83
10% miqdorida, ammo eng kam oylik ish haqining 3 baravaridan ortiq bo’lmagan
miqdorda jarima to’laydilar.
Neustoyka (jarima, penya) to’langanligidan qat’iy nazar, shartnoma
majburiyatlarini buzgan taraf ikkinchi tarafga shu zarar oqibatida o’zi etkazgan zarar
qismini ham qoplaydi.
Shartnoma tuzish amaliyotida xo’jalik sudlari qo’yidagi kamchiliklarni
yuzaga chiqarganlar:
1)
yuqoridan ko’rsatma kutib ishlash xollari;
2)
ma’suliyatni to’la xis etmaslik;
3)
imzo chekish va muxr bosishda e’tiborsizlik, namunaviy shartnoma
shakllarini
shundayligicha, xo’jaliklarning xususiyatlarini hisobga olmay
qabul qilish;
4)
ba’zi bir xo’jaliklarda shartnomaning tegishli bandlari to’ldirilmay qoladi;
5)
shartnomada mahsulot bahosini belgilashda ba’zi mutassaddi rahbarlar
xo’jaliklari tomonidan maxsulot ishlab chiqarish harajatlarini aniq va to’g’ri
hisob-kitob qilmaslik;
6)
tomonlarning, ayniqsa iste’molchining mulkiy
javobgarligini belgilovchi
normalarni (talablarni) shartnomaga kirmay qolishi, va shartnoma shartlari
buzilgan hollarda ularni qo’llanmasligi hollari;
7)
etishtirilgan mahsulot uchun hisob-kitob ishlarini o’z vaqtida emas,
balki
kechiktirib mavsum ohirida, tomonlar o’rtasida solishtirish dalolatnomasi
tuzilgach amalga oshirish;
8)
shartnomada mahsulotni sotish bahosini to’g’ri ko’rsatmaslik;
9)
avans pulini to’lash, maxsulotni etkazib berish va xaq to’lash
muddatlari
belgilanmay qoladi;
10)
shartnomada majburiyatni bajarmaganlik uchun tomonlar o’rtasidagi
moddiy javobgarlik choralari nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Shuni
ham aytish kerakki, faqat moddiy javobgarlik bilan cheklanib qolingan
holos. Masalan, go’sht tayyorlab chiqaruvchi xisssadorlik jamiyati
84
mahsulotni o’z vaqtida topshirmasa 25% jarima to’lashi,
tayyorlovchi
tomon esa atigi 5% jarima to’lashi belgilangan;
11)
shartnoma tuzishda ayrim xo’jalik rahbarlari, shartnomani o’zlari emas,
balki boshqa shaxslarga imzolatib, korxona muxri bilan tasdiqlaydilar;
12)
ayrim tuman xo’jaliklarida kontraktatsiya shartnomasini
tuzishga yuzaki
qaraladi, bu muhim qonuniy hujjat nomigagina tuziladi (bir kunda);
13)
kontraktatsiya shartnoma majburiyatlari bajarilmagan hollarda javobgar
shaxslarga nisbatan da’vo arizalari bilan xo’jalik sudiga murojat
qilmaydigan hollar ko’p. Bu esa shartnomaga imzo chekuvchi xo’jalik
rahbarlarining o’z huquqlarini yaxshi bilmasliklarini ko’rsatadi.
14)
Ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchiloar o’rtasida shartnomalarni
tuzishda ko’plab xo’jalik rahbarlari. Bozor
qonunlarini, shartnomalarni
tuzish va majburiyatlarini bajarishga tegishli bo’lgan qonun va me’yoriy
hujjatlarni yaxshi bilmaganliklari.
Do'stlaringiz bilan baham: