadam beriladi (┘), bolalar sekin yuradilar, ildam qadam tashlanadi,
bunda o‘ng oyoq tashlanganida chap qo‘l oldinga cho‘ziladi. Chap oyoq tashlangnida
esa aksincha o‘ng qo‘l oldinga cho‘ziladi.
– Bolalar yuguradilar (♫) va bir vaqtning o‘zida har ikki qadamga bitta
qarsak chalinadi (♪). Tarbiyachining og‘zaki «Gop» degan buyrug‘i bilan
yugurishdan yurishga o‘tiladi, qarsak ham aksincha o‘zgaradi,
bir qadamga ikki
qarsak.
– Bolalar qator bo‘lib turadilar. Har kimga o‘zining harakat tempi beriladi va
uni qandaydir bir tarzda ajratish zarur. Masalan juda sekin tempda – farazdagi
og‘irlik bilan yurish; marshda – tasavvurdagi likopchani olib yurish;
yugurish
tempida – qo‘lda puflangan sharlar bilan yugurish va shunga o‘xshagan mashqlar.
Do'stlaringiz bilan baham: