9-MAVZU: EKOLOGIYANING HUQUQIY
ASOSLARI.
Reja:
1. Ekologiya huquqi, uning predmeti va ob’ekti.
2. Ekologik tizim tushunchasi.
3. Ekologik javobgarlik tushunchasi.
4. Ekologik ekspertizaning xuquqiy asoslari.
801
5.
Texnologiya
va
texnikaning
ekologik
ekspertizasi.
Tayanch iboralar:
ekologiya huquqi, ijtimoiy
ekologiya, inson ekologiyasi, ekologik ekspertiza, tabiiy
resurslar,
ekotizim,
ekologik
xamkorlik,
biomahsuldorlik, ekologik javobgarlik, ekologik zarar.
Ekologiya huquqi, uning predmeti va ob’ekti
Ekologiya huquqi O’zbekiston huquq tizimining
yaxlit tormog’i hamda hozirgi va kelajak avlod
manfaatlari yo’lida jamiyat, tabiat va insonning o’zaro
ta’siri sohasidagi ijtimoiy (ekologik) munosabatlarni
huquqiy jihatdan tartibga soladi.
«Ekologiya» so’zi (grekcha «osos» — uy, turar joy
hamda «1ogos» — ta’limot) inson yashaydigan uy, joy
to’g’risidagi ta’limotni bildiradi. «Ekologiya» so’zini
birinchi bo’lib nemis olimi Ernest Gekkel’ 1866 yilda
ilmiy muomalaga kiritgan va ushbu termin uzoq vaqt tor
doirada, ya’ni biologiya fanida qo’llanib kelgan, XX
asrning ikkinchi yarmidagana boshqa mamlakatlarda
ham ommalashgan. Umumiy ekologiya tarkibida uning
802
eng muhim qismi bo’lmish jamiyatning uni o’rab turgan
tabiiy muhit bilan o’zaro ta’siri haqidagi ta’limot —
ijtimoiy ekologiya ajralib chiqqan.
Ijtimoiy ekologiyaning tarkibiy qismini jamiyat va
tabiatning
o’zaro
ta’siri
sohasidagi
ijtimoiy
munosabatlarni tartibga soluvchi normalar majmui
bo’lgan huquqiy ekologiya tashkil etadi.
Ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy
normalarni o’z ichiga olgan normativ huquqiy hujjatlar
ekologik huquq manbalari sifatida tan olinadi.
Ekologiya huquqi manbalariga qonunlar, farmonlar,
qarorlar va farmoyishlar, vazirlik va idoralarning
normativ hujjatlari kiradi.
«Atrof tabiiy muhit» tushunchasi «tabiat» va
«insonni o’rab turgan muhit» tushunchalaridan tashkil
topgan. Amaldagi (milliy va xalqaro) qonunlarda «tabiiy
muhit» moddiy dunyo tadrijiy rivojlanishining oqibati va
tabiiy ekologik tazimlardan tashkil topgan ob’ekgiv
voqelik sifatida tushuniladi. Tor ma’noda bu — inson
yashaydigan, kam tegilgan va insonning xo’jalik
803
faoliyati bilan amalda o’zgarmagan tabiiy yashash
muhiti. Insonni o’rab turgan muhit deganda, tabiiy
muhitning inson faoliyati jarayonida o’zgartirilgan qismi
tushuniladi.
Xar bir fan sohasida ijtimoiy munosabatlarni
tartibga solish jarayonida o‘z yo‘nalishlari ya’ni
tamoyillariga ega bo‘lib, o‘z navbatida xar bir fan
soxasining maqsad va vazifasidan kelib chiqadi.
Ekologiya xuquqining tamoyillari tabiat jamiyat
tizmidagi o‘zaro munosabatlar yo‘nalishi chegaralarini
belgilab berishda ekologik xuquqiy mexanizmning
barqarorligini kafolatlashda va qonunchilik qoida
talablarining ekologik munosabatlarini tartibga solish
tartibini belgilashda muxim axamiyatga egadir. Bizga
ma’lumki ekologiya xuquqi tabiat bilan jamiyatning
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni xuquqiy tartibga
soladi. SHu jumladan tabiatning inkor etib bo‘lmaydigan
qonuniyatlari va xarakatlarining tartibga soluvchi davlat
qonunlari mavjud. Ekologik xuquqiy tamoyillarning
asosiy vazifasi shundan iboratki qonuniyatlarning
804
ustuvorligini tan olgan xolda jamiyat a’zolarining
tabiatga bo‘lgan xarakatlarni ilmiy asoslangan xolda
yo‘naltirishdan iborat. Tabiat va jamiyat o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar juda xilma – xil bo‘lganligi uchun
ekologiya xuquqining tamoyillarini qo‘yidagicha
bo‘lishimiz mumkin.
1.
Davlat va xuquqning umumiy tamoyillari.
2.
Atrof tabiiy muxitni muxofaza qilishga oid
tamoyillar.
3.
Tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga
qaratilgan tamoyillar.
Ekologiy xuquqi tizimining soxasi sifatida
ekologiya munosabatlarni tartibga solishda davlat va
xuquqning quyidagi tamoyillaridan foydalaniladi.
•
Qonuniylik
•
Ijtimoiy, adolat.
•
Oshkoralik.
Do'stlaringiz bilan baham: |