1-
rasm. Tijorat banklarida depozit siyosatini ishlab chiqish mexanizmi.
tizimini ishlab chiqish
7
-
Yakuniy qoidalar
“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №5, октябрь, 2020 йил. ISSN: 2181-1016
6
Tadqiqot jarayonida muallif tomonidan shakllantirilgan.
Chunki aynan depozit siyosatining amalga oshirilishi paytida aktivlarni
qaytarish muddatlari va majburiyatlarning nomutanosibligi, bank tomonidan bozor
resurslarini mustaqil jalb qilish imkoniyatidan foydalanmasdan ko‘proq davlatning
maqsadli mablag‘lari hisobidan qayta moliyalashtirilishi kabi salbiy holatning paydo
bo‘lish nuqtalarini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Bu esa teskari aloqa
mexanizmining samaradorligini ta’minlovchi asosiy vosita hisoblanadi;
- bank faoliyatining so‘nggi 5 yilligida rentabellik darajasining pastligi, kreditlar
bo‘yicha qarzdorlikni so‘ndirish uchun garov mulklarini bank balansiga qabul qilish
oqibatida bank aktivlari tarkibida likvidsiz mol-mulklar hajmining oshishi, bankdagi
mavjud resurslardan foydalanishda aniq bir tizimning ishlab chiqilmaganligi hamda
hukumat tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar kredit mablag‘lariga mavjud talablar
hisobiga qisqa muddatlarda to‘liq o‘zlashtirilayotganligi kabi muammolar bank
faoliyatining barcha sohalari bir maqsadga ya’ni rivojlanish strategiyasidagi
vazifalarni bajarish yo‘naltirilmaganligidan dalolat beradi. Taklif etilayotgan
mexanizm ushbu salbiy holatni bartaraf etishga xizmat qiladi.
Depozit siyosatining samaradorligini oshirish, shuningdek, depozit resurslarini
boshqarish sifatini yanada yaxshilash maqsadida depozit portfelining barqarorligini
baholash indikatorlarini joriy etish maqsadga muvofiq. Shu o‘rinda qayd etish
lozimki, koronavirus pandemiyasiga qarshi chora-tadbirlarning amalga oshirilishi
ko‘plab salbiy holatlar bilan bir qatorda jismoniy va yuridik shaxslarning omonatlari
hajmining kamayib borishiga olib keldi. Bu jarayon banklarning depozit bazasining
kuchsizlanishiga olib kelmoqda. Bunday indikatorlar xalqaro bank amaliyotida keng
qo‘llanilishiga
qaramasdan,mamalakatimiz
banklari
amaliyotida
deyarli
foydalanilmaydi. Bundan kelib chiqqan holda depozit portfeli barqarorligi
indikatorlarini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz:
1-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit
shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarib olish ehtimoli (PEW – the
probability of early withdrawal to the level of P percent).
Amalga oshirilayotgan tahlil maqsadlaridan kelib chiqqan holda R ko‘rsatkichi
darajasi 0 dan 100 foizgacha bo‘lishi mumkin. Xususan, ko‘rsatkichning 0 foizga
teng bo‘lishi jalb etilgan depozitlarning to‘liq qaytarib olinishini bildirsa, 100 foizlik
daraja mazkur depozitlarning bank hisobvaraqlarida qolganligidan dalolat beradi.
Ushbu indikator quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
(1.)
Bunda Np – depozit shartnomasida belgilangan omonat summasining R foizga
kamayganligi qayd etilgan shartnomalar soni;
N – jami depozit shartnomalari soni.
2-indikator. Omonat summasining R foizgacha bo‘lgan qismini depozit
shartnomasida belgilangan muddatdan oldin qaytarib olishning tortilgan ehtimoli
(WPEW – the weighted probability of early withdrawal to the level of P percent).
Ehtimmollik darajasini aniqlash qoidalari 1-indikatordagi qoidalarga mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |