Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

emotsional munosabat
tug‘ilgandan va o‘z jinsiga dastlab-
ki ko‘nikishdan so‘ng, bolada yangi ijtimoiy muhit shakllana-


368
di, ya’ni kattalar talablariga javob berishga va tan olinishga in-
tilish paydo bo‘ladi. Ma’naviy his va vijdon hurmat qozonishga 
intilishning ijobiy tarafidir. Odamlarning kundalik munosabat-
larida vijdon «kerak» so‘zi bilan izohlanadi. Tarbiya orqali insoni-
yat ma’naviy madaniyatini yuqori yutug‘i bo‘lgan mukammallik 
tuyg‘usi aniq bir shaxsning yutug‘iga aylanadi. Shaxsning axloqiy 
shakllanishini bola egallayotgan bilimlar; atrofdagi odamlar bi-
lan muloqot paytida o‘zlashtirilgan axloqiy xulq odatlari, odam-
lar bilan o‘zaro aloqa paytida yutuq va yo‘qotishlarni birga emot-
sional boshdan kechirishlar tashkil qiladi. Maktabgacha bo‘lgan 
davr mobaynida ong darajasi o‘zgaradi va buning oqibatida bola-
lar axloq qoidalarini bajarishni boshlaydilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalar qoidalarga amal 
qilishga ko‘nikadilar va ba’zida hattoki «tartibga ortiqcha
mehr» qo‘yadilar, qoidalarni kichik buzilishiga ham chiday ol-
maydilar. Maktab yoshiga yaqinlashganda esa odatdagi qoidaga 
rioya qilish ongli ravishda bajarishga aylanadi. Bu davrda bola-
lar nafaqat o‘zlari qoidalarga bo‘ysuna boshlaydilar, balki boshqa 
bolalar ham ularga amal qilishlarini nazorat qiladilar.
Kichik va o‘rta bog‘cha yoshidagi bolalarda g‘urur va uyat-
chanlik rivojlanishi axloq namunalari va qoidalarini o‘zlashtirishda 
katta ahamiyatga ega. Bola o‘z harakatlarini kattalarning bergan 
bahosi va maqtovlari bilan muvofiqlashtirishga majbur bo‘ladi. 
Bu yoshdagi bola faqat kattalar tomonidan qo‘llab-quvvatla-
nish uchun emas, balki o‘z ijobiy fazilatlari (jasurlik, rostgo‘ylik, 
boshqalar bilan bo‘lishishga tayyorlik) uchun ham, g‘urur his-
sini tuyadi. U o‘z harakatini ijobiy baholanadigan namuna bilan 
o‘lchaydi, u bilan o‘xshashlik unga o‘zi bilan g‘ururlanishga asos 
bo‘la olishini tushunadi.
Uyatchanlik bolada kattalarni bolalikning ilk davrida uning 
ishlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri aralashishi tufayli orttiriladi. Maktab-
gacha yoshdagi bolada uyatchanlik boshqalar kutgandan yomon-
roq, aniqrog‘i qoidani buzish, ijobiy baholanadigan namunadan 
chetlashishdek, harakat qilganligini tushunib yetgan holda ham 
vujudga keladi. Bola o‘zida qo‘rqoqlik, qo‘pollik, qizg‘anchiqlik, 
qo‘rslik va hokazolar namoyon bo‘lishidan ham uyaladi. Kichik 
va o‘rta bog‘cha yoshida avvalgidek bolani kattalarga bog‘liqligi 


369
saqlanib qoladi. Katta odamning xulqi bola faoliyatining ham 
faollashishiga sabab bo‘ladi. 
Aniqlanishicha, katta yoshdagi odam bolani o‘ziga moyil qilol-
sa, uning yutuqlariga sherik va yo‘qotishlariga qayg‘udosh bo‘lsa, 
bola har doim o‘zini ruhan tetik his qiladi va hattoki omadsiz 
damda ham harakatga va qarshiliklarni yengib o‘tishga tayyor 
bo‘ladi. U kattalar bilan ijobiy aloqalar o‘rnatganda, ularga isho-
nadi, boshqa bolalar va kattalar bilan oson aloqaga kirishadi.
Katta yoshdagi odamning bolaga begonalarcha muomalasi 
uning ijtimoiy faolligini pasaytiradi, buning oqibatida bola o‘zi 
bilan o‘zi ovora bo‘lib qoladi, o‘zini erkin sezolmaydi, o‘ziga 
bo‘lgan ishonchi yo‘qoladi, yig‘lashga doim tayyor bo‘lib, teng-
doshlariga nisbatan tajovuskor bo‘lib qoladi. Aksariyat kattalar 
tomonidan begonadek qabul qilingan bolalar boshlagan ishlarini 
to‘xtatadilar, sust va befarq bo‘lib qoladilar. Bolalarni boshqa 
qismi, aksincha ish sur’atini oshiradi, lekin bunga qaramay ish-
ni samarasi past bo‘ladi. Katta yoshdagi odamning bolaga ochiq 
ko‘rsatayotgan salbiy munosabati unda odatiy reaksiyalarni kel-
tirib chiqaradi: bola yo begonalik to‘sig‘ini buzishga, katta odam 
bilan aloqa o‘rnatishga intiladi, yo o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib 
qoladi va muloqotdan o‘zini olib qochishga harakat qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, boshqa odam mehriga bo‘lgan 
tashnalik va biron odamga mehr berish istagi birinchi daraja-
li, juda ham zarur ehtiyoj hisoblanadi. Bolaning onaga bo‘lgan
mehri bu yo‘sinda alohida o‘rin egallaydi. Uning barcha ehtiyoj lari 
ona orqali amalga oshadi, chunki u bolaning quvonch, himoya 
hissi va emotsional xotirjamlik manbaidir. Bola onaning bevosi-
ta mehr ko‘rsatishiga muhtoj bo‘ladi va har qanday yo‘l bilan
uning e’tiborini tortishga harakat qiladi. Yosh bola ayniqsa ona-
siga yoki uning o‘rnini bosuvchi odamga bog‘liq bo‘ladi. Lekin, 
vaqt o‘tishi bilan, maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalar odamlar-
ga bog‘liqlik va ko‘pgina o‘ziga yaqin odamlarga nisbatan ehtiyoj 
seza boshlaydi. Kattalar bilan o‘zaro yaxshi aloqa o‘rnatish va uni 
saqlash bolaning ijtimoiy rivojlanishini belgilab beradigan yetak-
chi omil hisoblanadi. Bolaning kattalar bilan o‘zaro aloqasi ko‘p 
hollarda kattalar tomonidan unga nisbatan qilinadigan muoma-
laga bog‘liq bo‘ladi.


370
Kattalar tomonidan yaxshi emotsional muomala sharoitida 
bola o‘sha katta yoshli kishiga ishonch bilan qaraydi, o‘z faoliya-
tida muvaffaqiyatli bo‘lishga va o‘ziga tanish bo‘lgan odob-axloq 
qoidalariga amal qilishga harakat qiladi. Dilkashlik va xayrixoh-
lik bolada ijobiy xislatlarni vujudga kelishiga sharoit yaratadi. 
Undan uzoqlashish, jahldorlik va hattoki kattalarning ozgi-
na bee’tiborligi ham, bolani noxush hislardan qochishiga va o‘zi 
bilan o‘zi ovora bo‘lishiga olib keladi. Kattalarni begonalashishi 
quyidagi salbiy xislatlarni rivojlanishiga zamin yaratishi mumkin: 
odamovilik, tajovuskorlik, yolg‘onchilik, tilyog‘lamalik, lagan-
bardorlik va itoatkorlik. Bolaga ta’sir ko‘rsatishning emotsional 
munosabatlarini katta odam ehtiyotkorona tanlashi kerak. Bola-
ga ijobiy va salbiy ta’sir usuli bexosdan qo‘llanilishi kerak emas 
(katta yoshli odamning kayfiyatiga qarab), aksincha o‘ziga xos 
muomala quroliga aylanishi kerak. Ijobiy hislar muomala muhiti-
ni tashkil qiladi, begonalashish esa bolaning jiddiy xatosiga tan-
beh shaklida qo‘llanilishi lozim. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish