O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov
Toshkent shahri, 2004
-
yil 27
-
sentabr.
DEPUTAT BO‘LISH OSONMI?
Hokimiyat vakillik organlarini, xususan mamlakat parlamenti Qonunchilik
palatasini shakllantirish davlat va jamiyat hayotida ham, xalq, millat hayotida ham
muhim voqea hisoblanadi. Chunki vakillik organlariga xalq nomidan ish ko‘ruvchi, xalq,
millat manfaatlarini ifodalovchi noiblar saylanadilar.
Saylovning o‘zi demokratiyaning muhim belgisi, ixtiyoriy tanlash imkoniyati
sifatida muhim bo‘lsa, deputatlik o‘rinlariga qanday nomzodlarning ko‘rsatilishi ham
ayni shu darajada muhimdir.
Bugun butun mamlakat bo‘lajak saylovlar taraddudi bilan yashayotgan, targ‘ibot-
tashviqot ishlari avj olib, nomzodlar ko‘rsatishga sanoqli kunlar qolganida bu to‘g‘rida
chuqurroq mulohaza yuritmoq joizdir. Nega deganda, oshpaz nechog‘li mahoratli
bo‘lmasin, quruq suyakdan mazali taom pishira olmaydi. Binobarin, bir o‘ringa
ko‘rsatiladigan ikki, uch yoki bundan-da ko‘p nomzodning deyarli har biri zimmasiga
qanday mas’uliyat olayotganini yaxshi anglagan, bordi-yu ishonch bildirilsa, ishni eplab
keta oladigan darajada bo‘lmog‘i darkor. Mana shunday bo‘lgandagina saylovchi uchun
tanlov imkoniyati mavjud bo‘ladi. Saylovchi ular orasidan eng munosibiga, tayyorgarlik
darajasi boshqalarga nisbatan balandrog‘iga ovoz beradi.
Bu yilgi saylovning avvalgilaridan farqi nimada?
Bu savolning aniq javobi mamlakatimizda ikki palatali parlamentga o‘tilishi
munosabati bilan qabul qilingan qonunlarda, tegishli me’yoriy hujjatlarda o‘zining aniq
ifodasini topgan. Ammo Qonun hujjatlarida aks etmagan boshqa bir jihatlar ham borki,
ularni xalq vakili bo‘lishdek sharafli nom uchun kurashga otlanayotganlar ham, oddiy
saylovchi sifatida siz-u biz ham aniq ravshan tushunib olmog‘imiz darkor.
Bu jihatlarni, eng avvalo, yangi parlament Qonunchilik palatasining yangicha
maqomida ko‘rish mumkin. Ya’ni bu palata a’zolari asosan qonunlarni takomillashtirish,
qonun tilini sodda va ixchamlashtirish, uzoq muddatlarga dosh bera oladigan, huquqiy va
mantiqiy asoslari baquvvat, demokratik xarakteri mustahkam xalqchil qonunlar yaratish
bilan shug‘ulanadilar. Qonun, garchi u nechog‘li kuchli va adolatli bo‘lmasin, amaliyotga
tatbiq etish mexanizmi yaratilmasa, ishlamaydi, chala va mavhum qarorday, qog‘ozda
qolib ketaveradi.
Bundan anglashiladiki, deputatlikka nomzodlarni tanlashda avvalgi saylovlarda
bo‘lganidek, ularning gaz tushirib berish, ichimlik suvi olib kelish, yo‘llarni ta’mirlash,
falon chaqirim joyga asfalt yotqizish yoki biror bir qurilishni boshlab yuborishdek havoyi
va’dalariga uchmaslik kerak. Bunday muammolar joylarda mavjudligi sir emas, ammo
ularni hal etishi lozim bo‘lgan o‘z mutasaddilari bor.
Shunday ekan, saylovoldi uchrashuvlarni qo‘li uzunlikni namoyish etish
musobaqasiga aylantirmaslik lozim bo‘ladi. Nomzod, eng avvalo, ikki palatali
parlamentning mohiyatidan, huquqiy jamiyat qurish, mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirish muammolaridan, jahon davlatlari parlamentlarining ish faoliyatidan,
davlatlararo munosabatlardan yaxshi xabardorligini namoyish etsin. Ertaga u ayni shu
mavzularda qonun loyihalari bilan ishlaydi. Demak, biz ovoz beradigan nomzod
mamlakat ijtimoiy hayotining faol ishtirokchisi, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tegishli
sohalar bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lishi darkor.
Saylovoldi uchrashuvlarida avvalgi “an’analar”ga binoan, nomzodlar “Agar
menga ishoch bildirsangiz, sizlarning, shu joyning, shu tuman, shu viloyatning
manfaatlarini himoya qilaman, sizlar uchun kurashaman”, deya jo‘shib ketishlari
mumkin. Yangi parlamentning yangi tarkibi xalqimizning, millatning umummanfaatlarini
himoya qiladi va bu umumiylikda jamiki saylovchilarning umumiy manfaatlari o‘z
ifodasini topadi.
Parlament saylovlari siyosiy partiyalar uchun ham jiddiy imtihon bo‘lishi tayin.
Qonunchilik palatasida o‘z siyosiy fraksiyasiga ega bo‘lmagan partiya juda katta
imkoniyatlardan mahrum bo‘ladi. Fraksiya tuzish uchun esa u yoki bu partiyaning
kamida 9 ta nomzodi deputatlikka saylanishi zarur. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi
to‘g‘risidagi qonun talabi shunday. Ayni kunlarda partiyalar faoliyati birmuncha
kuchayayotganini ayni shu holat bilan izohlash mumkin.
Shu o‘rinda bir mulohazaga ehtiyoj bor. Siyosiy partiya va harakatlar faqat saylov
arafasida emas, mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida, madaniy-ma’naviy tadbirlarda,
yoshlar orasida bundan buyon hamisha faol bo‘lishlari talab etiladi. Har qanday partiya
o‘z saflariga g‘ayrat-shijoatli, erkin fikrli, tadbirkor yoshlarni nechog‘li ko‘p jalb eta olsa,
nazariy ma’ruzalar, da’vatkor shiorlar bilan emas, ibratli amallar bilan maydonga chiqa
olsa, shundagina ishonchga kiradi.
Bo‘lajak saylovlarni ko‘pdan-ko‘p xorijiy ekspertlar, saylov mutaxassislari,
ommaviy axborot vositalarining vakillari kuzatib boradilar. Maqsad – saylovlarning to‘la
erkin va demokratik tamoyillar asosida o‘tganligiga ishonch hosil qilish. Lekin, asosiy
kuzatuvchi bizning o‘zimiz bo‘lmog‘imiz darkor. Chunki 26-dekabr kuni biz nafaqat
nomzodlar ichida eng maqbullarini tanlaymiz, ayni chog‘da jamiyat taraqqiyotining
bundan buyongi bosh yo‘nalishlarini ham belgilab olamiz. Shu kuni har birimizning
shaxsiy hayotimizga, ertangi kunimizga, farzandlarimizning kelajagiga bevosita daxldor
poydevor qo‘yiladi. Uning nechog‘li mustahkamligi biz tanlagan yo‘lga, ovozimizga
bog‘liq(“
Do'stlaringiz bilan baham: |