Mavzu:
Nafas olish, ovozni artikulyatsiyasini rivojlantirish uchun mashqlar
1.Tinglovchida logoritmik ta’sir vositalari haqidagi nazariy bilimlarni
mustahkamlash.
2.Tinglovchida logoritmik vlsitalarni qo‘llash orqali nutq buzilishlarni bartaraf etish
ososida amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish.
3. O‘z fikrini erkin bayon etish va bildirish jarayonini tashkil qilish;
4. Guruhlarda ishlash qobiliyatini rivojlantirish.
Adabiyotlar
1.
1M.A.Povalyaeva
“Korreksionnaya
pedagogika
vzaimodeytsviya
spetsialistov”. Rostov – na Donu. “Feniks” 2002 yil. “Katta guruxlardagi
dizartrik bolalarda logoritmik mashg‘ulotlar”..
2.
G.A.Volkova “Logopedicheskaya ritmika”. Moskva “Prosvesheniya” 1985
y.
3.
L.S.Volkova “Logopediya”. M – 1989 y.
4.
S.N.Sazanova. razvitiya rechi doshkolnikov s obo‘im nedorazvitiem rechi.
Iz – vo akademiY. M – 2003 y.
5.
Logopedik ritmika mashg‘ulotlari. Maktabgacha tarbiya bolalar uchun.
Toshkent 2009 y.
Nafas olish, ovoz va artikulyatsiyani rivojlantirish mashqlari
Mashqlar logopedik ishlarning bosqichlari va vazifalari bilan to‘la muvofiq
ravishda olib boriladi. Ular katta miqdorda korreksion kursning boshida
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga kiritiladi. Nutqiy buzilishni muvaffaqiyatli bartaraf
etish darajasida korreksion kursning o‘rtasi va oxirida ularning miqdori qisqaradi,
biroq logoritmik va logopedik materialda vorislik bo‘lishi kerakligi uchun olib
tashlanmaydi.
Mashqlardan maqsad – nutqiy apparatning ustki bo‘limlari faoliyatini
me’yorlashtirishga yordamlashishdir.
Nafas olishni rivojlantirish mashqlari diafragmal nafasning to‘g‘rilanishini,
nafas chiqarishning davomiyligi, uning kuchi va ketma-ketligini ishlab chiqishga
yordamlashadi. Ularni qo‘l (yuqoriga – pastga, yuqoriga – har tomonga, yuqoriga –
belga, yuqoriga – boshga va h.k.), tana (o‘ngga – chapga, oldinga egilish, doirali
aylanishlar), bosh (elkaga, ko‘krakka, doirali aylanishlar) harakatlari bilan
uyg‘unlashtirish mumkin. Masalan, oyoq uchiga ko‘tarilib, qo‘llarni yuqoriga
ko‘tarish – nafas olish, tovonga to‘la tushish, qo‘lni belga qoyish – nafas chiqarish.
Tanani o‘ngga burish, qo‘llarni elka darajasida, shuningdek, o‘ngga olish – nafas
olish, dastlabki holatga qaytish: tana – to‘g‘ri, qo‘llar pastga tushirilgan – nafas
chiqarish. Boshni baland ko‘tarish – nafas olish, uni sekin ko‘krakka tushirish – nafas
chiqarish.
Ovoz bilan ishlash undosh va unli tovushlarni talaffuz etish bilan boshlanadi.
Mashqlar musiqiy kuzatuv va ularsiz olib boriladi. Unli tovushlar ovoz balandligida
o‘zgarish bilan kuylanadi. Agar bu mashqlar tezda uddalanmasa, ovoz balandligida
o‘zgarishga erishi uchun “miyovlash” yoki “guvillash” dan (mushukning ovoziga,
paroxodning gugulashiga taqlid sifatida) foydalanish mumkin. Ovozning kuchi
musiqiy akkompanentning tegishli kuchlanishi yoki zaiflashishi bilan unlini ancha
baland yoki ancha sokin ovoz bilan talaffuz qilishda tarbiyalanadi. Ovoz
jarangdorligining cho‘ziqligi nafas chiqarishning davomiyligiga bog‘liq. Ovozning
o‘tkirligini tarbiyalash uchun melodeklamatsiya foydalidir: musiqa mos tushuvchi
savolli, undovli, majburlaydigan va boshqa intonatsiyali she’rlarni (kattalar uchun esa
prozali matnlarni ham) o‘qish.
Diksiya ustida ishlash nafas, ovozli va artikulyatsiya mashrqlari yordamida
olib boriladi. Shug‘ullanuvchilar avval ritmik musiqa yoki pedagog hisobi ostida
unlini tilsiz artikulyatsiyada bor qatorda 2, 3, 4 ta unlini alohida va bir qatorda
ifodalaydilar, keyin shivirlab va qattiq talaffuz etadilar. Keyin nafas chiqarishda
bo‘g‘inlar [“p”], [“t”], [“k”], [“f”], [“sh”] (“pa-po-pu-pi” “paf-pof-puf-pif va h.k.)
tovushi bilan shivirlab va baland talaffuz qilinadi, to‘rt qatorli she’rlar, maqollar,
matallar nutqning zarbi va tempi almashgan holda talaffuz etiladi.
Korreksion kursning o‘rtasida nafasli, ovozli va artikulyatsion mashqlarga
harakatli oyinlar, dramatik oyinlar, yurishda sekinlashish bilan, chapak, hisob,
kuylash bilan mashqlar qo‘shiladi. Vokallarni – so‘zsiz ohanglarni kuylash foydalidir.
Unlilar [«u»], [«o»], [«a»], [«i»] ketma-ketlikda kuylanadi. Keyin gammalar
kuylanadi, bog‘li kuylashning boshqa turi – tovushning notani yuqoriga yoki pastga
sirg‘alishi bilan jarangdorligi tovushni egiluvchanligi, balandligini rivojlantirish
uchun kiritiladi.
Ovoz diapazonini rivojlantirish zarur. Jarangdor ovozda yuqori (2000-3000
Gts) va past (700-800 Gts) chastotalarda ifodalangan. Yuqori formantlar (2300-2700
Gts) darajasini oshirish jarangdorlikning kuchi va uchuvchanligini ko‘taradi.
Mashqlarni unli bilan [«m»], [«n»] tovushlarini talaffuz qilish bilan boshlash kerak.
Ovoz o‘rta registrda, bitta tonallikda: mmummommemmimmamm taraladi. Keyin:
sonorli undoshlarda [“m”], [“n”] ovozning ko‘tarilishi va tushishi so‘z va iboralarni
talaffuz qilishda pauza bilan hamda pauzasiz. Masalan, “Ayiqcha” inssenirovkasida
niqob taqqan ikkita bola uchinchisi – ona ayiqdan “Oyiii, sut bersangiz bo‘lardi
bizga” deb so‘raydilar. Ona ayiq javob qiladi: “Sizlarga qancha bersa ham kamm”.
Ayiqchalar qochib ketadilar va qaytib o‘z iltimoslarini yuqori registrda takror
kuylaydilar, ona ayiq mushti bilan tahdid qiladi va past registrda “Mana sizga mennn”
deb javob qiladi.
Nafas, ovoz va artikulyatsiyani tarbiyalash boyicha mashg‘ulotlarda
ekspressiv boyalgan, insonning hissiyotlari, ixtiyoriy ta’sirchanligini – shodlik,
og‘riq, g‘azab, qo‘rquvni ifodalovchi undov so‘zni talaffuz qilish va kuylash
qo‘shiladi “A! O! Ax! Ox! Ux! Oy! Ay-ay-ay!” va h.k. Keyin undov so‘z: unda
musiqiy boyoq turlicha: musiqaga muvofiq minor yoki major bo‘ladigan qilib
tanlangan she’rga qo‘shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |