O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

“Pyatidesyatniklar”
171
yoki «To‘liq injil xristianlari»-
Protestantlikdagi eng yirik oqim bo‘lib 
XX asr boshlarida AQSHda yuzaga kelgan. Diniy hayotda “Muqaddas Ruh
172
in’omlari” degan 
tushunchaga tayanishadi. Ta’limotga ko‘ra bu in’omlar faqatgina Muqaddas Ruh bilan 
cho‘qintirish
173
orqali Xudo O‘g‘lining (ya’ni Iso Masihning) asl izdoshlariga, unga xizmat 
qilish vositasi sifatida beriladi. Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirilganlikning tashqi belgisi deb 
pyatidesyatniklar glossaliya, ya’ni “xudo bilan notanish tilda gaplashish”ni tushunishadi. 
SHu nuqtai nazardan qaraganda, Pyatidesyatniklik tarixi rasman 1901 yilning 1-yanvariga borib 
taqaladi. Aynan shu kuni Kanzas shtatining Topeke shahridagi Bibliya maktablarining birida 
CH.Parxem ismli ruhoniy boshqarayotgan talabalardan biri Agnessa Ozman “uchinchi 
rahmat”ga erishib (ya’ni, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirilib), xitoy tilida gapira boshlaydi. 
Uning ketidan “xudo bilan notanish tilda gaplashish” “epidemiya”si butun maktabni qamrab 
oladi. SHundan so‘ng CH.Parxem o‘z o‘quvchilari bilan janubiy shtatlarda pyatidesyatniklikni 
targ‘ib qila boshlagan.
CH.Parxem shogirdlaridan biri, qora tanli D.Seymur Los-Anjelesdagi metodist cherkovining 
tashlandiq binosida “muqaddas pyatidesyatnitsa”
174
g‘oyasini targ‘ib qila boshlagan. Uch yil 
davomida ushbu cherkov aktiv faoliyat yuritib, AQSHdagi qora va oq tanlilarning diqqatini 
o‘ziga jalb qildi. Bu erda Xudo bilan notanish tilda gaplashishni boshidan o‘tkazgan ko‘pchilik 
keyinchalik o‘zining pyatidesyatniklik cherkovlariga asos solishdi. Bunday cherkovlar 
Skandinaviya, Angliya, Hindiston, CHili, Germaniya kabi davlatlarda ham paydo bo‘ldi. 
Ularning bir-biridan asosiy farqi xudoning rahmatlari soni va suv bilan cho‘qintirishning 
uslublaridadir. Muqaddaslik cherkovlaridan
175
ajrab chiqqan pyatidesyatniklar 3 ta rahmatga 
ishonishadi - dinga kirgizish, nurlantirish ya’ni, xristian ta’limoti bilan chuqurroq tanishtirish va 
Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirish.
Baptistlardan ajrab chiqqan pyatidesyatniklar esa faqat 2 ta rahmat - dinga kirgizish va 
Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirishni tan olishadi. SHuning uchun ham, ularni «Ikki rahmat 
cherkovlari» deb atashadi. Ularning eng yirik birlashmasi “Xudo Assambleyalari” hisoblanadi. 
Suv bilan cho‘qintirish usullari, ya’ni muqaddas uchlikni tan olishlari yoki inkor qilishiga ko‘ra, 
pyatidesyatniklar ikkiga bo‘linadi. Lekin bunday bo‘linish barcha pyatidesyatnik cherkovlariga 
171
Яҳудийларнинг қадимий “Пятидесятница” байрами номидан келиб чиққан.
172
Муқаддас Руҳ христиан таълимотига кўра Худонинг 3 қиёфасидан бири. 
173
Бунда диндор Худо томонидан чўқинтирилган ҳисобланиб, бу билан у Худога яқин бўлади. 
174
Христиан ақидасига биноан яҳудийларнинг пятидесятница байрами куни ҳаворийларга Муқаддас Руҳ 
томонидан раҳмат туширилиб, уларнинг барчаси турли тилларда гапира бошлаганлар. 
175
Протестантизмдаги илк оқимлардан бири. 


323 
taalluqli emas. Ayni paytda, ba’zi cherkovlar xristianlik chegarasidan chiqqanini ta’kidlash 
zarur.
1960-yillarda “xudo bilan notanish tilda gaplashish” tushunchasi ba’zi boshqa protestant 
cherkovlari, hatto 1966 yildan katoliklar orasida ham tarqalgan.
Hozirgi kunda pyatidesyatniklik ko‘p sonli turli oqimlar ko‘rinishida tarqalgan bo‘lib, ularning 
rahbarlari har 2-3 yilda «Butundunyo pyatidesyatnik konferensiyalari»da uchrashib turishadi. 
Pyatidesyatniklik insonlarning qayg‘u-alamlari, muammolari va jamiyatda o‘z o‘rinlarini 
yo‘qotib qo‘yishlari bilan bog‘liq masalalarga alohida urg‘u berishi va ulardan ustalik bilan 
foydalanishga intilishi tufayli unga ergashuvchilar soni tez suratda o‘sib bormoqda. 1990 yilda 
dunyo bo‘yicha bu oqim a’zolarining soni 50 millionni tashkil qilgan bo‘lsa, hozirda taxminan 
120 millionni tashkil qilmoqda.
Pyatidesyatniklikning eng yirik oqimlaridan biri

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish