10. RITMIK MAShG‘ULOTLAR
Tovushli ritm – nutqiy qobiliyatida nuqsonlari bor bo‘lgan shaxslarda
harakatlanish ritmi tuyg‘usini tarbiyalash va rivojlantirishga, shuningdek, uni nutq
jarayonida birlashtirishga xizmat qiladi.
Musiqashunoslikda ikki tushuncha va ikki musiqiy ritm aniqlovchisi mavjud:
bular keng va tor keng ma’nodagi musiqiy ritm bo‘lib, ular vaqt bo‘yicha shakl
quruvchisi sifatidagi musiqiy asar konstruksiyasini vaqt o‘lchami asosida o‘girish
demakdir.
Tor ma’noda musiqiy ritm – bu vaqt qonuniyati hamda davomiyligi bo‘yicha
tovushlarning tashkil qilinishi bo‘lib, bir xil yoki har xil davomiyliklarning
uyg‘unlashuvini hisobga olgan holda ritmik rasmning paydo bo‘lishidan iborat
bo‘ladi. Bunday davomiyliklar ma’lum tarzda aksentlashgan (darajalangan) bo‘lib,
biror-bir temp doirasidagi jarangdorlikka ega.
Ritmik birlik deb, alohida tovushlar yoki pauzalar davomiyligiga aytiladi.
Shu bilan bir qatorda ritmik rasmning paydo bo‘lishida bir muncha yirikroq bo‘lgan
elementlar ham ishtirok etadi, masalan – motivlar, stopalar, faktura yacheykalari
hamda vokal partiyalardagi ichki bo‘g‘inli xirgoyilar.
Musiqiy ritmning qabul qilinishini uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi
qatlamda tovushlar, motivlar va qisqa frazalar vaqtining nisbati qabul qilinadi.
Ikkinchi qatlamda yirik musiqiy parchalar –frazalar, tavsiyalar va muddatlarning vaqt
bo‘yicha tuzilmalari aks ettiriladi. Uchinchi qatlamda esa asar strukturasi yaxlit holda
qabul qilinadi.
Nemis musiqachisi va tarbiyachisi K.Orf bolalarda musiqani tarbiyalash
borasidagi o‘zining tizimini - musiqa qabul qilinishining «boshlang‘ich elementi»
sifatidagi ritmidan kelib chiqqan holda yaratdi.
Musiqiy yaxshi rivojlanmagan bolalar bilan aloqa o‘rnatishda hamda
ixtisoslashtirilgan majmuaviy mashg‘ulotlarda harakat va musiqa so‘zlarini
birlashtirishda ritm tarbiyachiga katta yordam beradi.
Shu bilan birgalikda maxalliy olimlar izlanishlarining natijalari quyidagilarni
ko‘rsatadi:
1.
Bolalar har doim ham barcha ritmik topshiriqlar uddasidan chiqa
olmaydilar, masalan hamma bolalar ham murakkab bo‘lmagan ritmik
figuraga ohang bera olmaydilar;
2.
Musiqa ritmining murakkab tizimiga – ontogenizatsiyada birdaniga yaxlit
bir tizim sifatida emas, balki qadamba–qadam shakllanuvchi, murakkab
tuzilmaviy sensor qobiliyat mos keladi va uning komponentlari bo‘lib,
ritmik rasm asosida yotuvchi tovushlar va pauzalar davomiyliklari
nisbatining qabul qilinishi xizmat qildi. Bunday komponentlar –
aksentlangan va aksentlanmagan tovush elementlari bo‘lib, ular musiqiy
o‘lchov asosining, musiqiy tempning aniqlovchi tayanch tovushlari ketma-
ketligi tezligining qabul qilinishidan iboratdir.
Ritm tuyg‘usi hayot davomida ularning dvigatel modellashuvi jarayonida
bo‘lg‘usi izohlash orqali, shu bilan birga bu jarayonning motor zvenolarini taxlash
asosida yuz beruvchi sensor ritmik etalonlar sistemasini o‘zlashtirish yo‘li orqali
shakllanadi.
Takt o‘lchovining oddiy etaloni – bu ikki, uch, to‘rt ulushli o‘lchovlardir.
Temp etaloni esa o‘rtacha (maqsadli), tez va sekin templardan iborat. Ammo
rivojlangan ritm tuyg‘usida musiqaviy ritm barcha komponentlarning birligida aks
etadi va uning etalonlari sifatida mujassam, sintetik, ritmik tuzilmalar maydonga
chiqadi.
Ritmik tuzilmada mo‘ljal harakatlarni modellashtirishning kengaytirilgan
jarayoni quyidagi ketma-ket paydo bo‘luvchi asosiy davrlardan iborat:
a) ritmik bo‘lmagan betartib harakat reaksiyalari;
b) aksentlangan tovush elementlarini aks ettiruvchi tekis harakat
v) ritmik rasmni ko‘chirish jarayonining boshlang‘ich etapini ifodalovchi
asosiy ritmik nisbatlar harakatidagi tiklanish;
g) topshiriqlar yaxlit tuzilmasining xarakatlanib tiklanishi;
d) ritmning o‘zlashtirilishi.
To‘rtinchi davr uchun tayyorlovchi bosqich bo‘lib, xizmat qiluvchi
boshlang‘ich uchta davr o‘zlashtirishning me’yoriga mos holda vaqt bo‘yicha
qisqartiriladi hamda ularning paydo bo‘lish tartibida reduksiya qilinadi. Buning
natijadasida bola yaxtit holatdagi ritmik tuzilmani darrov teng holatda qaytaradi.
Harakatlantiruvchi tuzilmada qabul qilingan etalonlarni to‘g‘ri ko‘chirish
uchun quyidagi shartlarning bajarilishi zarurdir, ular quyidagilar:
a) harakat tezligi bilan musiqa tempining mos kelishligi;
b) harakatlanish jarayonida mushaklarning zo‘riqishi to‘liq musiqa kuchi
yoki aksent jarangdorligining kuchi bilan mos kelishi;
v) harakat bilan uzatilayotgan ritm rasmi musiqaning ritmi bilan mos kelishi
zarurdir.
Nutqida buzilishi bo‘lgan shaxslarga nisbatan logoritmik ta’sir ko‘rsatishda
musiqiy ritmning shakillanishidagi hamda umumiy ritm tuyg‘usining ontogenezik
ma’lumotlarini hisobga olish zarurdir.
Shug‘ullanuvchilarga to‘rtlik, sakkizlik va yarim notalar orasidan nisbatan
oson egallanuvchi xamda ritm rasmidagi sakkizlikning bir juftidan ko‘p bo‘lmagan
iboralar taklif qilinadi. Buning natijasida shug‘ullanuvchilarda murakkab bo‘lmagan
turli ritmlarni differensiallash va o‘z harakatlarini ongli ravishda ularga bo‘ysundirish
malakasi
tarbiyalanib
boradi.
Keyin
ritmni
aks
ettiruvchi
harakatlar
avtomatlashtiriladi. Harakatlanish apparatidagi zo‘riqishdan bartaraf etiladi, kuchning
tejalishiga erishiladi, harakat yengilligi rivojlanadi va shu bilan birga ijro etish sifati
oshadi.
Bolalar va kattalar bilan o‘ynaladigan ritmik o‘yinlar ikki tamoyil asosida
quriladi:
1. Tartib va tartibsizlikni aks ettiruvchi, ya’ni tashkil qilinmagan erkin
harakatdan oldindan mo‘ljallanib tashkillashtirilgan harakatga tez o‘tish.
2. «Uchinchisi ortiqcha», turli tuzilishlar va o‘yin davomida o‘zgarishlar
imkonini yaratish.
Jamoa bo‘lib o‘ynash asosida boshlanishi qadimgi kadril va lansvelardan
(inglizcha top raqsi), «Tegirmoncha» qishloq plyaskasidan olinadigan shakldor
tuzilishlar yotadi. Raqsga doimo tugunlarning murakkab to‘qilishlari kuzatiladi.
Ritmik raqslar – tabiiy xarakatlar qadam tashlash, yugurish, turgan joyda
sakrash, yonmachasiga sakrash, aylanish boshqa bilan musiqa uyg‘unligidir. Ular
maxsux raqs texnikasini talab qilmaydi, ammo tuzilishlarning murakkabligi bilan
farq qiladi va ularni to‘liq o‘zlashtirib olish uchun vaqt talab etadi. Ritmik
mashg‘ulotga albatta nutq qo‘shiladi. Nutq ustida ishlash kompleks tarzda olib
boriladi: tovush, imo-ishora va shiddat, ya’ni butun prosodiya ustidan. Nutqiy
materialni uch guruhga bo‘lish mumkin:
1. So‘z va shiddatli harakat.
2. Ishtirokchilar guruhi yoki bitta ishtirokchi harakatiga nom berish.
3. Suhbatlar, qachonki a) ishtirokchilarning faqat bittasi gapiradi, ikkinchisi
tinglaydi va sukut saqlagan holda harakat qiladi; b) nutqiy muloqot ikki ishtirokchi
yoki guruh bilan olib boriladi.
Mashg‘ulotlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |