Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus
vakolatli davlat organi.
Davlat ekologik ekspertizasi
818
sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston
Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish
davlat qo‘mitasi:
- davlat ekologik ekspertizasini tashkil etadi va
o‘tkazadi;
- davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi,
shuningdek ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va
yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va
tasdiqlaydi;
- davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga
ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi;
- davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini
ololmagan ob’ektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash
va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish
(tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa
kredit tashkilotlariga yuboradi;
- davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro
etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
819
- ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari
yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish
tashkilotlari
hamda
xalqaro
tashkilotlar
bilan
hamkorlikni amalga oshiradi;
- qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni
amalga oshiradi.
Davlat
ekologik
ekspertizasini
o‘tkazishda
qo‘yiladigan talablar.
Davlat ekologik ekspertizasini
o‘tkazishda:
- taqdim etilgan materiallarning tabiatni muhofaza
qilish to‘g‘risidagi qonun xujjatlariga muvofiqligi
tekshiriladi;
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik va ijtimoiy
oqibatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va
to‘liqligi tahlil qilinadi;
-
biologik,
kimyoviy
moddalar
va
texnologiyalarning atrof tabiiy muhitga ta’sirini
baholashning asosliligi tekshiriladi;
820
- rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan
xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish
oqibatlarining
ekologik
xavfliligi
darajasini
baholashning to‘g‘riligi tekshiriladi;
- ekologik xavfsizlik talablarini ta’minlashga doir
chora-tadbirlarning etarliligi va asosliligi aniqlanadi;
- ekologik normativlar loyihalarining asosliligi
tekshiriladi.
Davlat ekologik ekspertizasi xulosasini ijro
etishning majburiyligi.
Davlat ekologik ekspertizasining
xulosasi davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini
moliyalash va ro‘yobga chiqarishda yuridik va jismoniy
shaxslar tomonidan ijro etilishi majburiydir. Davlat
ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi bo‘lmay turib,
loyihalarning bank va boshqa kredit tashkilotlari
tomonidan moliyalanishi, shuningdek ularning ro‘yobga
chiqarilishi taqiqlanadi. Davlat ekologik ekspertizasining
davlat ekologik ekspertizasi ob’ektini ro‘yobga chiqarish
mumkin emasligi to‘g‘risidagi xulosasi bo‘lgan taqdirda,
buyurtmachi xulosadagi mavjud takliflarga muvofiq
821
loyiha maromiga etkazilishini ta’minlashi hamda
materiallarni davlat ekologik ekspertizasi uchun qayta
taqdim etishi yoxud rejalashtirilayotgan yoki amalga
oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatdan voz
kechishi shart.
Jamoat ekologik ekspertizasi.
Jamoat ekologik
ekspertizasi ekologik asoslanishi taqozo etiladigan har
qanday
faoliyat
sohasida
nodavlat
notijorat
tashkilotlarining va fuqarolarning tashabbusi bilan
amalga
oshirilishi
mumkin.
Jamoat
ekologik
ekspertizasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilish
taqiqlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi davlat
ekologik ekspertizasi o‘tkazilishidan qati nazar amalga
oshirilishi mumkin. Jamoat ekologik ekspertizasining
xulosasi tavsiya xususiyatiga ega.
Ekologik audit.
Ekologik audit — ekologik
auditorlar (firmalar) tomonidan qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda va shartlarda o‘tkaziladigan, atrof
tabiiy muhit holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan, ishlab
turgan korxonalar va boshqa ob’ektlarni mustaqil
822
ekologik ekspertiza qilishdir. Ekologik audit xo‘jalik va
boshqa xil faoliyat ob’ekti mulkdorining qaroriga binoan
o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |