93
G‘altaksimon miqdorlagichlar
novli yoki shtift (tish)li
turlarga bo‘linadi. Shtiftli g‘altaksimon
miqdorlagich mineral
o‘g‘itlar uchun ishlatiladi.
Novli g‘altaksimon miqdorlagich
universaldir, ular don va
sabzavot ekinlari urug‘ini, tukli chigitni ekadigan seyalkalarda
ishlatiladi. Bunday apparat novli g‘altak 2, to‘garakcha 3, tub 1,
korpus 4 va mufta 5 lardan tuzilgandir
(37-rasm).
G‘altak 2 val 6
ga mix bilan mahkamlangan bo‘lib, u korpus 4 ning ichiga
joylashtiriladi. Korpus 4 esa urug‘ qutisi tubidagi teshiklar tagiga
o‘rnatiladi. G‘altakning novli tomoni korpus yon devorining
ichida erkin aylanadigan to‘garakcha 3, silliq dastasimon qismiga
esa mufta 5 kiydirilgan. Muftaning qovurg‘asi korpusning
ikkinchi devoridagi o‘yiqqa kirib turadi. Val 6 yordamida g‘altak
aylanganda, uning novli qismi to‘garakchani harakatlantirib
turadi.
37-rasm. G‘altaksimon miqdorlagich: a–qismlarning ko‘rinishi; b–tubni
sozlash sxemasi; 1–tub; 2–novli g‘altak; 3– to‘garakcha; 4–korpus; 5–mufta;
6–g‘altak vali; 7–tubni buradigan val; 8–bolt;
9– sozlovchi bolt; 10–prujina.
G‘altakning silliq qismi qo‘zg‘almas
muftaning ichida
aylanadi. Uning diametri g‘altakdagi novlarning tashqi diametriga
teng bo‘lgani uchun g‘altakni o‘qi bo‘ylab to‘garakchaga nisbatan
surib, korpus ichidagi ishchi qismining uzunligi o‘zgartirilsa,
1
3
2
5
4
4
6
7
8
9
1
3
2
b
10
a
94
g‘altak bo‘shatgan bo‘shliqni mufta to‘liq egallaydi va urug‘ning
qutidan erkin to‘kilishiga yo‘l bermaydi. Mufta g‘altakka zich
tegib turishi uchun uning bo‘sh qismi val 6 ga o‘rnatilgan shayba
va mixga tirab qo‘yilgan. G‘altak ishchi qismining uzunligi
o‘zgartirilsa, novlarning urug‘ni ajratib olayotgan hajmi, ya’ni
urug‘ miqdori o‘zgaradi.
Korpusning pastki ochiq joyini tub 1 yopib turadi. Tub 1
to‘kish mexanizmi vali 7 ga bolt 8 bilan mahkamlangan bo‘lib,
bo‘sh turgan uchi qiya kesilgan. Natijada g‘altakdagi nov qirrasi
ilintirib kelayotgan urug‘ tubdan birdaniga tushib ketmasdan, oz-
ozdan to‘kilib, ekilayotgan urug‘ning yerga to‘dalanib
tushishining oldi olinadi. Tub 1 ning holatini sozlash uchun,
sozlovchi bolt 9 va prujina 10 o‘rnatilgan. Agar tasodifan tubning
ustiga yirik jism tushib qolsa, prujina 10 siqiladi, g‘altak bilan tub
orasidagi tirqish kengayib, uni o‘tkazib yuboradi va sinishdan
saqlaydi.
Sirti o‘ta silliq bo‘lgan urug‘ni ekishda tub bilan g‘altak
orasidagi tirqishdan urug‘ o‘z-o‘zidan chiqmasligi uchun,
tirqish
1–2 mm dan oshmasligi kerak. Bunga bolt 9 bilan prujina 10 ning
siqilish darajasini o‘zgartirish orqali erishiladi. Dukkakli
ekinlarning yirik urug‘ini ekishda tirqish 8–10 mm ochiladi, aks
holda urug‘ siqilib shikastlanishi mumkin. Tirqishni kengaytirish
uchun val 7 ni birmuncha burib qo‘yish kifoya. Agar g‘altak bilan
tub orasidagi tirqishdan sirti silliq, ya’ni to‘kiluvchan bo‘lgan
urug‘ning o‘z-o‘zidan chiqish xavfi bo‘lmasa, g‘altak novlari
urug‘ni tub bo‘ylab sidirib chiqaradi, ya’ni miqdorlagich «pastdan
ajratish» sxemasida ishlaydi. To‘kiluvchan urug‘ chiqish xavfi
bo‘lsa, g‘altak teskari aylantiriladi; u urug‘ni yuqoriga ko‘tarib,
to‘siqdan oshirib, urug‘ o‘tkazgichga tashlaydi. Miqdorlagich
«ustidan ajratish»
sxemasida ishlab, juda mayda urug‘larni ham
ekish mumkin.
G‘altak ajratayotgan urug‘ning miqdori uning qutidagi urug‘ga
bevosita tegadigan uzunligiga bog‘liqdir, g‘altak korpus ichiga
ko‘proq kiritilsa, ajratilib olinadigan urug‘ miqdori ham ko‘p bo‘-
ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: