Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
141 
namoyon bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyati obʼektining ichki tarkibi va o‘ziga xosligi har bir 
alohida olingan holatlarda o‘qituvchi ijodkorligining xususiyatini belgilaydi. Аgar 
o‘quvchilar jamoasi, guruhi, alohida o‘quvchi bilan ishlashda bir xil taʼsir metodlaridan 
foydalanilsa, taʼlim jarayonida nafaqat ijodkorlik, balki ijodga o‘xshash narsa ham 
yo‘qotiladi.
O‘qituvchi doimiy ravishda o‘quvchisining rivojlanish darajasi, uning xotirasi, diqqati, 
irodasi, maqsadga yo‘nalganligi ustidan nazorat qilib boradi. Bunda nimaga asoslanadi? 
O‘qituvchi o‘z o‘quvchisi - inson haqida shoshib yomon fikrga borishi yoki uni ayblashi 
mumkin emas. Uning bosh vazifasi – o‘quvchini barcha ko‘rinishlarida o‘rganish va 
tushunishga harakat qilishdir. O‘qituvchilik kasbi o‘ylamasdan ish ko‘rishni kechirmaydi. 
O‘quvchi qalbiga chuqur kirib borish, uning ruhiyati va xarakterini anglab olish mahoratli 
o‘qituvchiga xos bo‘lgan xususiyatdir. 
Maʼlumki, o‘quv-biluv faoliyatiga motivlashtirish darsdagi mos psixologik iqlimning 
yaratilishiga ham bog‘liq. Darsda samarali psixologik muhitni qanday qilib o‘rnatish 
mumkin? Eng avvalo sinfda o‘quvchining xotirjam ishlashi uchun xalaqit beradigan, 
chalg‘itadigan, uni g‘ashiga tegadigan barcha narsalarni yo‘qotishga harakat qilish kerak.
O‘qituvchining o‘z o‘quvchilari oldiga qo‘yadigan talablari ham unda o‘quv-biluv 
motivlarining shakllanishiga katta taʼsir ko‘rsatadi. 45 daqiqali o‘quv mashg‘uloti davomida 
o‘qituvchining o‘z - o‘quvchilariga nisbatan qo‘yadigan talablarini oddiy hisoblab 
chiqilganda, ular o‘rtacha 100 ga yaqin ekanligi aniqlangan. Bu ozmi yoki ko‘pmi? Bu 
savolga javob berish uchun А.S.Makarenkoning fikrlarini eslash maqsadga muvofiq: “Аgar 
kimdir mendan pedagogik tajribam mohiyatini qisqa formulada ifodalab berishni 
so‘raganida, men shunday javob bergan bo‘lar edim: o‘quvchiga nisbatan talab qanchalik 
ko‘p bo‘lsa, hurmat ham shuncha ko‘p bo‘lishi kerak”. Аmmo bu o‘rinda gap talablarning 
sonida emas, balki qanday mazmunda ekanligidadir. 
Talab qo‘yishni qanday qilib o‘rganish mumkin? Balki sinfga kirib, o‘qituvchilar 
qanday talab qo‘yayotganligini, o‘quvchilar esa qanday qilib bajarayotganliklarinii kuzatish 
kerakdir? Ha, albatta bu kerak, busiz bo‘lmaydi. Аmmo ishni aynan shundan boshlash 
unchalik to‘g‘ri emas. Chunki biz guvohi bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan dalillar juda xilma-
xil va murakkabdir. Biz avvalo talabning tabiatini, mohiyati va tavsifnomasini bilishimiz 
kerak bo‘ladi. Talab qilish metodikasini puxta egallagan o‘qituvchilar o‘z talablari bilan 
avvalo o‘quvchilarning alohida xatti-harakatlarini stimullashtirib boradilar. Ular kimga 
qanday talab qo‘yishni, o‘quvchilar esa o‘zlariga nisbatan qanday talab qo‘yilishi 
mumkinligini biladilar va bu talablarni og‘rinmay bajarar ekanlar, shunday xulq-atvor 
uslubiga ko‘nikib boradilar. Bu esa bevosita ularda o‘quv-biluv motivlarining samarali 
shakllanib borishiga imkon yaratadi. 
To‘g‘ri talab qo‘yishning muhim omillaridan biri – bu muayyan pedagogik vaziyatni 
hisobga olishdir. Yaʼni o‘qiuvchi u yoki bu talab shaklini tanlaganda o‘sha talab 
qo‘yiladigan sharoitni ham inobatga olishi muhimdir. Eng asosiysi – o‘qituvchining talabi 
ijobiy, aniq, o‘quvchining kuchi yetadigan va oxiriga yetkaziladigan bo‘lishi kerak. 
Darsda o‘quvchi o‘quv predmeti va tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarni faol anglab 
boradi, shuningdek, o‘quvchida unga nisbatan muayyan munosabat ham shakllanadi. Baʼzi 
voqealar uni tashvishlantirsa, baʼzilariga nisbatan u loqayd bo‘ladi, nimadir unga yoqsa, 
nimadirga nisbatan befarq bo‘ladi, baʼzi o‘qituvchilarni yaxshi ko‘rsa, baʼzilariga chidashga 
majbur. Psixologlar ijobiy his-tuyg‘ularni faoliyatga yo‘llovchi va ruhlantiruvchi buyuk 
kuch deb hisoblaydilar. 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish