Harakat.
Borliqning atributlari ichida uning asosiy mavjudlik usulini ifoda
etuvchi xususiyati harakat hisoblanadi. CHunki borliq harakatsiz o‘zining
strukturaviy yaxlitligini saqlay olmaydi.
Borliqning mavjudligi undagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi. Agar o‘zgarish
bo‘lmasa, borliqning bor yoki yo‘qligi noma’lumligicha qolardi. Har qanday
o‘zgarish - harakatdir. O‘zgarishlar nafaqat moddiy ob’ektlarga, balki ma’naviy,
g‘oyaviy ob’ektlarga ham xosdir. Har qanday (moddiy yoki g‘oyaviy) ob’ektning
mavjudligi undagi harakat va o‘zgarishlar tufayli namoyon bo‘ladi. SHu sababli
harakat borliqning asosiy mavjudlik usulidir. Falsafiy adabiyotlarda moddiy
borliqning quyidagi harakat shakllarini ajratib ko‘rsatishadi: 1) moddiy
harakatning eng sodda shakli - mexanik harakat (uni moddiy nuqtalarning fazodagi
siljishi deb ta’riflashadi); 2) fizik harakat (elementar zarachalar, atom yadrosi va
atomning harakatidan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va
maydon harakatigacha, yorug‘likdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha
barchasi shu harakat shakliga mansubdir); 3) ximiyaviy harakat (bunga
molekulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiatsiyasi, ionlar harakati, moddaning
muzlashi va kristallanish jarayonlari, ximiyaviy reaksiyalar, ximiyaviy sintez va
parchalanish, yonish va oksidlanish va boshqa ximiyaviy jarayonlar kiradi); 4)
biologik harakat (hayotiy jarayonlar); 5) sotsial (yoki ijtimoiy) harakat
(jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon bo‘lishi). Bulardan tashqari, inson
aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan ideal, g‘oyaviy,
ma’naviy ko‘rinishdagi harakat shakllari ham mavjuddir.
Harakatning eng sodda shakli mexanik harakat bo‘lib, uning manbai tashqi
ta’sirda, harakatning murakkab shakllarining manbai esa ichki aloqadorliklarda.
Faylasuflar qadimdan harakat va uning manbalari haqida xilma-xil konsepsiyalarni
ilgari surib kelishadi. Ayrim faylasuflar hatto harakatning mavjudligini ham inkor
etgan. Ioniya maktabiga mansub faylasuflardan Eleylik Zenon harakatning
yo‘qligini o‘zining «Axill va toshbaqa», «Dixatomiya», «Uchayotgan kamon o‘qi»
kabi mashhur aporiya (yunon. aporia - ilojsiz vaziyat)larida harakatning yo‘qligini
isbotlashga uringan. Buni dastlab, Arastu yaxshi tushunib etdi. SHarq falsafasida
esa Forobiyning falsafiy risolalarida bu muammo yaxshi asoslab berilgan. YAngi
davr falsafasida G.Xegel harakatning mohiyatini formal mantiq vositasida
ifodalash mumkin emasligi, uni faqatgina dialektik mantiq doirasidagina asoslash
mumkinligini ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |