Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
144
Kichik maktab yoshi davrida faoliyatni va xulq-atvorni motivlashtirish o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. “Bolalar nimani yaxshi ko‘rishadi va nimani istashadi?” degan savolga
S.T.Shatskiy shunday javob beradi:
1. Bolalarda til topishish instinkti kuchli rivojlangan, ular bir-birlari bilan tezda
tanishib oladilar – o‘yinlar, hikoyalar, o‘zaro gap sotish, lofchilik kabilar ana shunday
instinkning belgilaridir.
2. Bolalar tabiatan mohir tadqiqotchi. Ulardagi tez qo‘zg‘aluvchanlik, oxiri
ko‘rinmaydigan savollar, hamma narsaga tegib ko‘rish, ushlab ko‘rish, tatib ko‘rishga
intilish sababi ana shunda.
3. Bolalar o‘zini ko‘rsatib turgisi keladi, o‘zi haqida, o‘z taassurotlari haqida gapirgisi,
o‘rtoqlashgisi keladi. O‘z menligini tez-tez namoish etib turishi ana shundan. Uning
fantaziyalari va tasavvurlari boy bo‘ladi – bu bolalar ijodkorligi instinktidir.
4. Bolalar hech narsadan bir narsa yaratishni, qandaydir g‘ayrioddiy narsalarni to‘qib
chiqarishni yaxshi ko‘rishadi.
5. Bolalarda xarakterning shakllanishida taqlidchanlik instinkti katta rol oʼynaydi.
Ongimizda mavjud bo‘lgan “yashirin prujinalar” haqida bilib olsak, ularga taʼsir
o‘tkazib, kishini faol, kuchga to‘lgan va harakat qilishga ishtiyoqi baland bo‘lgan holatga
keltirish mumkin. Аvvalo, insonning tabiatan ko‘pqirrali ekanligini hisobga olgan holda har
doim ham bitta kuchli stimuldan ko‘ra, bir nechta kuchsiz stimullarni qo‘llagan afzalroq.
Shunday yo‘l tutganda ulardan birontasi, albatta ish beradi. Аgar bitta kuchli stimulni
qo‘llab, unga hamma narsani tiksak, u nishonga tegmasligi mumkin. Shunday uncha kuchli
bo‘lmagan stimullar quyidagilar:
Kishining “o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rishi”ga murojaat qiling. Psixologlarning
taʼkidlashicha, bir umr omadsiz bo‘lib yashashga ko‘nikadigan odam yo‘q, sog‘lom fikrlay
oladigan har bir kishi o‘z hayotini biroz bo‘lsa-da yaxshilashga intiladi. Boladagi bu
intilishni rag‘batlantirish va faollashtirish orqali uni o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rishga undash
mumkin. Istalgan o‘quvchi ayni paytda yetarli darajada tayyorlanmayotganligini, yana-da
yaxshiroq o‘zlashtirishga harakat qilishi mumkinligini tushunadi. Xo‘sh, unga nima
yetishmaydi? Birgina tushunishining o‘zi kifoya qilmaydi, unga turtki kerak bo‘ladi.
O‘quvchining ichida bor bo‘lgan intilishga tayanib, shunday turtkini o‘qituvchi beradi.
Pedagogik adabiyotlarda o‘quvchini faoliyatga undaydigan ko‘pgina ana shunday usullar
bayon qilingan. Qo‘llaniladigan stimullarning ko‘pchiligi situatsion xususiyatga ega bo‘lib,
ular o‘quvchi shaxsiga tayanadi. Аmmo o‘quvchidagi o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish xususiyati
eʼtibordan chetda qoladi. Shuni ham qo‘shib, o‘quvchini beixtiyor “Men ham boshqalardan
kam emasman!” deyishga majbur qiling.
Shunday qilingki, o‘quvchi uning uchun g‘amxo‘rlik qilayotganligingizni sezsin va
sizga ishonsin. Shunda suhbat o‘zaro ishonch ruhida o‘tishiga imkon tug‘iladi: “Аzizbek,
sening o‘z oldingdagi, ota-onang va davlat oldidagi eng muqaddas burching – yaxshi
o‘qishdir. Hamma ham donishmand bo‘la olmaydi, lekin astoydil mehnat qilishing mumkin
va lozim. Sendan imkoni bo‘lmagan narsani hech kim talab qilmaydi. Boshqalarning
natijalari senikidan yaxshiroq bo‘lganligi uchun uyalishing yoki xafa bo‘lishing kerak emas.
Faqatgina bor kuching bilan harakat qilishing kerak boʼladi. Shunda sen, albatta,
muvaffaqiyatga erishasan”.
Yutuqlarini ko‘rsating. Shubhasiz, tashkil etiladigan o‘quv mehnati muvaffaqiyati
uchun o‘z o‘quv-biluv taraqqiyoti to‘g‘risida (boshqalarga nisbatlangan holda)
tasavvurlarining mavjudligi muhim ahamiyatga ega. Buning uchun ochiq reyting yoki
V.Shatalov tajribasidan olingan “ochiq istiqbollar tizimi” eng yaxshi vosita bo‘lib xizmat
qiladi. Bu usulni qo‘llaydigan pedagoglar o‘quvchilarning o‘qish surʼati ancha oshganlgini
Do'stlaringiz bilan baham: |