Maktabgacha yoshdagi



Download 16,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/273
Sana05.03.2022
Hajmi16,02 Mb.
#483572
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   273
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi

Nazorat savollari:
1. Bog‘cha yoshidagi bolalarda tafakkurning qaysi turlari rivoj-
lana boshlaydi?
2. Mantiqiy tafakkur necha yoshdan boshlab rivojlana bosh-
laydi? Nima uchun?
3. Bolalarning beradigan savollari juda qiziq bo‘lishiga sabab 
nima?
4. Tafakkurni umumlashtirish, taqqoslash, tasniflash xususi-
yatlariga misollar keltiring.
5. Xulosa chiqarish turlari nimada ko‘rinadi?
6. Qanday ta’limiy mashg‘ulotlarda bolaning fiklash jarayo-
ni rivoj lanadi? 
8.5. Bolalarda nutqning rivojlanishi
Bola bog‘cha yoshiga yetgach, so‘z boyligining ancha ortishi 
bilan birga ayrim jumlalarni grammatik jihatdan to‘g‘ri ishlata 
boshlaydi, so‘z zaxirasi juda tez ortadi.
Bu yoshda bolaning nutqi faqat miqdor jihatdangina ortib bor-
may balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan: ilk 
yoshdagi bolalar ancha so‘z boyligiga ega bo‘lishlariga qaramay 
ayrim tovushlarni (r, l, y, sh, z kabi) yaxshi farqlay olmaydilar va 
shu tufayli so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz etadilar. Bundan tashqari, 
bog‘cha yoshidagi bolalar o‘z ona tillarining grammatik tuzilishi-
ni amaliy tarzda o‘zlashtira boshlaydilar.
So‘z boyliklari miqdor jihatidan bog‘cha yoshidagi bolalar-
ning hammasida bir xil bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z 
zaxirasining miqdori asosan bola tarbiyalanib o‘sayotgan oila-
ning madaniyatiga, ma’naviyatiga bog‘liqdir. Bir xil oilalarda 


344
bola nutqining o‘sishi bilan maxsus ravishda shug‘ullaniladi. 
Boshqa bir oilalarda esa bola nutqining o‘sishi bilan mutlaqo 
shug‘ullanmaydilar. Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi 
bolalar so‘z zaxirasi o‘rtasida sezilarli farq yuzaga keladi. Agar 
ilk yoshdagi bolalarning nutqi asosan ular ayni shu chog‘da idrok 
qilib turgan narsalar va harakatlar bilan bog‘liq bo‘lsa, bog‘cha 
yoshidagi bolalarning nutqi hozir idrok qilib turgan narsalardan 
tashqari ilgari idrok qilingan narsalar hamda xayoliy narsalar bi-
lan ham bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun bolalar katta kishilar 
aytib yoki o‘qib bergan ertaklarni izchil ravishda qayta aytib bera 
oladilar. Bu yoshda bolalar nutqni juda tez egallaydilar. Shuning 
uchun ular o‘z ona tillarining grammatik tuzilishini ham faqat 
og‘zaki tarzda o‘zlashtiradilar. Bolalarning o‘z ona tillari gram-
matikasining ayrim tomonlarini o‘zlashtirishlari maktab bolala-
rining o‘zlashtirishlaridan batamom farq qiladi. 
Bola yoshi
1 yosh
2 yosh
3 yosh
4–5 yosh 6–7 yosh
So‘z boyligi
8–12
25–400
1200–
1300
2500–
3000
4000–
5000
Bog‘cha yoshidagi bolalar grammatik qoidalarni o‘rganib yod-
larida saqlab qolmaydilar. Ular ot, fe’l, sifat, olmosh, suffiks, 
kelishik kabi grammatik kategoriyalarning borligini ham, nima 
ekanligini ham bilmaydilar. Shuning uchun ular grammatika-
ning juda ko‘p qo‘llaniladigan eng sodda qoidalarini kattalarning 
nutqlari orqali mazmunli o‘yinlarda taqlidiy yo‘llar bilan amaliy 
ravishda o‘zlashtira boradilar. Ma’lumki, nutqning o‘sishi jarayo-
nida bolalar so‘z turkumlaridan otlarni tez o‘zlashtiradilar. Bun-
ga asosiy sabab shundaki, bolalar narsalarning nomlarini, otlarini 
o‘z nutqlarida ko‘proq ishlatadilar. O‘rta va katta yoshdagi bog‘cha 
bolalari otlarni ko‘plik, birlik, bo‘lishli, bo‘lishsiz shakllarda va 
turli kelishiklarda to‘g‘ri ishlata oladigan bo‘ladilar. Katta gu-
ruh bolalari so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz eta oladilar. Shuning uchun 
ular o‘zlaridan kichik yoshdagi bolalar so‘zlaganlarida, «bunaqa 
deb bo‘lmaydi» deb ularning nutqlarini to‘g‘rilaydigan bo‘ladilar. 
Otlardan so‘ng bolalar so‘z turkumlaridan fe’llarni va sifatlar-


345
ni o‘zlashtira boshlaydilar. Fe’llarning shaxs qo‘shimchalarini 
osonlik bilan egallasalar ham, lekin fe’llarning zamonga qarab 
o‘zgarishini o‘zlashtira olmaydilar. Kichik guruh bolalarida tur-
mush tajribasi juda oz bo‘lganligi tufayli ularda o‘tgan va kelasi 
zamon tushunchalar hali shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun 
ular o‘z nutqlarida fe’llarning zamon qo‘shimchalarini almash-
tirib yuboradilar. O‘rta va katta guruh bolalari fe’lning zamonga 
qarab o‘zgarib borishini to‘g‘ri ishlatadigan bo‘ladilar. 
Nutq faqat boshqa odamlar bilan amalga oshiriladigan alo-
qa vositasigina bo‘lib qolmay, balki u bolalar uchun xulq-atvor-
ni boshqarish vositasi hamdir. Turli yoshdagi bog‘cha bolalari o‘z 
xulq-atvorlarini, ya’ni ma’lum ijtimoiy sharoitda o‘zlarini qanday 
tutishlarini tafakkur orqali o‘ylab idora qiladilar. Bunda nutq bi-
rinchi darajali ahamiyatga egadir. Odatda kichik yoshdagi bog‘cha 
bolalarining nutqlari ikkinchi bir odamga emas, balki o‘zlariga 
qaratilgan bo‘ladi. Masalan: «Anvar uxlaydi», «Anvarning qorni 
ochdi» deb gapiradilar. Bolalarning ana shunday o‘zlariga qara-
tilgan nutqi 

Download 16,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish