Xalifalar al-Mansur
(754-776),
Horun ar-Rashid
(786-809),
Ma’mun
(813-
833) hukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlaridan qilingan tarjimalarga
qiziqish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Yevklid kabi yunon
faylasuflarining ilmiy merosi о‘rganildi. IX asr boshida Bag‘dodda «Dor ul hikmat»
«Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif
qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshqa
fanlarni sinchiklab о‘rgandilar.
IX asrlar boshlangan arab istilosiga qarshi kurash mustaqil davlat qurish va
xalifalikka qaramlikdan xalos bо‘lish uchun kurashga aylandi. Natijada Markaziy
Osiyo mо‘g‘ullar istilosini boshdan kechirdi va unga qarshi kurash jarayonida XIII
39
asr boshlarida bir necha davlatlar – Tohiriylar, Somoniylar, Saljuqiylar va
G‘aznaviylar davlatlari paydo bо‘lib, ular keyinchalik tor-mor qilindi.
IX asr boshlarida dastlab Somoniylar davlati vujudga kelgan bо‘lsa, XIII asrning
20-yillarida Xorazmiylar davlati mо‘g‘ullarning uzluksiz hujumi ostida qoldi. Biroq,
kо‘p asrlik urushlarga qaramay, Markaziy Osiyoda madaniyat, fan, san’at va adabiyot
rivojlanishda davom etdi.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqa
buyuk allomalar yashab ijod qildilar.
Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga kо‘ra о‘sha davrni Markaziy Osiyo uyg‘onish
davri deb nomlash mumkin. Uyg‘onish davri fani va madaniyatining о‘ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat:
1. Barcha odamlarni ma’rifatli qilishga intilish, bu yо‘lda о‘tmish merosidan, va
qо‘shni mamlakatlarning fan, madaniyat yutuqlaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va
ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;
2. Tabiatni о‘rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni, oqilonalikka tayanib rivojlantirish,
aqlning kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson
bilimining negizi deb bilish;
3.
Insonga
xos
tabiiy,
badiiy,
ma’naviy fazilatlarini yuksaltirish,
insonparvarlikni ulug‘lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga
rioya qilish.
4. Universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish
bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir.
Bu davr madaniyati umuminsoniy qadriyatlarning rivojlanishiga xizmat qilgan.
Savdo-sotiqning rivojlanishi, iqtisodiy aloqalarning kengayishi, xalifalikning turli
viloyatlari о‘rtasida madaniy qadriyatlar almashinuvi va uning boshqa mamlakatlar
bilan aloqalarining kuchayishi, tabiiy va madaniy boyliklar, turli xalqlarning
an’analari, tili va tarixini о‘rganish bilishning eng tо‘g‘ri yо‘llari va usullarini
yaratish, bilish jarayonining butun apparatini takomillashtirishga bо‘lgan ehtiyojni
kuchaytirdi. Fanning optika, matematika, astronomiya kabi tarmoqlarining jadal
rivojlanishi tabiatni chuqur о‘rganish va tadqiqot metodlarini kengaytirishga
40
imkoniyat yaratdi. О‘rta asrlarda Sharq falsafasi mifologiya va din qо‘ynidagina
emas, balki fan qо‘ynida ham rivojlanadi. Sharq olimlari matematika, astronomiya,
geografiya, tibbiyot, tarix, alximiya sohasida qо‘lga kiritgan yutuqlar ma’lum. Odatda
tabib, munajjim, sayyoh bо‘lgan Sharq faylasuflari asbtrakt mulohazalardan kо‘ra
kо‘proq tabiatshunoslik va tajribaga tayanganlar.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyandalari orasida о‘rta osiyolik mashhur
faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va О‘rta Sharqda aristotelizm asoschilaridan biri
Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino (Avitsenna), atoqli astronom, matematik,
shoir va mutafakkir Umar Xayyom, tabib va faylasuf Ibn Rushd (Averroes) bor.
Forobiy
(870-950) falsafa va tabiiy fanlar tarixiga oid yuzga yaqin asar
muallifidir. U fanlar bilish vositalari ekanligidan kelib chiqqan. Bunda mutafakkir
nazariy (mantiq, falsafa, tabiiy fanlar) va amaliy (axloq, siyosat) fanlarni farqlagan.
Fanlar tizimida u insonga haqiqiy bilimni soxta bilimdan farqlash imkonini beruvchi
mantiqni birinchi о‘ringa qо‘ygan. Ayni shu sababli faylasuf inson tafakkuriga
alohida e’tibor bergan. Aynan falsafa insonga borliqning mohiyatini tushunish
imkonini beradi. Borliq «yagona» va ayni vaqtda «kо‘p»dir. Borliqning mazkur
holati emanatsiya, ya’ni «yagona» muhitdan borliqning turli muhitlari kelib chiqishi
mahsulidir. Forobiy asarlarida dunyo bir-biriga kiruvchi tо‘qqiz gumbaz kо‘rinishida
namoyon bо‘ladi. Bu gumbazlarda ularning Yer atrofida aylanishi sababi hisoblangan
jonlar yashaydi. Gumbazlar о‘z harakatini dastlabki turtkidan boshlagan. Forobiy
dunyoning rang-barangligini tushuntirish uchun Aristotelning shakl va materiya
haqidagi ta’limotidan foydalangan. U jonning umrboqiyligi haqidagi masalada Platon
fikriga qо‘shilmagan, chunki uning paydo bо‘lishi va о‘limi tananing paydo bо‘lishi
va о‘limi bilan bir vaqtda yuz beradi, deb hisoblagan. Ayni shu sababli Forobiyda
bilish nazariyasi Platondagi kabi xotirlash nazariyasi emas, balki dunyoni sezgi va aql
birligi sifatida anglab yetish nazariyasidir. Bunda aqlli jon narsalar tabiatini sezgilar
idrokidan foydalanib anglab yetadi. Narsalarning mohiyati aql bilan anglab yetiladi.
Bunda aql avvalo mantiqqa tayanishi, lekin sezgi a’zolari beruvchi materialdan
foydalanishi lozim.
41
Forobiy borliqning birinchi sababi va harakat manbai sifatida Xudo mavjud deb
hisoblagan bо‘lsa-da, uning falsafasi bilish va borliqning murakkab masalalarini
yechishga intilish bilan tavsiflanadi. Ayni shu sababli faylasuf borliqning holatlarini,
uning shakllarini: oddiy elementlar – havo, olov, yer, suvni; shuningdek minerallar,
о‘simliklar, hayvonlar, inson va osmon jismlarini sinchiklab о‘rganadi. Shu tariqa u
tashqi dunyoning obyektiv mavjudligiga urg‘u beradi. Forobiyning falsafiy qarashlari
Sharq falsafasining rivojlanishiga kuchli ta’sir kо‘rsatdi.
Forobiyning gnoseologiyasi tabiatshunoslik, matematika, musiqa, tilshunoslik
va boshqa fanlar sohasidagi bilimlarga asoslanadi. U tabiat insondan tashqarida va
unga bog‘liq bо‘lmagan holda mavjuddir, deb hisoblaydi. Farobiy fikricha, obyekt
subyektga qadar mavjud bо‘lgan. Seziladigan narsalar sezgilardan oldin paydo
bо‘lganidek, bilish mumkin bо‘lgan narsalar ham bilishdan oldin paydo bо‘lgan.
Forobiy fikricha, inson bilimlarni tashqi dunyodagi hodisalarni bilish jarayonida
о‘zlashtiradi. Bu jarayon sezish, idrok etish, xotira, tasavvur qilish va eng muhimi –
mantiqiy mulohaza yuritish, tafakkur kabi usullarni qamrab oladi. Bu vositalar
yordamida inson fanni о‘rganadi. Forobiy «Fan va san’atning о‘ziga xos
xususiyatlari» asarida tabiatni bilishning uzluksizligini, bilish – bu bilishdan bilimga,
sababni bilishdan oqibatni bilishga, hodisani bilishdan mohiyatni bilishga eltuvchi
yо‘l ekanligini qayd etadi.
Forobiy fikricha, inson paydo bо‘lganidan sо‘ng avvalo «oziqlantiruvchi kuch»
paydo bо‘ladi, uning yordamida oziqlanish jarayoni yuz beradi. Sо‘ngra sezgi
organlari paydo bо‘ladi, ular insonga sezish, tasavvur qilish qobiliyatvaxotirani
beradi. Shundan keyingina inson «orzu kuchi» yordamida bilim va hunarlarni
о‘zlashtiradi, foydali narsalarni foydasiz narsalardan farqlaydi, о‘z xulq-atvorini
tartibga soladi. Forobiy insonning barcha kuchlari ma’lum sezgi organlari bilan
moddiy sabab orqali bog‘lanadi, bu kuchlarning birortasi ham moddiy sababsiz
mavjud bо‘la olmaydi, deb hisoblaydi.
Forobiy inson ruhining bir tanadan boshqa tanaga о‘tishini qat’iyan rad etadi va
ruh ham, tana kabi substansiyalarning individual birligidan iborat, deb hisoblaydi.
42
Uning fikri noizchil bо‘lgan. Bunday noizchillik Aristotelning bilish nazariyasida
ham kuzatiladi.
Aristotelga ergashib Forobiy ham ayrim narsalar birlamchi, mavjud
tushunchalar va g‘oyalar – ikkilamchidir va ular aqlda muayyan narsalarning
mavhumlashishi natijasida paydo bо‘ladi, deb hisoblaydi. Forobiyning bu g‘oyalari
universaliyalar va umumiy tushunchalar haqidagi qarashlarida yanada aniqroq
namoyon bо‘ladi. Universaliyalar mavjud bо‘lgani uchun ham umumiy tushunchalar
mavjuddir, deb hisoblaydi buyuk mutafakkir.
Bilish bosqichlari о‘rtasidagi farqlarni tushunish Forobiyga bilish yо‘llari
tо‘g‘risida mulohaza yuritish imkonini beradi. Bilishning fiziklar foydalanuvchi
birinchi yо‘li sezishdan boshlanishi lozim, chunki tana sezgiga yaqinroqdir. Bu hol
sezgilar muayyan narsalarni aks ettirishi bilan izohlanadi. Narsalar sezgi organlarida
aks etgach, jismni va uning yuzasi, chiziqlari va nuqtalarini mavxum о‘rganishga
о‘tishi lozim. Matematiklar jismning u yoki bu jihatlarini teranroq bilish uchun
foydalanuvchi bilishning ikkinchi yо‘li mavhumlashtirishdan boshlanishi darkor.
Bilishni mavxum nuqtadan boshlagan aql muayyan jism bо‘ylab harakatlana
boshlaydi, mavxum chiziq, yuza, jismni anglaydi va sо‘ngra muayyan jismni
tushunib yetadi.
Forobiy g‘oyalari nafaqat Sharq fanining, balki G‘arb ijtimoiy-falsafiy
tafakkurining rivojida ham muhim rol о‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |