Bog'liq TIJORAT BANKLARINING DEPOZIT SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016 10
fikrimizcha, quyidagilardan tashkil topishi mumkin:
- bank faoliyatini rivojlantirish strategiyasi etarli darajada uzoq muddatga
mo’ljallangan ichki bank me’yoriy hujjati bo‘lib, unda ushbu vaqt oralig‘ida bank
faoliyatini olib borishdan ko‘zlangan maqsad hamda vazifalar miqdor va sifat
ko‘rsatkichlari orqali ifodalanadi. Belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirish
bank deb nomlanuvchi tizimning barcha elementlari (kredit, depozit, hisob-kitob va
boshqalar) o‘zaro uyg‘unlikda faoliyat olib borishlari talab etiladi. Elementlarning
istalgan birida yuz berishi mumkin bo‘lgan kamchilik bank faoliyatini
muvaffaqiyatiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Demak, bank faoliyatini rivojlantirish
strategiyasida har bir yo‘nalish bo‘yicha bajarilishi talab etiladigan va
balanslashtirilgan ko‘rsatkichlar tizimi ishlab chiqilishi zarur. Shuni e’tiborga olish
muhimki, birinchi bosqichda bank faoliyatini rivojlantirishning eng umumiy
parametrlari tasdiqlanadi. Ushbu vazifa bank Kengashi yoki bank aktsionerlarining
umumiy yig‘ilishi vakolatiga kiritiladi. Fikrimizcha, bank faoliyatini rivojlantirish
strategiyasining asosiy ko‘rsatkichlari buxgalteriya balansi (1-shakl) ko‘rinishida
ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi zarur;
- bank Kengashi yoki bank aktsiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga
muvofiq tasdiqlangan strategiya umumiy xususiyatga ega bo‘lganligi uchun, mazkur
hujjat aniqlashtirilishi kerak. Aniqlashtirish jarayonida bank faoliyatining har bir
yo‘nalishi bo‘yicha strategiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan
mezon va me’yorlar ishlab chiqiladi. Ishlab chiqilgan mezon va me’yorlar funktsional
strategiya va ular doirasidagi siyosatlarning tarkibiy tuzilmasi, mazmuni va
mohiyatini belgilab beradi;
- bank faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha mezon va me’yorlarni belgilashda bank
Kengashi a’zolarining birinchi navbatdagi diqqat-e’tibori endogen va ekzogen
omillarning strategiyada belgilangan davr davomida o‘zgarishi tendentsiyalariga
qaratilishi lozim. Ichki va tashqi muhitdagi kutilayotgan o‘zgarishlar nafaqat
faoliyatning alohida yo‘nalishlari, shuningdek, strategiyani qaytadan ko‘rib
chiqilishiga olib kelishi mumkin;
- tijorat bankining hajmi, tarixan shakllangan an’analar, xizmat ko‘rsatilayotgan
iqtisodiyot tarmoqlari va boshqa omillar ta’siri ostida boshqa xususiyatlar yuzaga
kelishi mumkin va ular albatta strategik maqsad va vazifalarni aniqlashda e’tiborga
olinadi.
- MDX mamlakatlari tijorat banklari depozit porfelining tahlili depozitlarning
“dollarlashuv” darajasining oshib borishi tendentsiyasi kuzatilayotganligi hamda
milliy valyutaning asosiy xorijiy valyutalarga nisbatan kursida ma’lum
barqarorlikning mavjud emasligi, shuningdek, aholi va biznes sub’ektlari tomonidan
omonat valyutasini tanlashda xorijiy valyutalarga ustuvorlik berilmoqda;
- depozitlarning dollarlashuv darjasining oshib borishi milliy valyutada
ifodalangan pul massasa miqdorini kamaytirgan holda Markaziy bank tomonidan
amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati transmission mexanizmining foiz kanali
faoliyati samaradorligini pasaytirib yubormoqda. Ushbu salbiy holat Markaziy
bankning qayta moliyalashtirish stavkasining depozit va kreditlar bo‘yicha