Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

egostentrik nutq
deb yuritiladi. Katta yoshli bog‘cha 
bolalarida egostentrik, ya’ni o‘z-o‘ziga qaratilgan nutq tugallanib 
normal holga keladi.
Nutq o‘stirish mashg‘ulotlari.


346
Shunday qilib, asosiy aloqa vositasi bo‘lgan nutq bola psixika-
sining taraqqiyotida benihoya katta rol o‘ynaydi. Bog‘chada va 
oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim-tarbiya va xususan, bog‘chada 
ona tilidan o‘tkaziladigan maxsus mashg‘ulotlar tufayli bola nut-
qini normal o‘stirish mumkin. Bola bog‘cha yoshining oxir-
gi bosqichiga kelganda og‘zaki nutqning hamma turlaridan er-
kin foydalana oladigan bo‘ladi. Bola nutqining bundan keyingi 
taraqqiyoti maktabda, o‘qish jarayonida amalga oshiriladi.
Tarbiyachining nutqi
nutq talablariga rioya qilingan hol-
da bo‘lishi kerak. Ya’ni nutqning tushunarliligi, soddaligi, 
ta’sirchanligi, boyligi, ravonligi, sofligi, ifodaliligi, mazmun-
dorligi, aniqligi, chiroyliligi, to‘g‘riligi bilan ajralib turishi ke-
rak. Ba’zi tarbiyachilarning nutqi juda ta’sirchan bo‘ladi. Bun-
day tarbiyachilar nutqi his-tuyg‘u bilan sug‘orilgan bo‘lib, 
ular o‘zlari gapirayotgan gaplardan o‘zlari ta’sirlanadilar, ana 
shundagina bolalarga ham muayyan kayfiyatni «yuqtiradilar». 
O‘tkazmoqchi bo‘lgan mashg‘ulotiga tarbiyachining o‘zi qiziqi-
shi va uning o‘zida ham samimiy his-tuyg‘u hosil bo‘lishi shart. 
Tajribali bir pedagog yosh tarbiyachilarga shunday deydi: «Bola-
larga hikoyani shunday so‘zlab beringki, go‘yo o‘sha voqealarda 
o‘zingiz ham qatnashgandek bo‘ling…». Lekin hamma tarbi-
yachilar ham obrazga kirib hikoya yoki ertakni aytib bera ol-
maydilar. Ba’zi tarbiyachilarda esa nutq ancha ohista, ta’sirsiz, 
kam ifodali, qat’iy izchillikka rioya qilingan holda, dalilli va 
mantiqiy bo‘ladi. Bunday nutq biroz zerikarli bo‘lib bolalarni 
mashg‘ulotga diqqatini jamlab olishi qiyinroq kechadi. Bunday 
nutq yo‘naltirilgan yoki boshqacha aytganda undalma nutqdan 
iboratdir. 
Yana shunday tarbiyachilar ham borki, ularning nutqi emot-
sional ham, mulohazali ham emas, ammo bolalar ular nutqi-
ni yaxshi o‘zlashtiradilar. Bunday nutqlarda zo‘r ishonch kuchi 
yangraydi, gapirilayotgan gapga chuqur ishonch paydo qiluvchi 
kishining irodasi borligi sezilib turadi, o‘z bolalarida ixtiyorsiz
ishonch hosil qiladi. Tarbiyachi o‘z fikrlarini haqchanligiga, bola-
larni ishontirishga qattiq kirishganligi o‘z-o‘zidan ko‘rinib tura-
di. Ularning to‘g‘riligi va muhimligiga ishonch ixtiyorsiz ravish-
da bolalarga o‘tadi. Bu katta ishonch va ta’sir kuchiga ega bo‘lgan 


347
irodali nutq deyiladi. Lekin bunday nutq avtoritar xarakterga ega 
bo‘lib bolalardagi mustaqil fikrlashni cheklab qo‘yadi.
Zarur iboralarni tez tanlay olish: so‘z boyligiga, fikrlash jara-
yonining tezligiga, gapirilayotgan mavzuni yaxshi bilgan bo‘lishiga, 
topqirligiga, kishining shu paytgacha umumiy holatiga va boshqa 
ko‘pgina sabablarga bog‘liqdir. O‘z nutqini qulay va to‘g‘ri tuza 
bilishda badiiy adabiyotni o‘qib turish katta ahamiyatga ega. Kitob 
o‘qiganda shaxsda lug‘at boyligi ko‘payadi, fikrining obrazliligi 
ortadi, nutq ravshan, chiroyli va adabiy bo‘ladi. Nutqda murakkab 
jumlalar va notanish qiyin so‘zlar bo‘lmasa, u ham ravshan, ham 
tushunarli bo‘ladi. Murakkab bo‘lmagan qisqa jumlalar bayon eti-
ladigan ma’lumotni tez tushunib olishga yordam beradi.
Ammo fikrni bayon etishda juda ezmalanish ham bo‘lmaydi. 
Nutqning juda qisqaligi, mavzuning haddan tashqari ko‘pligi, 
hodisalarni ko‘p keltirish bolalarning tushunmay qolishiga sabab 
bo‘lishi mumkin. Bayon etish aniq, ifodalar ravshan, xulosa va 
umumlashtirishlar aniq bo‘lsa, tarbiyachining bayoni tushu-
narli hamda tez esda qoladigan bo‘ladi. Tarbiyachi nutqining 
sodda bo‘lishini unior mazmunga aylantirib yubormasligi kerak. 
U yetarli mazmunga ega bo‘lishi kerak. Uning murakkablashib 
ketishidan, bolalarning charchab qolishidan qochish ke rak.
Tarbiyachi nutqining tashqi shakli: tarbiyachi ovozining yo-
qimliligi (uning bo‘yoqliligi va kuchi), ravonligi, ohangdor 
bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Nutqning bu tomonini yaxshilash 
ustida ishlash har bir pedagog uchun juda muhimdir. Tarbiya-
chining ovoz tembri juda past va juda yuqori ham bo‘lmasligi 
kerak. U bir tekis baland ovoz bilan gapirganda fikrni bo‘rttirib 
ko‘rsatish uchun ovozini goh baland, goh past qilib gapirish im-
koniyatidan mahrum bo‘ladi. Bundan tashqari, tarbiyachining 
baland ovozi bolalarni asabiylashtiradi, shu bilan birga tarbiya-
chi sinfdagi shovqinni ham eshita olmaydi. Juda past ovoz bi-
lan gapirilgan nutq ham bolalarga yaxshi eshitilmaydi. Eng yax-
shi pedagoglar ning tajribasi mavzuni o‘tishda bolalarning bilim 
darajasiga, yoshiga, o‘tiladigan o‘quv materialining mazmuniga, 
tarbiyachi tomonidan qo‘yiladigan vazifaga, ishning boshqa sha-
roitlariga qarab nutqning biror shaklidan maqsadga muvofiq foy-
dalanish lozimligini ko‘rsatadi. 


348
Tarbiyachining vazifasi o‘quvchilarga faqat ta’lim berish bilan 
chegaralanib qolmay, balki ularni har bir hikoya ustida o‘ylashga, 
uni emotsional his qilishga o‘rgatishdan iboratdir. 
Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talablar
Tarbiyachi quyidagi qoidalarga amal qilishi kerak:
1. Mashg‘ulotga puxta tayyorlanish; mavzuga taalluqli bevosi-
ta voki boshqa muhim va qiziqarli materiallarni to‘plashi lozim. 
Ayniqsa endi ish boshlagan yosh tarbiyachining eshituvchilar ol-
didagi qo‘rqishi uning mashg‘ulotni o‘tkazishiga juda xalal beradi, 
nutq muvaffaqiyatsiz chiqadi. So‘zlash oldidan hayajonlanmaslik 
uchun, o‘zingga ishongan bo‘lishing kerak, bu esa mashg‘ulotga 
puxta tayyorlanishga bo‘g‘liq. Tarbiyachi mashg‘ulotga qancha-
lik yaxshi tayyorlansa, u so‘zlashda shunchalik kam hayajonlana-
di. Hech kimga oldindan ma’lum bo‘lmagan mehnat notiq ishon-
chining garovidir. Bu ishonch o‘sha soatda, nutq vaqtida, notiq 
nima bo‘lishini va yana nima aytishini o‘zi his qilgandagina pay-
do bo‘ladi.
2. Ovozni o‘zgartirish – fikrga bog‘lab uni ko‘tarish va pasay-
tirish lozim. Bolalarning yoshiga mos ravishda erkalash ohanglari-
dan foydalanish lozim. Uning ovozi va intonatsiyasi diqqatni 
o‘ziga tortadi. Ba’zan ovozni ancha «pastlatish» kerak, pauza qilib 
baland ovozdan past ovozga o‘tiladi. 
3. Gapirayotganda qo‘l va gavdani harakatlantirish nutqni 
jonlantiradi, biroq bundan ehtiyotkorlik bilan foydalanish lozim. 
Haddan tashqari ko‘p harakatlar yoki u yoq-bu yoqqa yurave-
rish ham diqqatni chalg‘itadi. Eshituvchilarning ayrim guruhiga 
tikilib gapirish ham foydali. Bu bilan eshituvchilar diqqati tortila-
di va notiqda muhabbat paydo bo‘ladi. U yaqqol ko‘rinishi, «yuzi, 
tili bilan gapirishi», ya’ni mimikadan unumli foydalanishi kerak.
4. Nutq shakli oddiy, tushunarli bo‘lsin. Ko‘gazmali taq-
qoslash, o‘xshatish, ifodalilik ham yaxshi ta’sir etadi.
5. Eshituvchilar diqqatini bo‘shashtirmasdan, hatto uni os-
hirish ham zarur.
6. Ortiqcha (sheva va «shunday qilib», «demak», «ana», 
«anaqa» va shu kabi) mazmunsiz so‘zlarni ishlatmaslik, qisqa ga-
pirish karak.


349
7. Nutqni uzmay gapirish bu notiqning keraksiz ortiqcha 
gaplarga to‘xtalmasdan, nutqning yangi qismiga o‘tishidir.
8. Qisqa chekinishlar ham qilish mumkin, bunday chekinish-
lar yengil, hatto komik xarakterda bo‘lishi va ayni vaqtda nutq-
ning ana shu joyiga tegishli mazmun bilan bog‘lanishi lo zim.
9. Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan 
bog‘lash lozim.
Shunday qilib, tarbiyachi nutqining boyligi bolalar bilan mu-
nosabatga kirishishni, ya’ni «bola tili»ni bilish hamda tarbiya-
chining o‘z-o‘zini tayyorlashda eng muhim xususiyatlardan biri 
hisoblanadi. Buning natijasida u bolalarda zarur his-tuyg‘u hosil 
qiladi va shu bilan birga ularga zarur tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatib, 
jonli fikr uyg‘otadi va emotsional o‘lchovda, ishonarli hamda tu-
shunarli, yorqin gapirishni o‘zlashtirishiga yordam beradi.

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish