O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi


Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo‘nalishlari



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/140
Sana01.03.2022
Hajmi10,95 Mb.
#475624
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140
Bog'liq
Qishloq xo jaligi iqtisodiyoti (N.Nurmatov)

9.2. Qishloq xo‘jaligi yalpi mahsulotini sotish va taqsimlash yo‘nalishlari.
Qishloq xo'jaligining eng asosiy vazifasi respublika hududidagi 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalaming xomashyoga, 
aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan talablarini qondirishdir. Shu bilan 
birgalikda, tarmoq tashqi bozor talabini qondirishda ham qatnashishi maqsadga 
muvofiqdir.
Qishloq xo‘jaligining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, 
tarmoqda yetishitirilgan mahsulotlaming bir qismi ichki ehtiyojlar uchun 
sarflanadi, jumladan, urug‘lik, yem-xashak, ozuqa uchun ishlatiladi, zahira 
fondiga ajratiladi, ishchi-xizmatchilarga natura shaklidagi ish haqi sifatida 
beriladi, ularning ovqatlanishlari uchun ajratiladi va hokazo. Aks holda 
tarmoqda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishi 
ta'minlanmaydi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yetishtirilgan mahsulotlami sotish 
yo'nalishlari quyidagi ikki guruhga bo'linadi:
a) 
davlat buyurtmalari 
asosida 
davlatga 
qarashli 
tayyorlov 
tashkilotlariga sotish;
b) erkin ravishda sotish.
Hozirgi vaqtda davlat manfaatlaridan kelib chiqqan holda va 
mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida qishloq xo‘jalik 
korxonalari o'zlari yetishtirgan paxta xomashyosi, g‘alla, pilla kabi 
mahsulotlarining davlat buyurtmasida ko‘rsatilgan miqdorini joylardagi
199
www.ziyouz.com kutubxonasi


davlatga qarashli tayyorlov korxonalariga tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari 
asosida sotadilar. Bu turdagi mahsulotlaming davlat buyurtmasidan ortiqcha 
qismi erkin ravishda shartnomalar asosida qishloq xo'jalik mahsulotlarini 
tayyorlovchi 
va 
qayta 
ishlovchi 
korxonalarga 
sotiladi. 
2008-yilda 
mamlakatimizda yetishtirilgan jami 6335,8 ming tonna g‘allaning 2531,4 ming 
tonnasi, yetishtirilgan jami 6146,5 ming tonna bug'doyning esa 2401,1 ming 
tonnasi davlat buyurtmasi asosida sotilgan.
Qishloq xo'jalik mahsulotlarini erkin sotish o‘z navbatida tayyorlov 
korxonalariga shartnomaviy baholarda sotish, ulgurji baholarda birjalar orqali 
sotish, chakana baholarda dehqon bozorlari, turli yarmarkalar, ichki sotish 
tizimi orqali sotish kabi yo'nalishlarda amalga oshiriladi.
Erkin bozor sharoitida mahsulotlami sotish bilan bogiiq boigan 
munosabatlar barcha talablarga javob bera oladigan darajadagi mukammal 
tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirishni taqozo etadi. Shartnomalar har 
ilcki tomonning erlcin kelishuvi asosida tuzilishi shart. Shartnomalami tuzishdan 
oldin tomonlar bozor konyunkturasini o‘rganishlari, zarur vositalami qayerdan, 
qachon, qanday baholarda, qancha va qanday usullarda olish mumkinligini, 
shuningdek, o‘z mahsulotlarini sotishni to‘g‘ri tashkil etish yo‘llarini o'rganib 
chiqishi lozim. Bundan tashqari, amaldagi me'yoriy hujjatlami ham mukammal 
bilishlari, ular asosida ish yuritishlari kerak.
Shartnomalar uzoq, qisqa muddatga va bir marta amalga oshiriladigan 
munosabatlar bo'yicha tuzilishi mumkin. Masalan, qishloq xo‘jalik korxonalari 
mahsulotlarini sotish uchun har yili shu mahsulotlami (paxta, g‘alla, 
chorvachilik mahsulotlari va boshqalar) sotib oluvchilar bilan shartnomalar 
tuzadilar. Shartnomalar har bir hamkor bilan mahsulotlar, bajariladigan ishlar 
va xizmatlar bo‘yicha alohida-alohida tuzilishi lozim. Ulami tuzishni 
osonlashtirish maqsadida 0 ‘zbekistonda namunaviy shartnomalaming bir 
necha turi mutasaddi tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan. Chunonchi, viloyat 
Qishloq va suv xo‘jaligi boshqannasi, ularning tumanlardagi bo‘limlari, Fermer 
xo‘jaliklari uyushmasi hamda fenner xo‘jaliklariga o‘z ish faoliyatlarini 
yuritish uchun yemi uzoq muddatga ijaraga berish; bog‘ va tokzorlami ular 
joylashgan yer uchastkalari bilan ijaraga berish bo‘yicha namunaviy 
shartnomalarni davlat tilida taqdim etilgan.
Ayrim vaziyatlarda shartnomalaming to‘g‘ri tuzilmasligi qishloq 
xo‘jalik korxonalarining katta miqdordagi zarar ko‘rishiga olib kelishi mumkin. 
Namunaviy shartnomalarda tomonlaming huquqlari, burchlari, majburiyatlari 
kabi barcha shartlar to‘liq, aniq, ravon yozilgan boladi. Qishloq xo‘jalik 
korxonalari shartnomalarni tuzishda ulardan foydalanadilar, bu esa tuzilayotgan 
shartnomalaming sifatiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarining barcha xo'jaliklarda bir vaqtda 
tayyor bo‘lishi shu davrda ulaming bozordagi taklifini keskin oshiradi va tabiiy
200
www.ziyouz.com kutubxonasi


ravishda ulaming narxi pasayadi. Bundan tashqari ko‘pchilik qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari tez buziluvchan bo‘lganligi sababli fermer xo‘jaliklari mahsulot 
tayyor bo'lgan paytda arzon narxlarda sotishga majbur bo‘ladi. Shu sababli 
qishloq 
xo‘jalik 
korxonalari 
o‘z 
mahsulotlarini 
qayta 
ishlaydigan 
minitexnologiyalarga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq. Bundan tashqari 
yurtimizda yetishtiriladigan o‘ta sifatli meva-sabzavotlami, jumladan, olma, 
anor, uzum, xurmo va boshqa shu kabi mahsulotlami saqlab, ma'lum 
muddatdan so‘ng ichki va tashqi bozorda sotish imkonini beradigan saqlash 
omborlarini tashkil etish lozim. Bunda xalqimizning qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini saqlash bo‘yicha boy tajribasi va an’analaridan ham foydalanish 
mumkin. Bu orqali nafaqat qishloq xo‘jalik mahsulotlarini sotish jarayoni 
takomillashadi, balki aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan yil davomida 
bir maromda ta’minlash, qish oylarida ularning baholari keskin oshib 
ketishining oldini olish masalalari ham o‘z yechimini topadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalari ishlab chiqarishi samarali rivojlanishini 
ta'minlash maqsadida yetishtirgan mahsulotlarining ma’lum qismini o‘z ichki 
ehtiyojlari uchun taqsimlaydilar. Shu sababli ko‘pgina qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarining tovarlilik darajasi 100 foizdan past bo‘Iadi. Masalan, qishloq 
xo'jalik korxonasida yetishtirilgan g‘allaning bir qismi urig‘lik uchun, chorva 
mollariga yem-xashak sifatida berish uchun, xo‘jalikdagi umumiy ovqatlanish 
korxonasi uchun sarflanishi mumkin. Bundan tashqari xo'jaliklar ijtimoiy 
maqsadlarga, jumladan, iqtisodiy nochor oilalarga, keksalarga, bolalar uylariga, 
shifoxonalarga xayriya shaklida ham o‘z mahsulotlarini beradilar. 
Qishloq 
xo‘jalik korxonalari tomonidan yetishtirilgan mahsulotlarining taqsimlanish 
yo'nalishlari quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
a) xo'jalikning ichki ehtiyojlari uchun;
b) ijtimoiy maqsadlarda.
Xo‘jalikning ichki ehtiyojlari uchun taqsimlashda urug‘likka, ozuqa 
fondiga, mehnat haqiga, umumiy ovqatlanishga, zahira fondiga va boshqa 
maqsadlarga sarflanadi. Ijtimoiy maqsadlar uchun taqsimlaganda esa kam 
ta'minlangan oilalar va boquvchisini yo'qotganlarga moddiy yordam sifatida, 
bolalar bog‘chalariga, shifoxonalarga va turli tadbirlarga homiylik sifatida 
sarflanishi mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz aholisining ayrim qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlariga, jumladan baliq, parranda go'shti va boshqa ayrim 
mahsulotlarga bo'lgan ehtiyoji to‘liq qondirilmayapti. Ulami chetdan import 
qilish orqali ehtiyoj qondirilmoqda. Shuning uchun ushbu qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini yetishtirishni yanada ko‘paytirish eng dolzarb masaladir.
201
www.ziyouz.com kutubxonasi


9.3. Yalpi mahsulotni ko'paytirish va uning tovariilik darajasini oshirish 
yo‘Hari.
Hukumatimiz tomonidan qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishni 
ko‘paytirishga 
alohida 
e'tibor 
qaratilmoqda. 
Jumladan, 
O'zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2009-yil 26-yanvardagi «Oziq-ovqat mahsulotlari 
ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni toidirish yuzasidan 
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 1047-sonli Qarori, 2008-yil 20- 
oktabrdagi «Oziq-ovqat ekinlari ekiladigan maydonlami optimallashtirish va 
ulami yetishtirishni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 4041-sonli 
Farmoni va boshqa bir qator me'yoriy hujjatlar shu maqsadga qaratilgan. 
Bundan tashqari 2009-yilning birinchi yarmida iqtisodiyotning agrar tarmog‘i 
samaradorligini oshirish bo‘yicha kompleks choralar doirasida, eng avvalo, 
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash bo'yicha zamonaviy korxonalami 
barpo etish ishlarini jadallashtirish evaziga hisobot davrida meva-sabzavot, 
go'sht va sut mahsulotlarini qayta ishlovchi minitexnologiyalar bilan 
jihozlangan 66 ta korxona tashkil etildi. Umumiy maydoni 341 gektarga teng 
boigan yengillashtirilgan konstruksiyali, muqobil issiqlik manbalaridan 
foydalanuvchi 648 ta issiqxona tashkil etildi. Meva-sabzavot mahsulotlari va 
kartoshka yetishtirish uchun avans ajratish, ulami xarid qilish, tayyorlash, 
saqlash va ulguiji sotish bo'yicha 13 ta hududiy ixtisoslashtirilgan 
“Mevasabzavottayyorlovsavdo” kompaniyalari tashkil etildi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida bozomi o'rganib, savdo-sotiq ishlarini 
rivojlantiradigan marketing bo‘limlari tashkil etib, ulami rivojlantirishga 
alohida e'tibor berish lozim.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirishda va sotishda tabiiy 
sharoitlarni hamda xalqimizning o‘ziga xos milliy xususiyatlarini, albatta, 
e'tiborga olish zarur. Chunki ayrim mahsulotlami yetishtirishga tabiiy 
sharoitlar, ayrimlarini yetishtirishga milliy urf-odatlarimiz ta'sir ko‘rsatadi. 
Masalan, cho‘chqachilik serdaromad soha hisoblanadi, lekin mazkur tarmoq 
milliy an'analarimizga to‘g‘ri kelmaydi. Chunki musulmon diniga mansub 
bo‘lgan aholi cho‘chqa go'shtini, cho‘chqa go‘shtidan tayyorlangan 
mahsulotlami sotib olmaydi, chunki ulami iste'mol qilmaydi. Lekin un, non 
mahsulotlarini, guruchni ko'proq sotib oladi. Demak, mahsulotlami ishlab 
chiqarish va ulami sotishda aholining milliy xususiyatlarini ham e'tiborga olish 
lozim.
Qishloq xo'jalik yalpi mahsulotini ko'paytirishning asosan quyidagi 
ikki usuli mavjud:
a) ekstensiv usul, ya’ni ekin maydonlarini, chorva hayvonlari bosh sonini 
ko'paytirish hisobiga yalpi mahsulot hajmini ko'paytirish. Bu usul ayrim ishlab 
chiqarish resurslari, jumladan, yer va suv resurslari tabiatan cheklanganligi,
202
www.ziyouz.com kutubxonasi


moliyaviy resurslar taqchilligi sababli to‘liq ta'mmlanmaydi. Bu usulda qishloq 
xo'jalik mahsulotlari hajmini ko'paytirish uchun moddiy mablag1 hamda 
mehnat sarflari asosan yangi yerlami o‘zlashtirib, qishloq xo‘jalik ishlab 
chiqarishiga jalb etishga hamda chorva hayvonlari bosh sonini ko‘paytirishga 
qaratiladi. Natijada dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarining miqdori 
ko‘paytiriladi. Shu bilan birga bu jarayonda yangi texnikalarni, ilg‘or 
texnologiyalami, zooveterinariya ishlarini ham amalga oshirish talab qilinadi. 
Demak, bu usul yordamida yalpi mahsulot hajmi ko'payishi, sifati yaxshilanishi 
ta'minlanadi.
Mamlakatimizda aholi soni ko‘payishi va qayta ishlash sanoati 
quwatlarining o‘sishi natijasida qishloq xo‘jalik mahsulotlariga bo‘lgan talab 
yuqori sur’atlarda ortmoqda. Ushbu talabni qondirish sug'oriladigan yerlami 
ko'paytirishni taqozo etadi. Hozirgi vaqtda suv resurslarining taqchilligi va 
so'nggi yillarda yog‘ingarchilik miqdorining awalgi yillarga nisbatan 
kamayishi bunga to‘siq bo‘lmoqda. Shu sababli hukumatimiz tomonidan 
sug‘orishning 
tejamli 
usullaridan 
foydalangan 
holda 
sug‘oriladigan 
maydonlami ko'paytirishga e'tibor berilmoqda. Bunda tomchilatib sug'orish 
usullarini qishloq xo‘jaligiga joriy etish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.
b) intensiv usul, ya’ni foydalanilayotgan yerlaming unumdorligini oshirish, 
fan-texnika yutuqlari, samarali texnologiyalami ishlab chiqarishga joriy etish 
natijasida mavjud resurslardan oqilona foydalanish, ulaming unumdorligini 
yuksaltirish, urug'chilik va naslchilik ishlarini rivojlantirish asosida qishloq 
xo'jalik ekinlari hosildorligi va chorva hayvonlarining mahsuldorligini oshirish 
orqali yalpi mahsulot miqdorini ko‘paytirish. Qishloq xo'jalik mahsulotlarining 
hajmini ko'paytirish va sifatini yaxshilash asosan intensiv usulda bo'lishi, 
ya’ni fan yutuqlarini, yangi texnikalami hamda ilg‘or texnologiyalami, 
hayvonlarning nasl va zotlarini, o‘simlik navlarini yaxshilash orqali bo‘lishi 
maqsadga muvofiqdir.
Respublikamizda ekstensiv usul bilan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini 
ko'paytirish imkoniyatlari ancha cheklangan. Lekin intensiv usuldan 
foydalanish imkoniyati mavjud. Buning uchun, awalo, qishloq xo‘jaligida 
mehnat qiluvchilaming moddiy va ma'naviy manfaatdorligini oshirish lozim.
Qishloq xo‘jalik yalpi mahsuloti yetishtirishni ko‘paytirishda 
yerlardan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Surxondaiyo 
viloyati sharoitida yerdan bir yilda ikki-uch marotaba hosil olish imkoniyatlari 
mavjud. Qish oylarida ham ko‘katlar yetishtirish, sabzavot, poliz ekinlarini 
plyonka ostiga ekish va boshqa shu kabi tadbirlar orqali qishloq xo‘jaligi yalpi 
mahsulotini oshirish hamda shu orqali yerdan foydalanish samaradorligini 
oshirishga erishish lozim.
Ta'kidlangan tadbirlar o‘z vaqtida, sifatli amalga oshirilishi natijasida 
dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlari miqdorining ko‘payishi va qiymatining
203
www.ziyouz.com kutubxonasi


oshishi ta'minlanadi. Qishloq xo'jalik mahsulotlari hajmining o'sishi ular ichki 
va tashqi talabni qondirish maqsadida ko‘proq sotilishini ta'minlaydi. Natijada 
dehqonchilik, chorvachilik mahsulotlarining tovarlilik darajasi oshiriladi.
Qishloq xo'jalik mahsulotlari sotish tizimini erkin bozor talablariga 
javob beradigan darajaga olib chiqish lozim. Buning uchun avvalo, qishloq 
xo'jalik korxonaiarining o‘zida marketing masalalari bilan muntazam 
shug'ullanadigan guruhlar yoki bo‘limlarni tashkil etish, ulami bozor 
konyunkturasi to‘g‘risidagi ma'lumotlar bilan muntazam ta'minlash zamr. 
Shuningdek, qishloq xo'jalik mahsulotlarini sotib olish bilan shug'ullanuvchi 
barcha tashkilotlaming, koraonalaming faoliyatini rivojlantirish, ulaming 
bo'limlarini ishlab chiqarishga yaqinlashtirish kerak. Shundagina ortiqcha 
xarajatlarga, nobudgarchilikka yo‘l qo‘yilmaydi: qishloq xo‘jalik korxonalari 
tez buziladigan mahsulotlami uzoq masofadagi zavodlarga tashib, vaqtdan 
yutqazmaydi, ortiqcha xarajatlar qilmaydi va mahsulot sifati yomonlashmaydi, 
mahsulotlaming ko'proq, tezroq, arzonroq sotilishi ta'mmlanadi. Qishloq 
xo'jaligi mahsulotlarini sotish jarayonini bozor iqtisodiyoti talablari asosida 
takomillashtirish lozim. Bundan tashqari qishloq xo‘jalik korxonalari o‘zlari 
yetishtirgan 
mahsulotlarini 
sotish 
bilan 
shug'ullanuvchi 
uyushmalar, 
agrofirmalar tashkil etishlari mumkin. Uyushmaga kiruvchilar uchun erkin, 
qulay sharoitlar yaratilishi lozim. Bunday uyushmalar mahsulotlami sotishda 
erkin raqobatli bozor vujudga kelishida va sotish jarayonini to‘g‘ri tashkil 
etishda muhim o'rin tutadi. Natijada qishloq xo‘jalik korxonalari bozor 
konyunkturasini 
o‘rganib, 
marketing 
tadqiqotlarini 
o‘tkazgan 
holda 
mahsulotlarini sotish va yuqori daromad olish imkoniyatiga ega boMadi. Yalpi 
va tovar mahsulotlarining ko'payishi o‘z navbatida daromadlaming oshishiga 
ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish