U shbu mashq ishtirokchining ongsizligini
faollashtirishga asoslanadi.
Ishtirokchini eng vahimaga soluvchi savolga bir necha
daqiqa ichida turli xil
javobni olishi mumkin. Bu mashq ishtirokchining turli hayotiy vaziyatlarida qaror
qabul qilishga qiynalishi, o'ziga
ishonmaslik, o'zi bilan yuzaga keladigan nizo,
turli hayotiy o'zgarishlarni yengishni samarali usuli hisoblanadi. X at yozish
jarayonida ishtirokchilar o'z "men"iga,
ong ostiga, ongsizlikka m urojaat qiladilar.
Bizning oldimizdagi eng qiyin vaziyatlami yechishda biz o'z ichki m enimizga
m urojaat qilishimiz mumkin. Bu muammolarga yechim topish uchun siz hozir o'z
m eningizga xag yozishingiz mumkii. Xatda o'z muammolaringizni,
siz tushib
qolgan vaziyatni, uning ijobiy va salbiy tomonlarini yozishingiz mumkin. Buning
natijasida to'satdan biz o'z muammolarimizni qaysi yo'l
bilan yechishni tushuna
boshlaymiz. Ayrim xollarda esa muammolaming hech qanday ahamiyati yo'qligini
seza boshlaymiz. Boshqa xollarda esa javobni kitobdan yoki do'stimiz suhbatidan
bilib olishimiz mumkin. Xozir 30 daqiqa ichida o'z ichki meningizga xat
yozishingiz mumkin.
8 -m a shq : D ia log li m ak tub
H ar doim ham dialog bizning muammolarimizni xal qilishga yordam
bermaydi. Biz xoxlagan inson bilan dialog tarzida gaplashganimizda ochiq oydin
xech qanday barersiz gaplashishga qiynalamiz.
Dialogli maktubni
biror kishiga yozib emas, balki muammosi bor inson o'z
"men"i bilan olib borsa maqsadga muvofiqdir. Tasavvur qiling siz ma'lum bir
m uddatga kimsasiz orolga tushib qoldingiz. Sizning yoningizda xech kim yo'q siz
yolg'izsiz. Tasavvur qiling noma'lum kishi bilan xat yozishib turibsiz. Xat yozing
va tasavvur qiling u kishi ham sizga javob yozdi.
Siz qisqa tarzdagi xatni yozishib turishingiz mumkin. X at yozishni
dilingizdagi hamma narsani aytib bo'lganingizdan so'ng to'xtatishingiz mumkin.
Buning uchun sizga 45 daqiqa beriladi.
2 -B o sq ic h:
M azkur treningda ong ostimizga o'mashib qolgan g'oyalami
tasavvur
qilishdan foydalaniladi. Aynan mana shu g'oyalardan xalos bo'lish yordam ida g'am
qayg'udan forig' bo'lish mumkin. Turli millatlar g'am qayg'udan forig’ bo'lish
uchun turli xil usullardan foydalanishadi va bu narsa ulaming m adaniyatiga ham
bog'liq hisoblanadi. Masalan, Irlandiyaliklar taziya marosimini uch kun
o'tkazadilar. O'lgan kishining yor do'stlari va yaqinlari
uning faqat yaxshi
tom onlarini gapirib uni xotirlaydilar. Ayrim millatlarda erdan beva qolgan ayol
yilning ma'lum bir vaqtida aza tutishi rasm bo'lgan.
Do'stlaringiz bilan baham: