miya qutisi
va
visseral
skeletga bo'linadi. Suyakli
baliqlarning bosh skeleti deyarli faqat suyak to'qimadan tashkil
topgan bir qancha ayrim suyaklardan tuzilgan.
35-rasm. Zog'ora baliqning umurtqalari:
A — tana um urtqa si, В — du m u murtqasi: 1-um urtqa tanasi, 2-ko‘ndalang
o lsimta, 3-qovurg‘a, 4-ustki yoy, 5-ustki ostist o ‘simta, 6-pastki yoy, 7-pastki ostist
o ‘simta.
Miya qutisi bir necha bo'limga bo'linib, bu bo'limlarda bir
qancha suyaklar joylashgan. Uning ensa bo'limi
ensa teshigini
(36-rasm) o'rab turadigan to'rtta ensa suyagidan tashkil top-
gan: katta ensa teshigining pastki qismida toq
asosiy ensa
suyagi,
ikki yon tomonida bir juft
yon ensa suyagi
va ustida
bitta
ustki ensa suyagi
bo'ladi.
Eshituv bo'limida eshituv kapsulasini tashkil etadigan quloq
suyaklari bor, ular zog'ora baliq miya qutisining har tomonida
to'rttadan joylashgan. Miya qutisining old qismidagi ko'z
bo'limida ko'zlararo to'siqni hosil qilishda ishtirok etuvchi
suyakli baliqlarning ko'pchiligida tog'ayligicha qoladigan
ponasimon suyaklar yoki sfenoidlar yotadi. Chunonchi: toq
asosiy ponasimon suyak,
juft
qanot-ponasimon suyak
va
juft
ko‘z-ponasimon suyak
boiadi. Bu suyaklar ko'zlararo
yupqa to'siqqa joylashganligidan ko'p hollarda tajriba vaqtida
www.ziyouz.com kutubxonasi
sinib, buzilib ketadi. Nihoyat, miya qutisining oldingi qismi,
ya’ni hidlov boiimining asosini tog'ay holicha qoladigan hid-
lov suyaklari tashkil etadi. Bu boiimda bitta oraliq hidlov
suyagi boiadi.
//
to 9 в 7 6 гг
*
s
г
j
J
36-rasm. Zog‘ora baliq bosh skeletining uzunasiga kesimi:
1-asosiy ensa suyagi, 2-yon ensa suyagi, 3-ustki ensa suyagi, 4-oldingi quloq
suyagi, 5-ustki quloq suyagi, 6 -qa not -pona simon suyak, 7-ko‘z-ponasim on suyak, 8-
parasfenoid suyagi, 9 -dimog‘ suyagi, 10-oraliq hidlov suyagi, 11-rostrum ( tumshu q)
suyagi, 12-u stk ija g‘ suyagi, 13-jag‘oldi suyagi, 14-tish suyagi, 15-jag‘ oraliq suyagi, 16-
kvadrat suyagi, 17-qanotsimon suyaklar, 18-shoxsimon til suyagi, 19-ostki halqum
tishlar, 20-jabra yoylari, 21-jabra shu’lalari, 22-asosiy pona sim on suyak, 23-kopula.
Bu suyaklarning hammasi kelib chiqishi jihatidan xondral
(birlamchi) suyaklardir. Miya qutisini ustki va ostki tomondan
qoplovchi suyaklar kelib chiqishi jihatidan qoplagich (ikkilam-
chi) suyaklardir. Ular dastlab terining biriktiruvchi to'qima
qatlamida vujudga kelgan bo'lib, so'ngra terining ostiga, ya’ni
bosh skelet tog‘ayining ustigajoylashgan. Shulardan miya qutisi-
ning ust qismiga juft bosh tepa suyagi (37-rasm), manglay
suyagi va burun suyagi, pastki qismida esa katta toq parasfe-
noid suyagi o'rnashgan. Parasfenoid suyak butun miya qutisi
uchun asosiy to'siq vazifasini bajaradi va uning oldida toq di-
mog* suyagi ham boiadi. Yuqorida aytilganlardan tashqari
miya qutisining yon tomonida ko'z kosasini har tomonlama
halqasimon o'rab olgan mayda ko'z atrof suyakchalari bor,
bulardan eng oldingisi ko'z yosh suyagidir.
64
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |