«Qo‘llarni baland ko‘taring!»
Tarbiyachining «Qo‘llarni baland ko‘taring» komandasi bilan – bolalar
qo‘llarini yuqoriga ko‘taradilar; «Keyin ularni tushir» komandasi bilan esa qo‘llarni
pastga tushiradilar. «Bir, ikki» sanalganda qo‘llar yuqoriga ko‘tariladi, «uch, to‘rt»
deganda qo‘llar pastga tushiriladi.
«Koptokcha»
Shug‘ullanuvchi koptokni qo‘lida ushlagan holda she’rning birinchi ikki
qatorini aytadi, keyin navbatdagi ikki qatorni aytadi va har bir so‘zning aytilishida
koptokni irg‘itadi: avval yuqoriga, so‘ngra yerga.
She’rlar:
7. MUSIQASIZ SO‘Z MAShG‘ULOTLARI
Bu mashg‘ulotlar birinchi marotaba V.A.Griner
tomonidan tili
duduqlanuvchi bolalar bilan shug‘ullanishda qo‘llash uchun tavsiya etilgan bo‘lib,
musiqa asbobidan foydalanishni bilmagan logoped uchun juda qulaydir. Bunday
topshiriqlardan – ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini yoki jismoniy tarbiya
mashg‘ulotlarini o‘tkazishda,
logopedik mashqlar vaqtida, she’r satrlarini biror-bir
harakatlar bilan yoki hech qanday harakatlarsiz aytgan holda, foydalanish mumkin.
Harakatlar mexanikaviy bo‘lmasligi lozim. Mashg‘ulotning she’r
qismi
quyidagilarga, ya’ni:
– duduqlanuvchilarning nutq tempi va ritmini normallashtiruvchi, nutqida
umumiy nuqsonlar mavjud bo‘lgan bolalarning so‘z boyligini o‘stiruvchi (fe’l, ism
so‘zlar), dizartriyali bolalarda tovush talaffuzini avtomatlashtiruvchi turli korrreksion
yo‘nalishlarga;
– harakatni qo‘llar bilan, oyoqlar va so‘z ritmi bilan solishtirish uchun ma’lum
bir dinamik o‘lchovga;
– katta uzunlikdagi qatorga munosib harakatni tanlash qiynroq bo‘lganligi
uchun o‘rtacha
uzunlikdagi qatorga;
– harakatni namoyish etish uchun fe’lli leksikonning yetarliligiga;
– mexanik xarakatlarni bartaraf etish hamda matn bilan xarakat orasida
mantiqiy bog‘liqlikni tarbiyalash uchun lavhali qatorga yoki faoliyat yurituvchi
shaxsga ega bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari she’rlar, shug‘ullanuvchilarning yoshini,
nutq va
harakatlanish imkoniyatlarini hisobga olgan holda, tanlangan bo‘lishi lozim.
Nutq mashg‘ulotlarining barchasini ham harakatlanib turib yoki bir vaqtning
o‘zida she’r aytish bilan birga bajarib bo‘lmaydi. Bunday faoliyat nafas olishning
buzilishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli shug‘ullanuvchilarni
ikki guruhga
bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi: bir guruh harakatlarni bajarsa, ikkinchi guruh
matnni o‘qiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: