Mavzu : falsafa taraqqiyoti bosqichlari reja


tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana28.02.2022
Hajmi0,56 Mb.
#475064
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
2-мавзу ўқув материали

tub ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar
Niderlandiyada X V I asrning 60— 70 yillarida, Angliyada X V 
II asrning 40— 50-yillarida bo‘li bo‘tdi. Bu davrga kelib, Yevropada alohida millatlarning 
shakllanishi yuz berdi, milliy davlatlar paydo bo‘ldi. Endi monarxiya tuzumi jamiyatning ilg‘or 
tabaqalari nazarida faqat tarixan o‘z umrini o‘tab qolmasdan, balki g‘ayritabiiy, g‘ayriaqliy bo‘lib 
ko‘rina boshladi. O‘sha davrning ideologlari ilgari tan olinmagan insonning tabiiy huquqlari 
masalasini o‘rtaga qo‘ydilar. Ular ijtimoiy tartiblar inson tabiatiga mos kelishini talab qila 
boshladilar. Bor-yo‘g‘i 50—60 yil ilgari inkvizitorlar Jordano Brunoni yoqib yuborganlarida lom-
mim demagan Yevropa, endi o‘zining hayotida markaziy o‘rinni inson huquqlari egallashi 
kerakligini his eta boshladi. Hatto Xudoning nomidan bo‘lsa-da, inson umriga zomin bo‘lishga 
hech kimning haqqi yo‘qligi, odamzodning yashash, fikr yuritish erkinligining tabiiyligi anglab 
olina boshladi. Albatta, bungacha inkvizitsiya bir necha asrlar bu hududni aqidaparastlik 
changalida ushlab turgan, ne-ne aqlli kishilarni o‘z domiga tortib ulgurgan edi. 
Ingliz falsafasi. Fransis Bekon
(1561_ 1626). Bekon ingliz falsafasining o‘rta asrlardagi 
taraqqiyotiga eng katta hissa qo‘shgan olimlardan biridir. Uning ta’limoticha, fanning yangi 
binosini ko‘rish uchun to‘g‘ri fikrlashga o‘rganish kerak. Tabiatni bilishda bir necha “idollar” 


11 
insonga halaqit beradi. Ular inson aushni o‘rab tashlaydi. Ular asosan to‘rtta. Birinchisi — urug‘ 
idollari, bular inson zotiga, butun odamlarga xosdir. Masalan, Bekon shunday deydi: “Insonning 
akli qiyshiq ko‘zguga o‘xshaydi. U narsalarning tabiati bilan o‘z tabiatini aralashtirib yuborib
narsalarni qiyshiq, buzuq ko‘rsatadi. Ikkinchisi, g‘or idollari. Bu har bir odamning o‘z spesifik 
xususiyatlari natijasida yanglishishi. Ular fikrlash ufqining cheklanishidan tug‘iladi. Bu narsa 
hamma narsani o‘z nuqtai nazari bilan ifodalash, o‘ziningtor doirasi bilan o‘lchash natijasida 
vujudga keladi. Uchinchisi, maydon idollari bo‘lib, u ma’lum bo‘lgan tasavvurlarga tayanish 
odati, noto‘g‘ri yoki noaniq terminologiyalarga tanqidiy yondashmaslik oqibatida vujudga keladi. 
Bu masalaga Bekon juda katta ahamiyat beradi. Masalan, u shuni ta’kidlaydiki, real borliqni 
ifodalamaydigan yoki uni noaniq, mavhum ifodalaydigan so‘zlar soxta tushunchalarni 
tug‘diradiki, ular tafakkurga teskari ta’sir qiladi. To‘rtinchisi, teatr idollari: ular avtoritetlar fikriga 
ko‘r-ko‘rona ergashib, qadimgilarning falsafiy sistemalarini davom ettiraveradilar. Bekon 
tomonidan sxolastikaga qarshi qaratilgan idollarning tanqidi katga metodologik ahamiyatga 
egadir. Bilish nazariyasining birinchi bosqichi tajribadir, ikkinchi bosqichi esa akddir. U tajriba 
ma’lumotlarini ratsional qayta ishlaydi va umumlashtiradi. Bekon ta’limoticha, olim chumoliga 
o‘xshab faqat yig‘ish va yig‘ilganlar bilan kifoyalanmasligi kerak, o‘rgimchakka o‘xshab 
hayotdan ajrab, faqat shaxsiy aqli bilan o‘zining makrli falsafasini to‘qimasligi kerak. 
Faylasufning fikricha, olim asalariga o‘xshab gullardan olib, keyin ularni asalga aylantirishi lozim. 
Ingliz falsafasida 
Jon Lokk
(1632—1704) qarashlari alohida o‘rin tutadi. U tajribani 
bilishning asosiy manbai, deb hisoblaydi. Bunda ichki va tashqi tajriba ajratib ko‘rsatiladi. Lokk 
1690 yilda yozgan “Inson akush haqida tajriba” asarida R. Dekartning “tug‘ma g‘oyalar” 
to‘g‘risidagi qarashlariga qarshi chiqadi. Lokkning fikricha, bilish tabiat va inson o‘rtasidagi 
munosabatlardan iborat bo‘lib, haqiqatlar esa kishilarning bu jarayonda hosil qilgan tushunchalari, 
g‘oyalari va xulosalarining olamga mos kelishidan iboratdir. 

Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish