asosiy
prinsiplari.
Ekologik
ekspertizaning
asosiy
prinsiplari
quyidagilardan iborat:
- qonuniylik;
- xolislik;
- asoslilik;
- ekologik xavfsizlik talablarini hisobga olishning
majburiyligi;
814
- har qanday rejalashtirilayotgan xo‘jalik va boshqa
xil faoliyatning ehtimol tutilgan - ekologik xavflilik
prezumpsiyasi;
- xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning atrof tabiiy
muhitga va fuqarolar sog‘lig‘iga ta’sirini baholashning
kompleksliligi.
Ekologik ekspertizaning oshkoraligi.
Ekologik
ekspertiza buyurtmachilari uni o‘tkazish to‘g‘risida
ommaviy axborot vositalarida e’lon berishlari mumkin.
Bunday holda ekologik ekspertiza tugallangan kundan
boshlab bir oy ichida uning natijalari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar e’lon qilinadi. Davlat ekologik ekspertizasi
o‘tkazilishi to‘g‘risidagi e’lon va uning natijalari
to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida
berilishi shart bo‘lgan ob’ektlarning ro‘yxati qonun
hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Ekologik ekspertiza
ekspertining
mustaqilligi.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisi yoki boshqa manfaatdor shaxslarning
ekologik ekspertiza ekspertining faoliyatiga aralashuviga
yo‘l qo‘yilmaydi.
815
Ekologik ekspertiza buyurtmachisining huquqlari.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi quyidagi huquqlarga
ega:
- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari bo‘yicha
maslahatlar va zarur uslubiy yordam olish;
- ekologik ekspertiza ekspertlariga ekologik
ekspertiza ob’ektlari xususida takliflar, mulohazalar,
tushuntirishlar va ekologik audit natijalarini taqdim
etish;
- qo‘shimcha ekologik ekspertiza o‘tkazish
to‘g‘risida iltimos qilish;
- ekologik ekspertiza o‘tkazilishining borishi
haqida axborot olish.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisi
qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega
bo‘lishi mumkin.
Ekologik
ekspertiza
buyurtmachisining
majburiyatlari.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi:
- ekologik ekspertiza uchun materiallarni qonun
hujjatlari talablariga muvofiq taqdim etishi;
816
- davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi uchun
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda haq to‘lashi;
-
davlat
ekologik
ekspertizasi
xulosasida
ko‘rsatilgan talablarni bajarishi shart.
Ekologik ekspertiza buyurtmachisi zimmasida
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham
bo‘lishi mumkin.
Ekologik ekspertizani moliyalash.
Davlat ekologik
ekspertizasini
va
ekologik
auditni
moliyalash
buyurtmachining
mablag‘lari
hisobidan
qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Jamoat ekologik ekspertizasini moliyalash nodavlat
notijorat tashkilotlarining yoki fuqarolarning o‘z
mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi ob’ektlari
. Davlat
ekologik ekspertizasi ob’ektlari quyidagilardan iborat:
- davlat dasturlarining, konsepsiyalarining, ishlab
chiqarish kuchlarini, iqtisodiy va ijtimoiy soha
tarmoqlarini
joylashtirish
hamda
rivojlantirish
sxemalarining loyihalari;
817
- barcha turdagi qurilishlar uchun er uchastkalarini
ajratish materiallari;
- loyiha oldi va loyiha hujjatlari;
- tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog‘liq,
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni tartibga soluvchi
normativ-texnik va yo‘riqnoma-uslubiy hujjatlarning
loyihalari;
- texnika, texnologiya, materiallar, moddalar,
mahsulotlarning yangi turlarini yaratishga doir hujjatlar;
- atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga
salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ishlab turgan korxonalar va
boshqa ob’ektlar;
- keyinchalik ularga muhofaza etiladigan tabiiy
hududlar, favqulodda ekologik vaziyat va ekologik ofat
zonalari maqomini berish maqsadida o‘tkazilgan
hududlarni kompleks tekshirish materiallari;
- shaharsozlik hujjatlarining barcha turlari;
- maxsus huquqiy rejimli ob’ektlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |