71
Konstitutsiya hamda uning asosida q a b u l qi li n ga n q o n un la r va k ola t be rga n i d o ral a r
tomonidangina amalga oshiriladi. Jamiyat va davlat hayotining
eng muxim masalalari xalq
muxokamasiga taqdim etiladi, umumiy ovozga (referendumga) qo‘yiladi. Referendum va
saylovdan tashqari, bevosita demokratiya inst itutlariga muxim da vlat qarorla ri va
qonunlar muqokamasi, petitsiyalar,
xalq tashabbuslari, fuqarolarning yashash va ish
joyidagi yig‘ilishlari (yig‘inlari) kiradi. Huquq fanida bevosita demokratiya institutlarini ikki
guruxga: imperativ va konsultativ xususiyatga ega institutlarga ajratish qabul qilingan.
Bevosita demokratiya imperativ shakllarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, xalq
tomonidan qabul qilingan qaror uzil-kesil, majburiy hisoblanadi, davlat organlari yoki mahalli y
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlashni taqozo etmaydi (ular
faqat
mazkur qarorni rasman qabul qilingan deb e’lon qilishlari mumkin). Bevosita demokratiyaning
imperativ shakllariga imperativ referendum hamda deputatlar va saylab qo‘yiladigan mansabdor
shaxslarni xalq tomonidan saylash kiradi. Bevosita demokratiya konsultativ shakllarining o‘ziga
xos xususiyati shundan iboratki, ular yordamida aniqlangan xalq (aholi) ning xohi-irodasi
tegishli davlat organi yoki mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organining qarorida o‘z aksini
topadi (mazkur qarorga asos bo‘lib xizmat qiladi). Lekin organ o‘ z h ujj a t in i n g u zi l -ke s il
m at ni n i o‘ zi m u st aq il ta’riflasa-da, u xalq (aholi)ning xohish-irodasini o‘zgartira olmaydi.
Bevosita demokratiyaning konsultativ shakllariga konsultativ referendumlar (so‘rovlar), xalq
muxokamalari, tashabbuslari (shu jumladan huquq ijodkorligi tashabbuslari), petitsiyalar kiradi.
Fuqarolarning yig‘ilishlari (yig‘inlari)ning qarorlari ayrim hollarda (masalan,
mahalliy
o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylashda, deputatlikka nomzodlarni kiritishda) imperativ
xususiyatga ega bo‘lsa, boshqa hollarda (masalan, mikrotumanda yoki aholi yashaydigan
punktda yangi ob’ekt qurilishi yuzasidan o‘z fikrini bildirishda, mahalliy tuzilma boshlig‘ining
bildirishini muxokama qilishda) konsultativ xususiyatga ega bo‘ladi. «To‘g‘ridan-to‘g‘ri
demokratiya», «bevosita xalq hokimiyatchiligi» tushunchalari ham «bevosita demokratiya»
tushunchasi bilan bir xil ma’noda qo‘llanadi. Bevosita demokratiya bu – demokratiyaning muhim
yo‘nalishi bo‘lib, fuqarolarning jamiyat va davlat ishlarida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashishlari,
mamlakatda olib boriladigan siyosatga va siyosiy o‘zgarishlarga o‘z
munosabatlarini
bildirishlaridir. Bevosita demokratiyada har bir fuqaroning xohish-irodasi, siyosiy talab va
takliflari aks etadi. Bevosita demokratiyaning dastlabki ko‘rinishlari quldorlik jamiyatida ro‘y
bergan. O‘sha davrlarda jamiyat a’zolari mamlakat va davlat hayotiga doir masalalarni hal
qilishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishgan, katta-katta yig‘inlar o‘tkazilib,
ularda quldorlik
davlati olib borgan siyosatga munosabat bildirilgan, siyosiy hokimiyatga ularning o‘zlari uchun
ma’qul bo‘lgan kishilar tavsiya qilingan. Masalan, qadimgi Afinada xalq yig‘ini siyosatning
hamma asosiy masalalarini qarab chiqqan va hal qilgan. Bevosita demokratiyaning bir muncha
takomillashgan shakli XX asrning o‘rtalarida G‘arbiy Evropa mamlakatlari va AQSHda vujudga
keldi. Mazkur mamlakatlarda xalq ommasi va har bir fuqaro
jamiyat va davlat ishlarini
boshqarish, mamlakatda olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatga o‘z munosabatlarini
bildirishda to‘la erkinlik asosida harakat qila boshladilar. Bevosita demokratiyaning amal qilishi
siyosiy tuzumlarga va ularda hukmron bo‘lgan siyosiy kuchlar faoliyatiga ko‘p jihatdan
bog‘liqdir. Masalan, totalitar va avtoritar siyosiy tuzumlarda bevosita demokratiya cheklangan
bo‘ladi. Ularda kuchli davlat hokimiyati o‘z irodasini fuqarolarning huquq va erkinliklarini
bug‘ishga, ularning jamiyat ishlarida faol ishtirok qilishlariga qarshi qo‘yadi. (1)
Do'stlaringiz bilan baham: