1 O`zbeksiton respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi buxoro dalat universiteti


Xo`p hayda yoki Maydayo qo`shig`i



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/17
Sana04.03.2022
Hajmi0,56 Mb.
#481963
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
xix asr oxiri xx asr boshlarida buxoro vohasida dehqonchilik madaniyati va ular bilan bogliq udum va marosimlar

Xo`p hayda yoki Maydayo qo`shig`i:
Xirmon yanchish vaqtida dehqonlar 
tomonidan aytiladigan qo`shiqlar «xo`p maydayo» yoki «maydagul» deb 
yuritiladi. Xo`p mayda baland ovoz bilan cho`zib aytiladi. Ularda dehqonning 
hosilini yig`ishtirish, ro`zg`or tirikchilikni ta`minlashga intilish, ho`kizning - 
ishchi hayvonning dehqon hayotida g`oyat katta o`rin tutishi unga bo`lgan 
muhabbatini tasvirlash bilan ko`rsatiladi: shuning uchun xo`p mayda 
qo`shiqlarida ho`kizning tavsifi, uning tuyog`idan shoxigacha bo`lgan tasviri 
buriladi. 
Ayri-ayri tuyoqqa, mayda-yo-mayda 
Ayri nag`al yarashar, mayda-yo-mayda 
Jilviragan quloqqa, mayda-yo-mayda 
Tilla sirg`a yarashar, mayda-yo-mayda 
«Ko`zlari yongan chiroq», «ko`zlari bor oynaday», «shoxlarining bor 
chambarak» kabi jonlantirilgan tasvirlarning dehqon tilida aytilishicha ajib 
hikmat bor, ish hayvoni uning madadkori, suyangan tog`i; tirikchiligi; 
ro`zg`orning butligi, ochligi va to`qligi-bari shunga bog`liq. Hayvonning ta`rif-
tavsif etilishining quvnoq ruhiy holati, mehnat qilish ishtiyoqi, ikkinchi 
tomondan, xirmon yanchish ritmi, ish jarayoni aks etadi. Xirmon qo`shiqlari 
ko`p aytilganidan so`zlari quyma, pishiq bo`ladi. 
Xo`p mayda qo`shiqlari ijtimoiy motivlari bilan ajralib turadi. Odatda 
«o`roqda yo`q, mashoqda yo`q, xirmonda hozir» bo`ladigan tekinxo`rlar-
oqsoqollar, boylar, soliqchilar, sudxo`rlar, mulla eshonlarning ayni donni 
somondan ayirish vaqtida xirmon ustida kelib kambag`al dehqonning sho`rini 
quritganligini, bor hosilni talab olib ketganligiga nisbatan xalqning g`azab-
nafrati cheksiz bo`ladi. 


54 
Qora-qora qarg`alar, mayda-yo-mayda 
Qo`rni ko`rsa yo`rg`alar, mayda-yo-mayda 
Uying kuygur darg`alar, mayda-yo-mayda 
Xirmonni ko`rsa yo`rg`alar, mayda-yo-mayda 
Mayda qilgin uvatib, mayda-yo-mayda 
Sensan mening quvvatim, mayda-yo-mayda 
Kelayotir eshonlar, mayda-yo-mayda 
Dastorini chuvatib, mayda-yo-mayda 
Xo`p-mayda qo`shiqlarini ijro etishda ko`pincha «hey mayda, hey», «mayda-
yo mayda», «ha, xo`p, hayda» singari nidolar har misra oxirida yoki ikki 
misradan keyin shunday nidoli satrlar naqorati qilib aytiladi. Bular to`rtlikni bir-
biriga ulab, muhim rol o`ynaydi. Qo`shiqda uchraydigan «sakrab-sakrab 
haydagin», «yo`rtib-yo`rtib haydagin» satrlarida ish hayvonining ildam yurishi, 
xirmonni tezroq yanchishi dehqonni sevinch tuyg`ulari bilan qo`shilib, ruhiy 
ko`tarinkilik hosil qiladi. Xirmon qo`shiqlarida umid va xursandchilik 
bag`ishlovchi satrlar ko`p. Negaki, dehqon og`ir va mashaqqatli kunlar orqada 
qolganligini ko`rib turibdi. Shunday paytda dehqon o`zining xirmoniga baraka 
tilaydi. Afsonaviy Bobo dehqonni o`zining xirmoniga baraka chorlaydi: 
Mayda-mayda marosim, mayda-yo-mayda 
Don samondan arisin, mayda-yo-mayda 
Ayni sahar bo`lganda, mayda-yo-mayda 
Bobo dehqon dorisin, mayda-yo-mayda 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish