afzalligini ko`rsatib berdi (m.a. 594 y.). Islohot tufayli kulni qarzga berish taqiqlandi. Afinada
Perikl (m.a. 444/443-429 yy.) tomonidan olib borilgan ishlar muhim ahamiyat kasb etdi. qurilish,
hunarmandchilik, savdo o`sdi. Shu davrda fuqarolar va fuqaro bo`lmagan aholini bir-biriga
qarama-qarshi qo`yadigan qonunlar qabul qilindi. Bu ishlar qullarni
hunarmandchilik va savdo
sohalarida beayov ekspluatatsiya qilish, savdo va pul xo`jaligini rivojlantirish hisobiga amalga
oshirildi.
Qulchilik o`z tabiatiga ko`ra insonga yot, u majburiylikni talab etgan, oqibatda ma'lum
davrdan inqirozga uchray boshlagan. Shu davrda iqtisodiy g`oyalar tobora reaksionlashib,
davlatni, aristokratiyani himoya qilish, natural xo`jalikni yoqlash yo`lini
tanlaydi, ya'ni sinfiy
xarakterga ega bo`la boradi. Bu yo`nalish Ksenofont (taxminan m.a. 430-354 yy.), Platon
(Aflotun, taxminan m.a. 427-347 yy.), Aristotel (Arastu, m.a. 384-322 yy.) larning iqtisodiy
qarashlarida yaqqol namoyon bo`ldi.
"Ekonomiya" so`zi ("oykonomiya": - "oykos" - uy, xo`jalik va "nomos" - qonun, qoida)
tom ma'noda uy xo`jaligi to`g`risida qoida mazmuniga ega bo`lib, Ksenofontning maxsus
asarining sarlavhasi bo`lgan.
Ksenofont quldorlar mafkurasining
himoyachisi hisoblanadi, qulchilikni tabiiy,
obyektiv jarayon deb baholaydi, qul mehnatiga asoslangan natural xo`jalikni ulug`laydi. U
ayniqsa qishloq xo`jaligi, dehqonchilikni farovonlik manbayi deb bilgan. Dehqonchilik tufayli
odamlar o`zlariga hayot uchun kerakli hamma narsani oladilar. Dalada ishlash sog`liq uchun ham
foydali (toza havo), ham iqtisodiy naf keltiradi.
U rahbarlar va ijrochilar mehnatini farqlaydi. Uningcha
ijrochilar jismoniy mehnat
bilan shug`ullanadilar. Rahbarlar mehnati bilan erkin odamlar, jismoniy mehnat bilan esa qullar
band bo`lishlari kerak. Xo`jalik faoliyati davomida foydali buyumlar, ya'ni iste'mol qiymatlari
yaratiladi. qadimgi yunon olimlari ichida birinchi bo`lib, mehnat taqsimotining ahamiyatini
tushundi, ko`proq, ortiqcha foyda olish, "xo`jalikni boyitish" uchun qullar talabini imkon boricha
kamroq qondirishni tavsiya etgan. Mehnat taqsimoti bilan bozor kattaligi,
mahsulotning
almashuv qiymati orasida uzviy bog`lanish borligiga e'tibor bergan. Pulning muomala
vositasidan tashqari, kapital sifatida jamg`arish funksiyasini ham tan olgan (pulning boshqa
funksiyalari inkor etiladi).
Platon
(Aflotun) "Davlat" va "Qonunlar" asarlarida ideal davlat qanday bo`lishi
kerakligini ochib bermoqchi bo`ldi. Uningcha,
bu davrda
xususiy mulk va erkin xo`jalik tashabbusiga o`rin yo`q. U
aholini uch toifaga ajratgan:
1. Faylasuflar - davlatni boshqaruvchilar;
2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir
qismi bo`lib, ular biror mulk egasi bo`lish huquqiga ega emas,
iste'mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo`lishi kerak.
3. "Qora" toifa - dehqon, hunarmand va savdogarlardan
bo`lib, ular mulk egasi bo`lishi kerak.
Bu
olimning
mehnat
taqsimoti,
tovar,
pul
va
savdogarlarning
ajralib
chiqishi
o`rtasidagi
aloqadorlik
to`g`risidagi fikrini o`sha davr uchun buyuk kashfiyot deb
baholash mumkin. Ammo, Aflotun
qulchilikka asoslangan
natural xo`jalikni himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga harakat
qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi; u sudxo`rlik operatsiyalarini
inkor etdi va baholarni me'yorda saqlash yo`li bilan savdogarlarning foydasini chegaralashni
talab qildi. Aflotun qullarni fuqarolar deb tan olmadi va ularni biror toifaga kiritmadi (demak,
ular mulk egasi ham bo`lishi mumkin emas). qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar
Do'stlaringiz bilan baham: