284
oshirishi lozim. Shunga qaramasdan, audit bog’liq tomonlar o’rtasidagi
barcha
operatsiyalarni aniqlab berishini kutish mumkin emas.
200-XAS “Moliyaviy hisobot auditini tartibga soluvchi umumiy tamoyillar
va uning maqsadi”da qayd etilganidek, muayyan vaziyatlarda moliyaviy
hisobotning alohida tasdiqlari bo’yicha xulosa chiqariladigan engil dalillarning
ishonchliligiga ta’sir ko’rsatishi ehtimoli bor cheklovlar mavjud. Bog’lik tomonlar
to’g’risida ma’lumot to’liq yoritilganligi haqida moliyaviy hisobotning tasdiqlari
yuzasidan noaniqlik
darajasini hisobga olgan holda, xalqaro standartda bayon
etilgan muolajalar, har qanday solishtirilgan auditorlik vaziyatlar mavjud
bo’lmagan holda, bunday tasdiqlar yuzasidan quyidagi etarli bo’lgan tegishli
auditorlik dalillarini taqdim etadi:
(a)
noto’g’rilik tavakkalchiligini odatda kutilayotgandan yuqoriga
oshiradigan;
(b)
bog’liq tomonlar yuzasidan muhim noto’g’rilik
vujudga kelganligiga
qo’rsatadigan.
Qaerdadir bunday vaziyatlar mavjudligi to’g’risida qandaydir belgilar
bo’lsa, auditor ushbu vaziyatlarda o’rinli bo’lgan modifikatsiyalashtirilgan,
kengaytirilgan yoki qo’shimcha muolajalarni amalga oshirishi lozim.
Rahbariyat bog’liq tomonlar solishtirilishi va ular to’g’risida ma’lumot
yoritilishi va bunday tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar yuzasidan mas’uliyatga
ega. Bunday mas’uliyat rahbariyatdan hisob yozuvlarida bog’liq tomonlar
o’rtasidagi operatsiyalar tegishli solishtirilganligi va moliyaviy hisobotda
yoritilganligini ta’minlovchi buxgalteriya hisobi va ichki nazoratning mos
tizimlari tadbiq etilishini talab qiladi.
Auditor sub’ekt va tarmoq faoliyati to’g’risida
moliyaviy hisobotga muhim
ta’sir ko’rsatadigan hodisalar, operatsiyalar va amaliyotni solishtirish imkoniyatini
beradigan bilimlar darajasiga ega bo’lishi lozim. Bog’liq tomonlar va bunday
tomonlar o’rtasida operatsiyalar mavjudligi, odatda, biznesning o’ziga xos tavsifi
kabi qaralsa ham, auditor ularga alohida e’tiborini qaratishi lozim, chunki:
285
(a)
moliyaviy hisobotni taqdim etish bo’yicha kontseptual asoslar,
moliyaviy hisobotda bog’liq tomonlar va operatsiyalar bo’yicha muayyan o’zaro
bog’liqliklar yoritilishini talab qilishi mumkin;
(b)
bog’liq tomonlar yoki bog’liq tomonlar o’rtasida operatsiyalar
mavjudligi moliyaviy hisobotga ta’sir etishi mumkin. Masalan, sub’ektning
soliqlar to’lash bo’yicha majburiyatlari
va xarajatlariga, bog’liq tomonlar mavjud
bo’lganligida alohida ko’rib chiqishni talab qiluvchi turli yurisdiktsiyalar bo’yicha
soliqqa oid qonunchilik ta’sir ko’rsatishi mumkin;
(v)
auditorlik dalilining manbai unga auditor tomonidan beriladigan
bahoga ta’sir ko’rsatadi. Bog’liq bo’lmagan uchinchi tomonlardan olingan yoki
ular tomonidan tayyorlangan auditorlik dalillar ishonchlilikning katta darajasiga
ega bo’lishi mumkin;
(g)
bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalar nafaqat oddiy ishga oid
mulohazalar bilan, balki, masalan, foydani taqsimlash
yoki tovlamachilik bilan
ham asoslanishi mumkin.
Auditor direktorlar va rahbariyat tomonidan taqdim etilgan barcha ma’lum
bog’liq tomonlar nomini aniqlab beruvchi ma’lumotlarni sharhlashi va ushbu
ma’lumot to’liqligi yuzasidan quyidagi muolajalarni bajarishi lozim:
(a)
ma’lum bo’lgan bog’liq tomonlarning nomini aniqlash uchun oldingi
yil bo’yicha ishchi hujjatlarni sharhlash;
(b)
bog’liq tomonlarni solishtirish bo’yicha sub’ekt muolajalarini
sharhlash;
(v)
direktor va mansabdor shaxslarning boshqa sub’ektlar bilan aloqasi
to’g’risida so’rovnoma o’tkazish;
(g)
asosiy aktsiyadorlar nomlarini olish uchun aktsiyadorlar bo’yicha
yozuvlarni sharhlash yoki, lozim bo’lsa, qimmatli qog’ozlar ushlab turuvchilari
reestridan asosiy aktsiyadorlar ro’yxatini olish;
(d)
aktsiyadorlar va direktorlar kengashi majlislarining
bayonnomalari
hamda direktorlarga tegishli bo’lgan ishtirok etish ulushi reestrlari kabi boshqa
tegishli belgilangan yozuvlarni sharhlash;
287
muayyan buyurtmachilar yoki mol etkazib
beruvchilar bilan amalga
oshirilgan operatsiyalarga nisbatan yirik yoki muhim operatsiyalar;
beminnat boshqaruv xizmatlarini olish yoki taqdim etish kabi hisobga
olinmagan operatsiyalar.
Audit paytida auditor bog’liq tomonlar o’rtasidagi operatsiyalarni
solishtirish imkoniyatini beradigan muolajalarni bajaradi. Ushbu muolajalarga
misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: