O‘зbekiстон рeспublikaсi



Download 5,44 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/222
Sana02.03.2022
Hajmi5,44 Mb.
#479674
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   222
Bog'liq
dinshunoslik

“Iegovo SHohidlari” 
oqimiga CHarlz Teyz Rassel tomonidan asos solingan. 1870 yilda 
CH.Rassel AQSHning Pensilvaniya shtatidagi Pitsburg shahrida mustaqil Bibliyani o‘rganish 
kurslarini ochdi. 1881 yilda uning zamirida “Sion qo‘riqchi minorasi va traktatlar uyushmasi” 
maxsus missionerlik adabiyotlarini chop etish uchun “Qo‘riqchi minora jamiyati” tuzildi. 1931 
yilga kelib tashkilot “Iegovo SHohidlari” nomini oladi.
Rassel vafotidan keyin tashkilotga rahbarlik qilgan Iosif (Djozef) Franklin Ruzerford davrida 
ta’limotni yanada keng tarqatishga alohida e’tibor berildi. Tashkilot a’zolari keskin darajada 
oshdi. Aynan Ruzerford iegovochilikka “armageddon”
178
tushunchasini kiritdi va 1925 yili 
Xudoning podshohligi boshlanishini bashorat qildi.
Ruzerford har yili iegovochilarning xalqaro konferensiyalarini o‘tkazishni, 50 ga yaqin kitob
muallifi sifatida targ‘ibot ishlarida radio va grammoplastinkalardan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
Ruzerforddan so‘ng 1943 yildan tashkilotga Natan Gomer Norr (1905-1977) rahbarlik qila 
boshladi. O‘sha yiliyoq Norr missionerlik faoliyatini yanada faollashtirish uchun “Qo‘riqchi 
minoraning Bibliya maktabi-Galaad”
179
– 5 oylik o‘qitishga asoslangan, iegovochilikni butun 
dunyo bo‘ylab tarqatish uchun xizmat qiladigan, missionerlarni tayyorlaydigan markazni ochadi
“Iegovo SHohidlari” uchlik
180
haqidagi aqidani rad etishadi, lekin boshqa oqimlar kabi uning
 
b
archa ko‘rinishlarini izohlashadi. Barcha narsaning asosi va yaratuvchisi deb Iegovani tan 
olishadi. Iegovo shohidlari Xudoning o‘z shaxsiy ismi bor, bu ism “Iegova”dir deb, bu haqda 
o‘z tarqatma adabiyotlarida jumladan shunday deydilar: “Xudoning shaxsiy ismi bor va Iehovo 
SHohidlaridan kimda-kim unga topinsa, bu ismdan foydalanishlari kerakligiga aminlar. Har 
narsaga qodir Xudo Musoga o‘z ismini “Iehovo”, deb e’lon qildi. O‘tmishda Ibrohim, Muso va 
boshqa sadoqatli erkaklar Xudoning ismidan foydalanganlar. Aslida esa, muqaddas kitobda 
Iehova degan ism bir necha ming marotaba uchraydi”.
Ushbu tashkilot Iso Xudoning o‘g‘li bo‘lganiga ishonsada, uning Xudo bo‘lganini inkor 
qiladilar. Iso Iegovo tomonidan yaratilgan yagona insondir, qolgan barcha insonlar Masih orqali 
yaratilgan. Muqaddas Ruh – Xudoning ko‘rinmas kuchi bo‘lib, u dunyo yaratilishida qatnashgan.
Iegovo butun insoniyat tarixida 144 ming kishini tanlab olgan, ular o‘lgandan so‘ng to‘g‘ridan-
to‘g‘ri tiriladi va osmon podshohligiga o‘tib ketishadi. Hozirgi kunda o‘sha tanlangan 144 ming 
kishi, ya’ni “kichik poda”dan (imoni mustahkam va din yo‘lida ko‘p xizmat qilgan) 9 minggi 
tirik deb e’tiqod qilinadi. Qolgan imonlilar, ya’ni Iegovo shohidlariga qo‘shilgan “qo‘ylar”ga 
(oddiy dindorlar) er yuzida abadiy jannatda yashashlari va’da beriladi.
Iegovo shohidlari faqatgina bitta bayramni nishonlaydilar, bu Iso Masih o‘limini eslash kechalari 
bilan bog‘liq bayramidir. Bu kuni jamoa a’zolari qarindosh va tanishlarini uylariga taklif 
qilishadi. Dasturxonda Isoning tana va qonining ifodasi deb bilinadigan xamirturishsiz non va 
qizil, quruq vino bo‘lishi shart. 
Iegova SHohidlari missionerlikka katta e’tibor beradilar Jamoa paydo bo‘lgan davrdan boshlab 
asosan uyma-uy yurish va adabiyotlar tarqatish bilan o‘z izdoshlarini ko‘paytirishga harakat 
qiladilar. Hozirgi kunga kelib iegovochi missionerlarning soni 700 mingdan ortiq deb 
hisoblanadi. Missionerlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va adabiyotlarni nashr etish 
uchun “Qo‘riqchi minora, Bibliya va risolalar jamiyati” tuzilgan. Ushbu jamiyat korporatsiya 
deb atalib, bosh qarorgohi tashkilot asosiy binosi bilan bir joyda, AQSHning Bruklin shahrida 
joylashgan. Korporatsiyani etti direktordan iborat boshqaruv kengashi boshqaradi va ular 
korporatsiya prezidentini saylashadi.
178
Юнон тилидаги armagedon, қадимги яҳудий тилидаги harmegiddo-«тоғли ҳудуд Мегиддо» сўзидан 
олинган бўлиб, Хайфа яқинидаги қадимги даврда жанглар ўтказилган ҳудуд. Иеговочилар ақидасига биноан 
Исо ерга қайтгач, у ва имонлилар жамоаси, Иблис ва жинлар қўшнига қарши шу жойда жанг ўтказиб, ғолиб 
бўлади. Бу Исонинг Ер юзидаги 1000 йиллик подшоҳлигининг бошланиши бўлади. 
179
эр. 70 йилларида қуддус қамал қилингач, яҳудийлар қочиб беркинган, Иордан дарёси соҳилидаги жой 
номи 
180
Яъни, Худонинг 3 кўринишга эга эканини. 


325 
Hozirgi kunda Iegovo shohidlari 230 dan ortiq mamlakatda faoliyat olib boradi va dunyo bo‘ylab 
111 bo‘limga ega. Tashkilotning “Qo‘riqchi minora” jurnali oyiga ikki marta 125 tilda, 22 
milliondan ortiq nusxada “Uyg‘oninglar!” jurnali oyiga bir marta 81 tilda, 20 million adadda 
nashr etildi. Ushbu nashrlar asosan missionerlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan. 
2006 yildan “Qo‘riqchi minora”si jurnali o‘zbek tilida ham chop etila boshlandi. Iegovochilar 
ushbu jurnal nashrlarini yurtimiz hududiga olib kirish yo‘lida doimiy harakatlar olib bormoqda. 
Missionerlik faoliyatini iegovochilar
-
ularlarning zarracha bo‘lsa ham qiziqish bildirgan odamlarni qidirish;
-
so‘ng ularni ta’limotni qabul qilishga tayyorlash;
-
da’vat qilinayotgan odamning ongiga Bibliya kurslari va uning matnini o‘rganish orqali 
diniy ta’limotlarini singdirish; 
-
prozelitlarni suv bilan cho‘qintirish; 
-
ularni missionerlik faoliyatiga tayyorlash kabi to‘rt bosqichda amalga oshiradilar. 
Iegovochilikning o‘ziga xos jihatlaridan biri shuki, unda har bir a’zo missionerlik faoliyatida 
qatnashishi shart. Ana shunday maqsadli faoliyat natijasida iegovo shohidlari soni yildan yilga 
ortib bormoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda iegovochilar soni dunyo bo‘yicha 6,7 millionni tashkil etadi.
Iegovo shohidlarining bosh tashkiloti tomonidan adabiyotlar nashr etish, cherkovlar faoliyatini 
ta’minlashga ketadigan sarf-xarajatlardan tashqari missionerlarning kundalik xarajatlariga yiliga 
100 million AQSH dollariga yaqin mablag‘ sarflanadi.
O‘zbekistonda birinchi iegovochilar 1950-yillarning oxiri, 1960-yillarning boshlarida paydo 
bo‘lgan 1972 yilda Angren va CHirchiq shaharlarida ularning ilk jamoalari paydo bo‘ldi.
Bugungi kunda respublika bo‘yicha faqat bitta “Iegovo shohidlari” cherkovi – CHirchiq shahrida 
rasmiy faoliyat olib bormoqda. Ushbu tashkilotning mintaqaviy markazi Qozog‘iston 
Respublikasining Olma-ota Esik shahrida joylashgan bo‘lib, 72 rasmiy tashkiloti va 34 mahalliy 
jamoalarga mansub 20 ming kishini birlashtiradi. 
Hozirgi kunda nomlari yuqorida zikr etilgan protestant yo‘nalishlaridan tashqari yurtimiz 
aholisi uchun yangi bo‘lgan yana bir qator noislomiy diniy tashkilotlar ham missionerlik bilan 
shug‘ullanishga intilmoqdalar.

Download 5,44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish