Х.Л.билан олдиндан жиноий тил бириктириб Учтепа туманида жойлашган Фарход деҳқон бозори ҳудудида ўзининг ховлисида етиштирган 5 қоп сабзиларни сотиш учун олиб келган. фуқаро Э.га дўқ қилиб фақат унга сабзиларни сотиш учун беришга ёки улуш беришга мажбурлаб, бўлмаса бозорда сабзиларни соттирмаслиги хақида қўрқитиб Э.га тегишли 5 қоп сабзиларни олиб қўйиб сабзиларни сотиб юбориб хар бир қоп сабзидан 2 000 сўм жами 10 000 сўм миқдорда улуш олиб қўйиб Э.га жами 10 000 сўм миқдорда моддий зарар етказган. Шунингдек улар фуқаро О.ни сотиш учун олиб келган 2 қоп 100 кг сабзиларни анча арзон нархда унга беришини талаб қилиб ушбу сабзиларни олиб қўймоқчи бўлганида О йиғлаб шовкин қўтариб бошқа фуқароларни ўзига жалб қилганлиги учун Х. ва Л.лар ўз харакатларини охирига етказа олмаган ва вокеа жойидан яширинган. Улар фуқаро Т.сотиш учун олиб келган 5 қоп жами 250 кг сабзиларни мажбурлаб у сотиб олишини ва анча арзон нархда беришини кўркитиб талаб килганда Т. 5 қоп 250 кг сабзиларни унга арзон нархда беришга бош тортганида унинг соғлигига ўртача оғирлоикдаги тан жарохати етказган. Айбдор шахсларнинг харакатларин квалификация қилинг.
30.04.1999 yildagi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMINING
QARORI
O‘ZGALAR MULKINI O‘G‘RILIK, TALONCHILIK VA BOSQINCHILIK BILAN TALON-TOROJ QILISH JINOYAT ISHLARI BO‘YICHA SUD AMALIYOTI TO‘G‘RISIDA gi qaroriga asosan Tovlamachilik harakatlari sifatida quyidagilar mustahkamlab qo‘yilgan:
Aybdor, jabrlanuvchi va boshqalarning ko‘z oldida o‘zganing mulkini egallab olayotganligini va ular uning harakatlarining jinoiy xususiyatini tushunganligini anglaganda, o‘zganing mulkini oshkora talon-toroj qilish talonchilik hisoblanadi.
Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qilmishni tavsiflashda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
zo‘rlik ishlatib talonchilik qilish nafaqat hayot yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan aniq zo‘rlik ishlatilganda, balki shunday zo‘rlikni ko‘llash bilan qo‘rqitgganda ham, mavjud bo‘ladi;
zo‘rlik yoki uni qo‘llash bilan qo‘rqitish mulk ixtiyorida, tasarrufida yoki qo‘riqlovida bo‘lgan shaxsga nisbatan, shuningdek, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq egalik qilishga qarshilik qiluvchi shaxslarga nisbatan ham qarshi yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin;
hayoti yoki sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik deganda, yengil tan jarohati yetkazishni tushunish lozim. Bunday zo‘rlik jabrlanuvchiga jismoniy azob beruvchi yoki uning erkinligini cheklab qo‘yuvchi harakatlarda ifodalanishi mumkin.
Tovlamachilikni bosqinchilik va talonchilikdan farqlashda tovlamachilikda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish mulkni zo‘rlik ishlatayotgan vaqtda emas, balki kelajakda ko‘lga kiritishga qaratilishiga e’tibor berish lozim. Agar qo‘rqitish amalda ishlatilsa, qilmish JKning tovlamachilik haqidagi moddasi bilan va asoslar bo‘lganda qo‘rqitish amalga oshirilayotganda sodir etilgan harakat uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddasi bilan ham tavsiflanishi lozim
Do'stlaringiz bilan baham: |