O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


  Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

10.2. 
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxi haqida tushuncha, uning
turlari va aniqlanish tartibi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tarmoqlar, korxonalar miqyosida umumiy 
qiymat ko'rsatkichlari bilan birgalikda o'rtacha xarajatlar, ya’ni 
tannarx
ko'rsatkichi ham mavjud. Tannarx bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy
215
www.ziyouz.com kutubxonasi


kategoriya hisoblanadi. Uning yordamida qishloq xo‘jaligida yetishtirilayotgan 
mahsulotlar, bajarilayotgan ishlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlaming bir birligi 
xo'jalik uchun necha so‘mga tushganligi aniqlanadi. Uning darajasi baho bilan 
taqqoslanishi natijasida olinadigan foyda yoki ko'riladigan zararlar aniqlanadi. 
Bu ko‘rsatkich xo‘jaliklar uchun juda muhimdir.
Tannarx deganda bir birlik mahsulot ishlab chiqarish, ish va 
xizmatlami bajarish uchun sarflangan xarajatlar nazarda tutiladi. Uning mutlaq 
darajasini aniqlash uchun barcha xarajatlaming umumiy summasi shu xarajatlar 
yordamida ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga taqsimlanadi.
Qishloq xo‘jaligida tannarx quyidagi fonnula yordamida aniqlanadi: 
2
* •
T Y M

Bunda: 
T —
mahsulot, ish yoki xizmatning tannarxi;
I X -
qilingan xarajatlarning summasi;
STM - yalpi yetishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, 
ko'rsatilgan xizmatlar miqdori.
Qishloq xo'jaligida mahsulotlar tannarxining quyidagi turlari 
aniqlanadi:
- reja tannarxi;
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to‘liq tannarxi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash uchun ishlab 
chiqarish xarajatlari yig‘indisini yalpi yetishtirilgan mahsulot miqdoriga 
taqsimlash orqali 
aniqlanadi. To‘liq tannarx esa barcha xarajatlaming 
yetishtirilgan yalpi mahsulot miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga 
nisbati bilan aniqlanadi. To'liq tannarx tijorat tannarxi deb ham ataladi, chunki 
u asosan sotilgan mahsulotlar uchun hisoblanadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlarjning reja tannarxi ham 
aniqlanadi. Reja tannarxi ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan ishlab chiqilgan 
me'yorlar asosida aniqlanib, qishloq xo‘jalik korxonasi tomonidan yil boshida 
tuziladigan «Biznes reja»da aks ettiriladi. Qishloq xo'jalik mahsulotiarining 
reja tannarxini aniqlash yil boshida amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan 
asosiy maqsad -ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan mahsulotlarning ilmiy 
asoslangan me'yorlar asosida reja tannarxini aniqlab olish va shu asosida 
tannarxni nazorat qilib borishdir. Bunda xarajatlar ilmiy asoslangan me’yorlar 
darajasida amalga oshirilayotganligi kuzatib boriladi. Agar ilmiy asoslangan 
rae'yorlardan ortiqcha xarajatlarga yo‘l qo‘yilsa, uni o‘z vaqtida aniqlash va 
bartaraf etish imkonini yaratib beradi.
Qishloq xo‘jaligida barcha xarajatlami amalga oshirish natijasida 
asosiy va turli xildagi qo'shimcha mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda 
paxta xomashyosi asosiy mahsulot hisoblansa, g‘o‘zapoya qo‘shimcha
216
www.ziyouz.com kutubxonasi


mahsulot sanaladi. G‘alla yetishtirishda don asosiy, somoni (poyasi) 
qo'shimcha mahsulotdir. Sut yo'nalishidagi qoramolchilikda sut asosiy, buzoq 
va go‘sht qo‘shimcha mahsulot hisoblanadi. Lekin tarmoqdagi barcha xarajatlar 
asosiy mahsulotni yetishtirishga qaratilgan bo‘ladi.
Qishloq 
xo‘jaligida 
yetishtiriladigan 
asosiy 
va 
qo‘shimcha 
mahsulotlaming ishlab chiqarish tannarxini aniqlashda xarajatlar asosiy va 
qo'shimcha mahsulotlar o‘rtasida koeffitsiyentlar orqali taqsimlanadi. Masalan, 
donchilikda 
qo‘shimcha 
mahsulot 
hisoblangan 
somon 
belgilangan 
koeffitsiyentlar yordamida asosiy mahsulotga aylantiriladi. Ulami asosiy 
mahsulotlaming miqdoriga qo‘shib, yalpi don mahsulotining shartli miqdori 
aniqlanadi. Jami shartli mahsulot tarkibidagi asosiy hamda qo‘shimcha 
mahsulotlaming salmoqlari aniqlanadi. Shundan so'ng jami ishlab chiqarish 
xarajatlari aniqlab olingan salmoqqa mutanosib ravishda asosiy va qo'shimcha 
mahsulotlarga taqsimlanadi. Asosiy mahsulot hissasiga to‘g‘ri keladigan ishlab 
chiqarish xarajatlarini asosiy mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlab, asosiy 
mahsulotning tannarxi aniqlanadi. Qo‘shimcha mahsulot hissasiga to‘g‘ri 
keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini qo‘shimcha mahsulotning haqiqiy 
miqdoriga taqsimlash orqaii esa qo‘shimcha mahsulotning tannarxi aniqlanadi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishda olinadigan 
qo'shimcha mahsulotlami shartli asosiy mahsulotga aylantirish koeffitsiyentlari 
10.1-jadvalda keltirilgan.
10.1-jadval

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish