- “Xudo Assambleyalari” cherkovlariga
1914
yilda AQSHning Arkanzas shtatida asos solingan. Markazi Missuri shtatining Springfild
shahrida joylashgan. Bu cherkov a’zolarining soni 2 milliondan ortiqni tashkil etadi. Ushbu
cherkov pyatidesyatniklikning muqaddas uchlik, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirish, “xudo bilan
notanish tilda gaplashish”(glossaliya) kabi g‘oyalari qatoriga, e’tiqod orqali shifo topish, Isoning
ikkinchi qaytishi, o‘liklarning ikki marta qayta tirilishi, Isoning 1000 yillik podshohligi va
balog‘atga etganlarni suvga butunlay botirish orqali cho‘qintirishdek aqidalarni ham qo‘shgan.
Assambleya boshida 2 yilda bir yig‘iladigan Markaziy kengash turadi. Ular 16 nashr, jumladan,
ayollar va bolalar uchun jurnallarga, bir necha kollej va Bibliya maktablariga egalar. Xudo
Assambleyalari cherkovi 98 mamlakatda o‘z jamoalariga ega, 71 mamlakatda missionerlik
faoliyatini olib boradi.
Xudo CHerkovi-
1884 yilda AQSHning Tennesi shtatida tashkil etilgan. Ushbu cherkov XVI
asrda tugagan reformatsiyani davom ettirish g‘oyasini olg‘a suradi. CHerkov har qanday
aqidalardan pok, huddi Iso Masih davridagidek, sevgi bilan ish olib borilishi lozim degan
aqidaga tayanadi.. SHu g‘oyalarni amalga oshirish uchun 1886 yili xristian ittifoqi tuzilib, 1902
yili uning asosida “Muqaddaslik cherkovi” tuzildi va 1907 yili u “Xudo cherkovi” nomini oldi.
«Xudo CHerkovi» trinitarian-pyatidesyatnik
176
e’tiqodiga mansub bo‘lib, “uch krizis” aqidasiga
tayanadi. Hozirgi kunda tashkilotni har ikki yilda yig‘iladigan «Markaziy Assambleya»
boshqaradi. Uning 8 ta nashri mavjud. AQSHning o‘zida cherkov a’zolarining soni 500 ming
kishini tashkil etadi. Ushbu cherkov 72 mamlakatda missionerlik faoliyatini olib bormoqda.
Xalqaro Birlashgan Pyatidesyatnik CHerkovlari
ham AQSHda 1945 yilda yuzaga kelgan.
Aqida sifatida Iso Masih nomi bilan cho‘qintirishni olg‘a surishadi. Muqaddas uchlik troitsa
haqidagi ta’limotni rad etadilar. Ushbu tashkilot voyaga etganlarni suvga botirish orqali
cho‘qintirish bilan bir paytda oyoqlarni yuvish, ya’ni o‘zaro muhabbatni ifodalash uchun har bir
jamoa a’zosining bir birlarining oyoqlarini yuvishi
177
amaliyotiga rioya qiladi. Tashkilot markazi
AQSHning Missuri shtatidagi Xezlvid shahrida joylashgan. CHerkov o‘z radiosiga, “Pentecosfal
Xerald” nomli jurnaligi ega. Hozirda ushbu cherkov 46 mamlakatda missionerlik faoliyatini olib
bormoqda.
Pyatidesyatniklikda To‘liq injil xristianlaridan tashqari ta’limotining mazmuniga ko‘ra bir-biri
bilan bog‘liq bo‘lgan va umuman farq qiladigan boshqa ko‘plab oqimlar ham mavjud.
O‘zbekiston hududida mazkur yo‘nalishga taalluqli birinchi tashkilot 1985 yilda Toshkent
shahrida tashkil etilgan. Bugungi kunda respublikamiz bo‘yicha To‘liq injilchi xristianlarning 21
ta diniy tashkiloti mavjud.
Ko‘pgina ogohlantirish va ma’muriy choralarga qaramay ular yurtimizda o‘zlarining
missionerlik faoliyatlarini olib borishga intilishmoqda. Jumladan, yakshanba kunlari o‘zbek
tilida ma’ruzalar, qo‘shimcha Bibliya o‘qish darslari tashkil qilish yo‘lidagi harakatlar, «Xosil
yig‘ish kuni» deb ataladigan va har bir a’zo cherkovga yangi odam olib kelishini
176
Тринитариан – “трио” яъни “учлик” сўзидан келиб чиққан. Чўқинтириш вақтида Ота, Ўғил ва Муқаддас
Руҳлар номи билан чўқинтирадиган пятидесятниклар, тринитариан-пятидесятниклар деб аталади.
177
Бир ойда бир марта «Причешение» (нон ва вино ейиш) маросимидан олдин амалга оширилади.
324
rag‘batlantirishga qaratilgan amaliyotning mavjudligi ham shunday xulosa chiqarish imkonini
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |