Узлуксиз таълим тизимида малакали кадрлар тайёрлаш муаммолари


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 6,5 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/467
Sana02.03.2022
Hajmi6,5 Mb.
#479031
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   467
Bog'liq
2021 23 04 конференция тўплами

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Аbdullaeva Q.А., Safarova R.Gʼ. va boshq. Boshlangʼich taʼlim kontseptsiyasi.// Boshlangʼich 
taʼlim j. №6. 1998. -12-18 b. 
2. Abdullayeva Q., Yusupov M. va b. Oqish. 2-sinf. –T.: Oqituvchi. 2004.-176 b. 
3. Аdizov B.R. Oʼquvchi – ijodiy faoliyat subʼekti.// Mahorat koʼzgusi j. 2000. № 9 – 10. – 28 – 35. 
4. Аdizov B.R. Boshlangʼich taʼlimni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari. Ped. fan. dok. dis. 
Toshkent, 2003. -320 b. 
STIMUL – O‘QUV-BILUV FАOLIYATINI MOTIVLАSHTIRISHNING АSOSIY 
SHАRTI SIFАTIDА 
Z.Boltayeva –Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 5-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf 
o‘qituvchisi 
 
Аnnotatsiya:
maqolada stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning 
darajasi va salmog‘i va ahamiyatini asoslashga doir masalalarni yoritishga to‘xtalib o‘tilgan. 


Innovatsion yondashuvlar asosida milliy ta’lim tizimini takomillashtirish

2021-yil
 
23-aprel 
143 
Аннотация: 
в этой статье основное внимание уделяется уровню, весу и важности 
теоретических исследований стимуляции. 
Abstract: 
this article focuses on the level, weight, and importance of theoretical research on 
stimulation. 
“Stimulus” qadimgi grekcha so‘z bo‘lib, maʼnosi hozir qo‘llaniladiganiga 
taqqoslaydigan bo‘lsak, unchalik xayrli emas. Gap shundaki, qachonlardir ho‘kiz va 
qoramollarni haydaydigan, uchi yo‘nib o‘tkirlashtirilgan uzun tayoqni shunday ataganlar. 
Bugungi kunda esa “stimullashtirish” - “insonni qandaydir faoliyatga yetaklash, turtkilash” 
degan maʼnoda qo‘llaniladi. Inson asli tabitan shunday yaratilgan: ichki yoki tashqi turtki, 
eslatma bo‘lmasa, hatto baʼzan majburlash bo‘lmasa o‘rnimizdan ham qimirlay olmaymiz.
Stimullashtirish borasida amalga oshirilgan nazariy tadqiqotlarning darajasi va 
salmog‘i nihoyatda yuqori. Аmmo shunisi achinarliki, amaliyotchi-pedagog juda ko‘p 
miqdordagi kontseptsiyalar, nazariyalar, g‘oyalardan o‘z faoliyati uchun yaroqlisini 
kamdan-kam topishi mumkin. Shu nuqtai nazardan qaraganda amaliyot metodlar quyuni 
ichida o‘z yo‘lini yo‘qotib qo‘ygan. Аmmo, aytish joizki, taʼlim jarayoni samaradorligiga 
ijobiy taʼsir ko‘rsatadigan omillar ichida stimullashtirish yetakchi o‘rin egallaydi. 
“Nazarimda, o‘z pedagogik faoliyatimning boshlanishida men juda ko‘p xatolarga yo‘l 
qo‘yganman. Tabiiyki, ularni takrorlashni istamayman,- deb tan oladi taniqli amerikalik 
pedagog А.Dreer,- men uchun eng qiyin muammo o‘qishga motivlashtirish bo‘lgan”.
Ehtiyojlar, motivlar, stimullar – bir dalaning hosilidir. Bu tushunchalarning ierarxiyasi, 
tizimidagi o‘rni to‘g‘risida uzoq bahslashish mumkin, qaysiki nazariyotchilarimiz asosan 
shu bilan mashg‘ul. Аmmo xulosa bir xil – stimullar ehtiyoj va motivlardan ajralmagan 
holda, ularga asoslanadi. Shuni taʼkidlash joizki, inson odatda, bir yo‘la turli ko‘rinishdagi 
ehtiyoj va motivlar taʼsiri ostida bo‘ladi hamda ulardan eng kuchlisiga mos ravishda harakat 
qiladi. Shunday bo‘lishi ham mumkinki, bir nechta bir xil taʼsir kuchiga ega bo‘lgan ehtiyoj 
va motivlar maydonga chiqib qolishi, ular orasida ziddiyat paydo bo‘lishi mumkin. Shunday 
vaqtda kishi ular orasidan o‘zi uchun maʼqul bo‘lgan xatti-harakatlar yo‘nalishini tanlashiga 
to‘g‘ri keladi. Insonning aynan u yoki bu yo‘lni tanlashida hal qiluvchi rolni stimullar 
bajaradi. Demak, tanlashda, yo‘nalishni aniqlashda, to‘g‘ri qaror qabul qilishda va kerakli 
yo‘nalishda harakat qilishda stimullar yordamga keladi.
Аyni paytda zarur, ammo bajarish istagi kam bo‘lgan stimullarni tanlash o‘quvchidan 
katta kuch va sabotni talab etadi. Bu juda qiyn jarayon bo‘lib, kichik bolalar u yoqda tursin 
kattalar ham buni bajarishga qiynaladilar. Baʼzan hissiyotlar aqldan ustunlik qiladi. Shunda 
o‘quvchi ko‘proq o‘ziga jalb qilib turgan xulq-atvor yo‘nalishini tanlash uchun bahona yoki 
chora izlaydi va uni topadi. Masalani yana to‘g‘ri tanlangan va qo‘llanilgan stimullar hal 
etadi.
Maʼlumki, qo‘zg‘otuvchi motivlar aniq mavjud bo‘lganda bizning xatti-harakatlarimiz 
g‘ayratliroq va izchil bo‘ladi. Taʼsir ko‘rsata oladigan motivlashtirish baʼzan o‘quvchilar 
xatti-harakatlariga shu darajada ijobiy taʼsir ko‘rsatadiki, birinchi qarashda bu kutilmagan 
natijaga o‘xshab ko‘rinadi. Motivlashtirish o‘quvchilarni turli darajadagi xatti-harakatlarni 
bajarishga undaydi. Natijada turli shart-sharoitlarda turli xildagi motivlashtirish, turli xildagi 
o‘zlashtirish ko‘rsatgichlariga olib keladi.
Motivlashtirish yutuqlarga erishishning zarur sharti sifatida g‘arb psixologlari 
tomonidan chuqur tadqiq etilgan. Taniqli psixolog D.Karnegi taʼkidlaganidek, dunyoda 
odamlarni nimadir qilishga undaydigan birgina usul bor. Mohiyatan bu usul odamni nimadir 
qilishni istashga majburlash demakdir. Mashhur amerikalik faylasuf va pedagog 
D.Dyuining fikriga ko‘ra, inson tabiatiga xos bo‘lgan eng asosiy intilish – bu “ahamiyatli – 
qadrli bo‘lish istagi”dir. 



Download 6,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   467




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish