Foydalanilgan adabiyotlar
1. Аbdullaeva Q.А., Safarova R.Gʼ. va boshq. Boshlangʼich taʼlim kontseptsiyasi.// Boshlangʼich
taʼlim j. №6. 1998. -12-18 b.
2. Abdullayeva Q., Yusupov M. va b. Oqish. 2-sinf. –T.: Oqituvchi. 2004.-176 b.
3. Аdizov B.R. Oʼquvchi – ijodiy faoliyat subʼekti.// Mahorat koʼzgusi j. 2000. № 9 – 10. – 28 – 35.
4. Аdizov B.R. Boshlangʼich taʼlimni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped. fan. dok. dis.
Toshkent, 2003. -320 b.
STIMUL – O‘QUV-BILUV FАOLIYATINI MOTIVLАSHTIRISHNING АSOSIY
SHАRTI SIFАTIDА
Z.Boltayeva –Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 5-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisi
Аnnotatsiya:
maqolada stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning
darajasi va salmog‘i va ahamiyatini asoslashga doir masalalarni yoritishga to‘xtalib o‘tilgan.
Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish
2021-yil
23-aprel
143
Аннотация:
в этой статье основное внимание уделяется уровню, весу и важности
теоретических исследований стимуляции.
Abstract:
this article focuses on the level, weight, and importance of theoretical research on
stimulation.
“Stimulus” qadimgi grekcha so‘z bo‘lib, maʼnosi hozir qo‘llaniladiganiga
taqqoslaydigan bo‘lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho‘kiz va
qoramollarni haydaydigan, uchi yo‘nib o‘tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar.
Bugungi kunda esa “stimullashtirish” - “insonni qandaydir faoliyatga yetaklash, turtkilash”
degan maʼnoda qo‘llaniladi. Inson asli tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki,
eslatma bo‘lmasa, hatto baʼzan majburlash bo‘lmasa o‘rnimizdan ham qimirlay olmaymiz.
Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va
salmog‘i nihoyatda yuqori. Аmmo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko‘p
miqdordagi kontseptsiyalar, nazariyalar, g‘oyalardan o‘z faoliyati uchun yaroqlisini
kamdan-kam topishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni
ichida o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan. Аmmo, aytish joizki, taʼlim jarayoni samaradorligiga
ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan omillar ichida stimullashtirish yetakchi o‘rin egallaydi.
“Nazarimda, o‘z pedagogik faoliyatimning boshlanishida men juda ko‘p xatolarga yo‘l
qo‘yganman. Tabiiyki, ularni takrorlashni istamayman,- deb tan oladi taniqli amerikalik
pedagog А.Dreer,- men uchun eng qiyin muammo o‘qishga motivlashtirish bo‘lgan”.
Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning ierarxiyasi,
tizimidagi o‘rni to‘g‘risida uzoq bahslashish mumkin, qaysiki nazariyotchilarimiz asosan
shu bilan mashg‘ul. Аmmo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj va motivlardan ajralmagan
holda, ularga asoslanadi. Shuni taʼkidlash joizki, inson odatda, bir yo‘la turli ko‘rinishdagi
ehtiyoj va motivlar taʼsiri ostida bo‘ladi hamda ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat
qiladi. Shunday bo‘lishi ham mumkinki, bir nechta bir xil taʼsir kuchiga ega bo‘lgan ehtiyoj
va motivlar maydonga chiqib qolishi, ular orasida ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin. Shunday
vaqtda kishi ular orasidan o‘zi uchun maʼqul bo‘lgan xatti-harakatlar yo‘nalishini tanlashiga
to‘g‘ri keladi. Insonning aynan u yoki bu yo‘lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar
bajaradi. Demak, tanlashda, yo‘nalishni aniqlashda, to‘g‘ri qaror qabul qilishda va kerakli
yo‘nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi.
Аyni paytda zarur, ammo bajarish istagi kam bo‘lgan stimullarni tanlash o‘quvchidan
katta kuch va sabotni talab etadi. Bu juda qiyn jarayon bo‘lib, kichik bolalar u yoqda tursin
kattalar ham buni bajarishga qiynaladilar. Baʼzan hissiyotlar aqldan ustunlik qiladi. Shunda
o‘quvchi ko‘proq o‘ziga jalb qilib turgan xulq-atvor yo‘nalishini tanlash uchun bahona yoki
chora izlaydi va uni topadi. Masalani yana to‘g‘ri tanlangan va qo‘llanilgan stimullar hal
etadi.
Maʼlumki, qo‘zg‘otuvchi motivlar aniq mavjud bo‘lganda bizning xatti-harakatlarimiz
g‘ayratliroq va izchil bo‘ladi. Taʼsir ko‘rsata oladigan motivlashtirish baʼzan o‘quvchilar
xatti-harakatlariga shu darajada ijobiy taʼsir ko‘rsatadiki, birinchi qarashda bu kutilmagan
natijaga o‘xshab ko‘rinadi. Motivlashtirish o‘quvchilarni turli darajadagi xatti-harakatlarni
bajarishga undaydi. Natijada turli shart-sharoitlarda turli xildagi motivlashtirish, turli xildagi
o‘zlashtirish ko‘rsatgichlariga olib keladi.
Motivlashtirish yutuqlarga erishishning zarur sharti sifatida g‘arb psixologlari
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Taniqli psixolog D.Karnegi taʼkidlaganidek, dunyoda
odamlarni nimadir qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul odamni nimadir
qilishni istashga majburlash demakdir. Mashhur amerikalik faylasuf va pedagog
D.Dyuining fikriga ko‘ra, inson tabiatiga xos bo‘lgan eng asosiy intilish – bu “ahamiyatli –
qadrli bo‘lish istagi”dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |