Мавзу: Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммолари



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/333
Sana02.03.2022
Hajmi2,63 Mb.
#478825
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   333
Bog'liq
Ìàâçó Ôàëñàôà ôàíèíèíã ïðåäìåòè, ìà=ñàäè, âàçèôàëàðè âà ìóàì

Plyuralizm
(lot. pluralis - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning
asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi. Ayrim
plyuralistlar moddiy negizlarga urg‘u berishadi. Ularni materialistik plyuralizm
vakillari deyish mumkin. Masalan, qadimgi xitoy, qadimgi hind, qadimgi yunon
materialistlari borliq olov, suv, havo va tuproqdan tashkil topgan deyishgan.


Boshqa yo‘nalishdagi plyuralistlar esa ma’naviy, g‘oyaviy substansiyalarga
ustuvorlik berishgan (ularni idealistik plyuralizm vakillari deyishadi). Masalan,
Max va Avenarius dunyoning asosida yotuvchi elementlar turli shakldagi
sezgilardan iboratdir, deb hisoblaydi. SHuningdek, dunyoning asosida ko‘plab ham
moddiy, ham ma’naviy (bir xil darajada) elementlar yotadi (Demokritda bu
elementlar atomlar, Leybnitsda g‘oyaviy monadalar) deb hisoblovchi plyuralistlar
ham bor.
2.
Borliqning moddiy shakli
materiya
o‘ziga barcha jismlarni, hodisalarni,
jarayonlarni va ularning xususiyatlarini qamrab oladi. Bundan tashqari u tafakkurni
ham, olamda mavjud bo‘lgan barcha aloqadorliklarni va munosabatlarni ham qamrab
oluvchi umumiy falsafiy tushunchadir. Materialistlar materiyani ob’ektiv reallik, deb
ta’riflashadi. Ob’ektiv reallik inson sezgilariga bog‘liq bo‘lmagan holda, undan
tashqarida mavjud bo‘lgan voqelikdir. Bu butun mavjudlikning sub’ektiv reallikdan
tashqaridagi qismi hisoblanadi. 
Materiya
moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda,
materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ayrim predmet yoki biror
konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning
hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks
ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim
odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Umuman odam - bu ayrim odamlarga xos
umumiy belgilarni aks ettiruvchi abstraksiyadir. SHunga o‘xshash materiya
tushunchasi ham abstraksiyadir. U mavjud bo‘lgan butun ob’ektiv reallikni qamrab
oluvchi falsafiy kategoriyadir. Materiya ongdan mustaqil ravishda va unga bog‘liq
bo‘lmagan holda mavjud bo‘ladi. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha
narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umumiylik
(universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob’ektiv reallikni ifodalovchi
kategoriyadir.
Materiya to‘g‘risidagi falsafiy ta’limotning asosiy tomonlari quyidagilardan
iboratdir:
- materiya kategoriyasining universalligini, yalpi umumiyligini tan olish;
- materiya kategoriyasining falsafiy abstraksiya ekanligini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning ob’ektivligini tan olish;
- materiyaning rivojlanishini va moddiy sistemalarning evolyusiyasini tan olish;
- materiya va moddiy sistemalarning nihoyasizligini, bitmas-tuganmasligini,
cheksizligini tan olish.
Materiya va moddiy ob’ektlar xilma-xil ko‘rinishlarda va shakllarda uchraydi.
Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya’ni u strukturali - turli xil strukturaviy
elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan
moddiy ob’ektlar rivojlanishga egadir.
Materiya va moddiy sistemalar, ob’ektiv dunyoning tuzilishi xususiyatlariga
ko‘ra, turli xil strukturaviy darajalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday darajalarni
moddiy sistemalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: a)
tashkiliy-struktura darajalari va b) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish
mumkin. 



Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   333




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish