Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

O‘zaro baholar. 
Bolalar o‘z tengdoshlariga berayotgan baho-
lar dastlabki hollarda tarbiyachi bahosini oddiy takrorlanishidir. 
Uch-to‘rt yoshli bolalardan «Guruhda kim eng yaxshi bola?» 
deb so‘rashganda, «Lola, chunki u tez ovqatlanadi» yoki «Va-
li, chunki u aytganni qiladi» degan javobni beradi. Lekin sekin-
asta baholar ma’noga ega bo‘lib boradi. Har xil o‘yin turlarini 
biladigan, o‘rtoqlari bilan o‘yinchoqlarini bo‘lishadigan, zaif-


372
larni himoya qiladigan va hakozo bolalar ijobiy baholanadigan 
bo‘ladi.
To‘rt-besh yoshdan boshlab, bolalar uchun guruh bahosi ju-
da muhim bo‘ladi. Ular o‘zlarini tengdoshlari ma’qul topmay-
digan harakatlardan tiyishga va ijobiy munosabatga erishishga 
intiladilar. Bolalar bog‘cha guruhida har bir bola, tengdosh-
larini unga bo‘lgan munosabatini bildiruvchi, aniq o‘ringa ega 
bo‘ladi. Katta shuhrat qozongan ikki-uch bola ajralib turadi:
ular bilan ko‘plar do‘stlashishni, mashg‘ulotlarda birga o‘tirishni, 
ular ga o‘xshashni xohlashadi, ularning iltimoslarini mamnuni-
yat bilan bajarishadi, o‘yinchoqlarini bo‘lishishadi. Shu bilan bir 
qatorda tengdoshlari umuman suymaydigan bolalar ham topila-
di. Ular bilan kam gaplashishadi, o‘yinga qo‘shishmaydi, ularga 
o‘yinchoqlarini berishni xohlashmaydi. Bolalarning qolgan qismi 
bu ikki «qutb» orasida joy topgan. Bolani qanday qabul qilishlari-
ga sabab bo‘ladigan bir necha omillar mavjud: uning bilimi, aqliy 
rivoji, fazilatlari, boshqa bolalar bilan aloqa o‘rnata olishi, tash-
qi ko‘rinishi, jismoniy kuchi, chidamliligi va hokazo. Bola ning 
tengdoshlar guruhidagi o‘rni ular tomonidan qanchalar qabul qi-
linganini, qanchalar e’tirof etilish xohishi amalga oshgan yoki 
osh maganini ko‘rsatadi.
Bola shaxsining rivojlanishida irodaviy harakatlar va nutqning 
o‘rni.
Maktabgacha yosh davri o‘z xulq-atvorini, ichki va tashqi 
harakatlarini ongli tarzda boshqarish qobiliyati sifatida iroda ning 
tarkib topish davridir. Ta’lim-tarbiya jarayonida kattalar va teng-
doshlari ta’siri ostida bolada o‘z xatti-harakatlarini boshqa rish, 
maqsadga erishish ko‘nikmalari shakllanadi. Bunda bola yuza-
ga kelgan qiyinchiliklarni yengib o‘tishga harakat qiladi. Bola 
o‘z holatini, masalan, mashg‘ulotlarda tarbiyachi talab etganidek 
tinch o‘tirish, qimirlayvermaslik kabi harakatlarni nazorat qilish 
malakalarini egallaydi.
Bog‘cha yoshidagi bola o‘z idroki, xotirasi, tafakkurini boshqara 
boshlaydi. Agar 3 yoshli bolaga muzda sirpanchiq uchayotgan 
bolalar tasvirlangan rasmni ko‘rsatib, ulardan qaysi biri qo‘lqopini 
yo‘qotganligi so‘ralsa (bolalardan biri qo‘lqopsiz va qo‘lqop qor 
ustida yotgani tasvirlangan) bola bunga javob bermaydi. Masalani 


373
hal qilish uchun barcha rasmdagi figuralarni ketma-ket ko‘zdan 
kechirish lozim. Bolaning nigohi esa tartibsiz tarzda biridan ik-
kinchisiga sakrab ketadi, keyinchalik bola kattalar yordamida ix-
tiyoriy idrok qilishga o‘rganadi va shunga o‘xshash masalalarni 
muvaffaqiyatli yecha boshlaydi. Esda olib qolish va qayta esga tu-
shirish boshqariladigan jarayonga aylana boradi. To‘rt yoshga yet-
ganda bola o‘z oldiga kattalar topshirig‘ini yoki yoqimli she’rni es-
da olib qolish maqsadini qo‘ya oladi. To‘rt yoshli bolalarda aqliy 
faoliyatni boshqarish qobiliyati kuzatiladi. Masalan, boshqotir-
mani hal qilishda ular qismlarni bir butun, yaxlit qilib birlash-
tirishda sabr bilan turli xil variantlarni qo‘llab ko‘radilar, bunda
ular bir variantdan izchil tarzda ikkinchisiga o‘ta oladilar.
Bu yoshda xulq-atvorni ongli ravishda boshqarish shaklla-
na boshlaydi. Irodaviy harakatlar yuzaga kelishi bilan bir qator-
da ixtiyorsiz, impulsiv harakatlar ham saqlanib qoladi. Irodaviy 
harakatlar genezisiga murojaat qiladigan bo‘lsak, maktabgacha 
davr mobaynida irodaviy harakatlar ham ularning umuman xulq-
atvoridagi vazni ham o‘zgarib boradi. Kichik bog‘cha yo shida 
bolaning xulq-atvori deyarli butunlay impulsiv xatti-ha rakatlardan 
tashkil topsa, 4–5 yoshli bolalarda iroda namoyon qi lish kucha-
yadi, biroq xulq-atvorda ular katta o‘rin egallamaydi. Faqat katta 
bog‘cha yoshida bola nisbatan irodaviy zo‘riqishlarga qobil bo‘la 
boshlaydi. Shunday qilib, irodaviy harakatlarning yuzaga kelishi 
va rivojlanishi xarakterli bo‘lib, xulq-atvorda ularni qo‘llash soha-
si hamda egallagan o‘rni chegaralangan. 
Bola irodasining rivojlanishi maktabgacha yosh davri-
da yuz beradigan xulq-atvor motivlarining o‘zgarishi bilan uz-
viy bog‘langan. Bola uchun eng muhim bo‘lgan motivlar guruhi-
ning birinchi o‘rinda turishi shunga olib keladiki, bola qo‘yilgan 
maqsadga ongli tarzda erisha boshlaydi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar irodaviy harakatlarining rivoji-
da o‘zaro bog‘liq 3 ta tomonni ajratib ko‘rsatish mumkin. Bular:
1) harakatlar maqsadga yo‘nalganligining rivojlanishi;
2) harakatlar maqsadi va motivi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘-
liqligining o‘rnatilishi;
3) harakatlarni bajarishda nutqning boshqaruvchanlik roli-
ning o‘sishi.


374
Maktabgacha yosh davrida harakatlar maqsadga yo‘nal-
ganligining tarkib topishida vazifani bajarish jarayonidagi mu-
vaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik katta ahamiyat kasb etadi. Ular 
qiyinchiliklarni yengib o‘tish va maqsadni ushlab turish davomiy-
ligiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Maqsadga erishishdagi omad-
sizlik bolani unchalik tashvishlantirmaydi. 4–5 yoshli bolalarda 
esa omadsizlik ularni quyushqondan chiqaradi; faoliyat muvaffa-
qiyatli amalga oshirilayotgan bo‘lsa bolalar ishni oxirigacha yetka-
zishga intiladilar. Katta bog‘cha yoshidagi bolalar ham o‘zlarini 
shunday tutadilar. Hatto ularning ba’zilari ishga boshqacha mu-
nosabatda bo‘la boshlaydilar, nima bo‘lsa ham qiyinchiliklarni 
yengib o‘tishga harakat qiladilar, o‘z kuchlarini yana bir bor sinab 
ko‘rishlari uchun imkon so‘raydilar, yengilishdan bosh tortadi-
lar.
Bog‘cha yoshi davrida tarbiyachi ta’siri ostida bola o‘z harakat-
larini maqsaddan ancha yiroq motivlarga, xususan ijtimoiy xarak-
terdagi motivlarga (onasiga sovg‘a qilish) bo‘ysundirishga o‘rgana 
boshlaydi. Bola irodasiga qarama-qarshi motivlar to‘qnashish 
vaziyatlari alohida talablar qo‘yadi. Bola bo‘lishi mumkin bo‘lgan 
ikkita qarordan birini tanlashi zarur bo‘ladi. Ushbu vaziyatda 
motivlar kurashi ro‘y beradi va ulardan birining g‘alabasi bilan 
yakunlanadi. 3 yoshli bola xulq-atvori qarama-qarshi turtkilar-
ning to‘qnashuvi sababli yuzaga keluvchi ichki nizolar bilan xa-
rakterlanadi. Biroq bola ko‘pincha ongsiz, tanlovsiz, kuchliroq 
turtki ta’siri ostida harakat qiladi. Ular uchun tanlov vaziyati juda 
murakkab bo‘lib, bunday vaziyatga tushib qolgan bola biron-bir 
qaror qabul qilishga noqobil bo‘ladi. Tanlov vaziyatida, masalan, 
o‘yinchoqni tanlashda 4–5 yoshli bolalar o‘zlarini boshqacha-
roq tutadilar. U qo‘ lini goh u o‘yinchoqqa, goh bu o‘yinchoqqa 
cho‘zadi. Bunday holda juda sodda bo‘lsa ham motivlar kurashi 
yuzaga keladi, bola qaysi bir o‘yinchoqni olish haqida qarorga 
kelolmaydi. Tanlovga «ishbilarmonlik» bilan yondashuv, uzoq 
davom etmaydigan ikkilanishlar kuzatiladi. Bolalar o‘z tanlov-
larini asoslab, ayni vaqtda o‘zlarida yo‘q bo‘lgan va ega bo‘lishni 
xohlayotgan narsani oladilar. 
O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha bolalarida ko‘rinadigan ba’zi 
iroda sifatlari (qat’iylik, mustaqillik kabi) ko‘pincha epizodik xa-


375
rakter kasb etadi. Bu yoshdagi bolalar bajarayotgan ishlarida biron 
to‘sqinlik uchrab qolsa, o‘zlari mustaqil ravishda bartaraf qilish-
ga urinadilar. Lekin bu ishning ular uchun og‘irlik qilayotganli-
gi sezilib turadi. Shu sababli bunday to‘sqinliklar chiqib qolgan 
paytda ular kattalarni yordamga chaqiradilar. Uzoqroq davom 
eta digan to‘sqinliklarni yengishga bog‘cha yoshidagi bolalar-
ning sabrlari yetmaydi. Bajarayotgan ishlari ularni juda qiziqtirsa,
ular uzoq davom etadigan to‘sqinliklarni ham chidam bilan yen-
gishga harakat qiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivojla-
nishida ular nutqining tobora o‘sib borishi juda katta ahamiyatga 
ega. Tarbiyachilar va ota-onalar turli yoshdagi bolalarga og‘zaki 
suratda turli xil vazifalarni topshiradilar. Bolalar ayni chog‘dagi 
o‘yinlari yoki boshqa qilayotgan ishlarini qo‘yib, kattalarning top-
shirgan vazifalarini bajarishlari kerak. Ana shunday topshiriqlar 
berish orqali bolalarda ixtiyoriy harakatlarni o‘stirib borish mum-
kin. Lekin og‘zaki topshiriqlarni bog‘cha yoshidagi hamma bola-
lar ham bir xilda bajaravermaydilar. Masalan, kichik yoshdagi 
bog‘cha bolalari, ya’ni uch yoshli bolalar og‘zaki berilgan top-
shiriqlarni xotiralarida uzoq vaqt saqlab turolmaydilar. Ular top-
shiriqni tezda unutib qo‘yib, uning o‘rniga o‘zlari xohlagan ish 
bilan shug‘ullanadilar. Bunday holat ularni tashvishlantirmaydi 
ham. Nutq asosan o‘rta va katta guruh yoshidagi bolalar irodasini 
rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu yoshda bola lar 
topshiriqlarni ixtiyoriy ravishda bajarishda so‘z orqali tushuntirib 
berilgan usullarga rioya qilishga intiladilar.
Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarining rivoj-
lanishida o‘yin juda katta rol o‘ynaydi. O‘yin bolalar iroda-
sini o‘stiruvchi va mustahkamlovchi omillardan biridir. Bola-
lar o‘zlarining turli-tuman o‘yinlarida o‘z oldilariga ma’lum 
maqsadlarni qo‘yadilar, ba’zan uchrab qolgan to‘sqinliklarni 
yengib, ko‘zlagan maqsadlarni amalga oshirishga harakat qiladi-
lar. Bog‘cha yoshidagi bolalar irodaviy harakatlarini o‘stirish va 
mustahkamlashda rollarga bo‘linib o‘ynaydigan hamda qoidali 
o‘yinlarning ahamiyati g‘oyat kattadir. O‘yin qoidalariga rioya 
qilishda o‘z iroda kuchini ishga solishga to‘g‘ri keladi, chun-
ki bola o‘yin paytida o‘zining harakatlarini o‘ynovchilarning 


376
maqsadlari bilan moslashtirishi kerak. Kichik guruh bola-
lari esa buning uddasidan chiqa olmaydilar, ya’ni o‘yin qoi-
dalariga to‘la rioya qila olmaydilar. Shuning uchun ular qoida-
li o‘yinlarga qatnashganlarida juda sodda rollarni bajaradilar. 
Masalan, «poyezd» o‘yinida faqat yo‘lovchi (passajir) rolini 
o‘ynaydilar.
Katta bog‘cha yoshida aql bilan qaror chiqarish imkoniyat-
lari kengayadi, qaror qabul qilish ahamiyatli bo‘lgan motiv bilan 
belgilanadi. Bu esa o‘z-o‘zini boshqarishning rivojlanishi, vaziyat 
bilan bog‘liq istak, his-tuyg‘ular va ularning namoyon bo‘lishini 
jilovlash malakalari taraqqiyotiga olib keladi va bola irodasini 
mustahkamlaydi. 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish