O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti turdali toshmirzayevich malikov



Download 3,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/210
Sana02.03.2022
Hajmi3,63 Mb.
#478462
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   210
Bog'liq
falsafa-1

xanafiylik
yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi. 


36 
Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o’tish va Arab davlatining 
tashkil topishi davrida paydo bo’ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo’lgan Qur’onda 
mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo’lib, arab qabilalarining yagona davlat 
hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi. 
Qur’on
(arabcha qara’a o’qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi 
bo’lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad s.a.v. payg’ambar tomonidan 
yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko’rinishda Qur’on 
114 suraga (boblar) bo’lingan bo’lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi 
tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»), 
«Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur’on Muhammad (s.a.v.) 
vafotlaridan keyin to’plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy 
matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O’rta asrlarda muomalada 
bo’lgan Qur’onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur’onning rasmiy 
Usmon matni VII asrning boshlarigacha o’zgarishlarga (qisqartirishlar va 
qo’shimchalarga) duchor bo’ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi. 
Qur’on mazmuni xilma-xil bo’lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga 
bo’lish mumkin: 
1) afsungarlik (shemanlik) o’qishlari; 2) narigi dunyo, ya’ni oxirat; 3) qadimgi 
arablar og’zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va 
afsonalar; 5) huquqiy meyorlar. Bu materiallarning barchasi Qur’onda tizimga 
solinmagan holda joylashtirilgan. Qur’on xususiy mulkni saqlash va qo’riqlashga 
alohida diqqat-e’tibor qaratadi. Shuning uchun Qur’onda mulkni merosga olish, 
vasiylik va boshqalar haqida aniq ko’rsatmalar bor. Mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni 
(jumladan, qullikni) Qur’on Alloh tomonidan o’rnatilgan tartib hisoblaydi. 
Qur’on va Muhammad (s.a.v.) payg’ambar hadislari amriga ko’ra, insonlar 
o’rtasida haqiqiy va adolatli munosabatlar o’rnatishning asosiy va zaruriy sharti 
tinchlikdir. Bundan tashqari, haqiqiy musulmon bu hamma vaqt adolat uchun 
murosasiz ravishda dadil kurashadigan kurashchidir. Ammo buning uchun, uning dini 
bu oliy tushunchaga qanday ma’no sig’dirganligini bilish uchun, uning o’zi yetarli 
darajada yaxshi bilimlar bilan qurollangan bo’lmog’i lozim. Masalan, u shuni 


37 
bilmog’i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom odamlar orasida qandaydir majhul va 
mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim sohalarida, ya’ni ijtimoiy 
foydali mehnat, ta’lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy yordamdan 
foydalanish va boshqa ijtimoiy xizmatlar boyicha barcha uchun teng imkoniyatlar 
yaratishni ko’zda tutadi. Odilona yo’l tutgan xalifalar davri umumiy tarzda ana 
shunday alomatlar bilan belgilangan edi. Ma’lumki, xalifa Umar ibn al-Xattob Islom 
amr qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy 
meyorlarini hayotga tatbiq qilishda ayniqsa mashhur bo’lgan edi. U hech 
ikkilanmasdan qudratmand va boy kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar 
edi. Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning ko’plab boshqa sahobalari ham bunday 
mustahkam qoidalarga tayanar va unga rioya etar edilar. 
Qur’onga qo’shimcha sifatida Muhammad (s.a.v) payg’ambarga nisbat 
beriladigan, u kishining hatti-harakatlari va hukmlarini hikoya qiluvchi juda ko’p 
xadislardan iborat 
sunna 
(musulmoncha muqaddas rivoyatlar) vujudga keltirildi. 
Sunnada xalifatdagi qarama-qarshi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda 
islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik falsafiy tizimlar ta’siri o’z aksini topgan. 
Ma’lumki, Qur’on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning 
murakkab joylarini qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini 
muayyanlashtirib, uni to’ldiradi. Hadislar Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham bo’lib, 
musulmonlarni hayotning barcha sohalariga yo’naltiradi. U kishi shunday degan: 
«Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hech 
qachon adashmaysizlar, bu -Qur’on va mening sunnatimdir»
3

Muhammad (s.a.v) payg’ambarning birinchi sahobalaridan boshlab, haqiqiy 
musulmonlar hamma vaqt u kishining rivoyatlari va aytganlari haqida ishonchli 
bilimga ega bo’lishga va uni o’rganishga alohida e’tibor berdilar. Ularni esda saqlab, 
ehtiyotkorlik bilan boshqa odamlarga yetkazishga harakat qildilar. Muhammad 
(s.a.v.) hayotlari vaqtida 
islom shariatining
asosi Qur’on va u kishining o’zlarining 
namunaviy hayoti sunna edi. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin islomning juda 
tez va keng tarqalishi diniy ilmlar qonun-qoidalarini rivojlantirishni dolzarb 
3
Falsafa. Darslik. M.Axmedova umumiy tahriri ostida. T.: O’FMJ, 2006. 339 b 


38 
zaruriyatga aylantirdi. Bu maqsadda juda tezlik bilan turli-tuman joylarda ko’plab 
markazlar shakllana boshladi. 
Hadislar ishonchli deb faqat shundagina tan olinishi mumkin ediki, uni rivoyat 
qiluvchilar zanjirining barcha bo’g’inlari aniqlangan bo’lsa, hadislar to’plamining 
eng ishonchlisini bizning vatandoshimiz imom va al-Buxoriy yozgan. U kishi 
hadislarni fiqh boyicha, unga muvofiq keladigan boblarga bo’lib, joy-joyiga qoyib 
tasnif qildi. Shunday usuldan imom Muslim ham foydalandi. Keyinchalik ularning 
har ikkisi izidan mashhur muhaddislar Abu Dovud, An-Nasam, at-Termiziy va Ibn 
Mojalar bordilar. 
Olimlar bu olti muhaddis to’plamlariga katta e’tibor berib, ularni talqin va 
sharhlash bilan shug’ullandilar. Hijriy uchinchi asr (X asr) hadislar to’plash tarixida 
oltin davr hisoblanadi. Hadis ilmi taraqqiyotining ana shu noyob, sermahsul 
davridagina yuqorida aytilgan olti buyuk muhaddis va ko’plab boshqa olimlarning 
asarlari o’zining butun go’zalligini namoyon qildi. Bu ajoyib islom fidokorlari 
zumrasi o’zlarining asarlarida Payg’ambar hadislarining mutlaq ko’pchiligini qamrab 
olib, keyingi keladigan butun musulmon avlodlariga rivoyatlarning ishonchliligini 
o’rganishda mustahkam asos soldilar. 
Markaziy Osiyo – sivilizatsiyaning qadimgi о‘choqlaridan biri. VIII-IX asrlarda 
markaziy Osiyo arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Bu davrda xalifalik markazlari – 
Bag‘dod va Damashqda madaniyat va fan ravnaq topdi.

Download 3,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish