9
haqiqatga olib kelmaydi. Avgustin bahs shaklida boshqa (dialog) falsafiy asarlar yozgan.
Sxolastika
so‘zi yunoncha “shkola”dan (“shola”) olingan bo‘lib, “o‘qish joyi”, “maktab”
ma’nolarini anglatadi. Buyuk Karl saroyida o‘qituvchilik kdlganlarni yoki umuman saroy
maktabidagi o‘kdtuvchilarni sxolastlar deb ataganlar. Shuningdek, dinni o‘rganishda falsafani
tatbiqqilgan o‘rta asr olimlarini ham sxolastlar deb ataganlar. Sxolastikani ma’lum
darajada
ilohiyotni aqlga moslashtirish, dinni tafakkur yordamida quvvatlashga bulgan intilish, deb ham
baholash mumkin. O‘sha davrda ilohiyotni muqaddas kitoblar
aqidalari asosida emas, balki
falsafiy nuqtai nazardan tadqiq qilish toqozo qilinardi. Sxolastlarning maqsadi e’tiqod aqlga
muvofiqmi, degan savolga javob berish bo‘lgan. Realizm Uning yirik vakillaridan biri
kenterberiyalik
Anselm
(1038—1109)dir. U Shimoliy Italiyada tug‘ilgan, 1093
yilda
Kenterberiysk shahrining arxiepiskopi etib tayinlanadi. Anselm o‘zining ikki asari bilan mashhur.
Birinchisi, “Monopoliya” — Xudoning borligini sabab va oqibat munosabatlari tizimida isbot
qilish. Bu isbot — kosmologik isbotning shakli sifatida shunday talqin qilinadi: inson hayotda
ko‘p ne’matlardan foydalanadi. Bu ne’matlar esa eng oliy ilohiy ne’matlarning aksidir. Ular orqali
hamma narsalar mavjuddir. Uzluksiz tanazzulni tasavvur qilib bo‘lmagani sababli hamma
narsaning bir sababchisi bo‘lishi kerakki, biz uni Xudo deb ataymiz.
Anselmning ikkinchi asari
“Prologion” Xudo borligining deduktiv isbotidir. Uning ta’kidlashicha, har bir odam uchun oliy va
komil mohiyat haqida g‘oya mavjuddir. Bu g‘oya esa ob’ektiv mavjudlikka ega bo‘lgan reallikka
mos keladi. Chunki agar borliq mavjud bo‘lmaganda edi, narsa komil bo‘lmas edi. Agar Xudodan
yuqoriroq oliy narsani tasavvur qilish mumkin emas ekan, demak, Xudo reallikda mavjuddir.
Arastu ta’limotining ko‘p tomonlarini qabul qilgan o‘rta asr sxolastlari mo‘tadil realistlar, deb
atalganlar. Ularning yirik vakillari Per Abelyar va Foma Akvinskiylar bo‘lgan. Britaniyada
tug‘ilgan P. Abelyar (1079—1142) Per Aoelyar juda yoshligidanoq o‘z bilimi bilan mashhur edi.
Abelyar — mo‘tadil realistdir. Uning ta’kidlashicha, reallik yoki universaliy dastlab Xudo aqlida
mavjuddir, undan keyin narsalarning o‘zida mavjuddir va nihoyat, odamlarning ongida mavjuddir.
Abelyar “Men e’tiqod qilish uchun bilaman”, degan g‘oyani ilgari surgan. Ya’ni,
bilmaydigan,
bilimsiz kishidan ko‘ra, din va uning asosiy tamoyillarini yaxshi o‘rgangan kishi afzal. Bunday
kishi aqidaparast emas, balki o‘zi bilgan narsaning qadrini biladigan insondir. Abelyar haqiqatni
topishda tafakkurning xizmatini ta’kidlab, unga hamma vaqt murojaat qiladi.
Uning
ta’kidlashicha, shubha hamma vaqt tadqiqotga yo‘llaydi, tadqiqot esa haqiqatni topadi. Uning
fikricha, insonning o‘limi Xudoni rozi qilish uchun emas, balki odamlarni Xudoga bo‘lgan
muhabbat bilan taajjubga solish www.ziyouz.com kutubxonasi va odamlarga axloqiy ta’sir
ko‘rsatish maqsadida sodir bo‘ladi. Bu bilan odamlar o‘z hayotini xudoga bo‘ysundiradilar. Bu
qarash axloqiy ta’sir qilish nazariyasi deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: